Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vitren

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 208-b. — ziyouz.com

    Vitren (lot. vitrum — şişa) — qazilma kömirning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Kimyoviy tarkibi torflarning ğumusli moddalariga öxşaş. Yaltiroq, ösimlik töqimalarining kislorodsiz nam şaroitda çirişidan hosil böladi. V.da uglerod köp, qönğir kömirdan antratsitga ötişda tarkibidagi N, O va uçib ketadigan moddalar kamayib boradi. V. turli qalinlikdagi qatlam yoki linza holida uçraydi. V. kömirning eng kam kulli tarkibiy qismi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИТРЕН (лот. vitrum — шиша) — қазилма кўмирнинг асосий таркибий қисмларидан бири. Кимёвий таркиби торфларнинг ғумусли моддаларига ўхшаш. Ялтироқ, ўсимлик тўқималарининг кислородсиз нам шароитда чиришидан ҳосил бўлади. В.да углерод кўп, қўнғир кўмирдан антрацитга ўтишда таркибидаги Н, О ва учиб кетадиган моддалар камайиб боради. В. турли қалинликдаги қатлам ёки линза ҳолида учрайди. В. кўмирнинг энг кам кулли таркибий қисми.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.