Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vinillaş

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175-b. — ziyouz.com

    Vinillaş — organik birikmalar molekulasiga vinil guruhi — CH=CH2 kiritiş. Eng muhim vinillovçi moddalar — atsetilen NS=SN, vinilgalogenidlar CH2=CHX (X-galogen) va vinilmagniybromid (Norman reaktivi) CH2=CHMgBr. Sanoatda atsetilen b-n V. natijasida spirtlardan oddiy vinil efirlar, karbon kislotalardan esa murakkab efirlar, mas., vinil-atsetat olinadi. Sianid kislota (HCN) ni V.da akrilonitril, vodorod xloridni V.da vinilxlorid, atsetilenning özini V.da vinilatsetilen hosil böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИНИЛЛАШ — органик бирикмалар молекуласига винил гуруҳи — СН=СН2 киритиш. Энг муҳим винилловчи моддалар — ацетилен НС=СН, винилгалогенидлар СН2=СНХ (Х-галоген) ва винилмагнийбромид (Норман реактиви) CH2=CHMgBr. Саноатда ацетилен б-н В. натижасида спиртлардан оддий винил эфирлар, карбон кислоталардан эса мураккаб эфирлар, мас., винил-ацетат олинади. Цианид кислота (HCN) ни В.да акрилонитрил, водород хлоридни В.да винилхлорид, ацетиленнинг ўзини В.да винилацетилен ҳосил бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.