Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vixara

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 209-b. — ziyouz.com

    Vixara (sanskritça Vihara — almaşiş, joyini özgartiriş) — budda monastiri; şuningdek Hindistondagi qoyatoşlarga öyib işlangan sun'iy ğorlarning maxsus turi bölib, ular budda rohiblari turişi uçun hujra vazifasini ötagan. Hindistondagi Bihar viloyatining nomi ham u yerda V.ning köpligi tufayli qöyilgan. V.lar buddizm vujudga kelgan davrdan ma'lum. Buxoro ş. nomi V.dan olingan degan taxminlar mavjud.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИХАРА (санскритча Vihara — алмашиш, жойини ўзгартириш) — будда монастири; шунингдек Ҳиндистондаги қоятошларга ўйиб ишланган сунъий ғорларнинг махсус тури бўлиб, улар будда роҳиблари туриши учун ҳужра вазифасини ўтаган. Ҳиндистондаги Биҳар вилоятининг номи ҳам у ерда В.нинг кўплиги туфайли қўйилган. В.лар буддизм вужудга келган даврдан маълум. Бухоро ш. номи В.дан олинган деган тахминлар мавжуд.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.