Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Volta

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 235-b. — ziyouz.com

    Volta — Ğarbiy Afrikadagi daryo, asosan Gana hududidan oqib ötadi. Oq V. va Qora V.ning qöşilişidan hosil böladi. Gvineya qöltiğiga delta hosil qilib quyiladi. Uz. 1600 km, havzasining mayd. 384 ming km2. Asosiy irmoği — Oti daryosi. Yoğingarçilik davri (iyul — okt.) da tölib oqadi, ba'zan toşadi. Bu vaqtda suv sathi 14 m gaça kötariladi. Quyiliş yeridan boşlab 400 km masofada kema qatnaydi. Daryo özani serostona. Baliq ovlanadi. Gidroenergiya resurslariga boy. V.da yirik Akosombo GES (Ganada) va Volta suv ombori qurilgan. Asosiy portlari: Kete-Kraçi va Akosombo.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВОЛЬТА — Ғарбий Африкадаги дарё, асосан Гана ҳудудидан оқиб ўтади. Оқ В. ва Қора В.нинг қўшилишидан ҳосил бўлади. Гвинея қўлтиғига дельта ҳосил қилиб қуйилади. Уз. 1600 км, ҳавзасининг майд. 384 минг км2. Асосий ирмоғи — Оти дарёси. Ёғингарчилик даври (июль — окт.) да тўлиб оқади, баъзан тошади. Бу вақтда сув сатҳи 14 м гача кўтарилади. Қуйилиш еридан бошлаб 400 км масофада кема қатнайди. Дарё ўзани серостона. Балиқ овланади. Гидроэнергия ресурсларига бой. В.да йирик Акосомбо ГЭС (Ганада) ва Вольта сув омбори қурилган. Асосий портлари: Кете-Крачи ва Акосомбо.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.