Vodorod sulfid
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 221-b. — ziyouz.com
Vodorod sulfid VODOROD SULFID, H2S- vodorod b-n oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palağda tuxum hidi keladi; qaynaş t-rasi — 60,38°, suyuqpaniş t-rasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuçsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uçun V. s. juda kuçli qaytaruvçidir. V. s. texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta işlaş yöli b-n, lab.da esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlaşda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВОДОРОД СУЛЬФИД, H2S- водород б-н олтингугурт бирикмаси; рангсиз ва заҳарли газ, палағда тухум ҳиди келади; қайнаш т-раси — 60,38°, суюқпаниш т-раси —8,29°, сувда эриб, сульфид кислота (жуда кучсиз) ҳосил қилади; бу кислотанинг тузлари сульфидлар деб аталади. Таркибида 2 валентли олтингугурт борлиги учун В. с. жуда кучли қайтарувчидир. В. с. техникада нефть, табиий ва саноат газларини қайта ишлаш йўли б-н, лаб.да эса металл сульфидларга суюлтирилган сульфат кислота таъсир эттириб олинади. Аналитик кимёда катионларни аниқлашда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.