Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vual

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 257-b. — ziyouz.com

    Vual (frans. voile — parda, çoyşab) — 1) töqimaçilikda — jun, paxta tolalari va ipakdan töqiladigan silliq, şaffof gazlama. Oxorlab, böyab yoki gul bosib işlab çiqariladi. Köpinça, öngi kaşta gullar b-n bezatiladi. V.dan asosan ayollar köylagi, ba'zan deraza pardalari, karavot çoyşablari tikiladi; 2) fotografiyada — oçiltirilgandan keyin foto-tasvirning qorayibroq çiqqan joylari. Asosan, juda sezgir fotomateriallarda kuzatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВУАЛЬ (франц. voile — парда, чойшаб) — 1) тўқимачиликда — жун, пахта толалари ва ипакдан тўқиладиган силлиқ, шаффоф газлама. Охорлаб, бўяб ёки гул босиб ишлаб чиқарилади. Кўпинча, ўнги кашта гуллар б-н безатилади. В.дан асосан аёллар кўйлаги, баъзан дераза пардалари, каравот чойшаблари тикилади; 2) фотографияда — очилтирилгандан кейин фото-тасвирнинг қорайиброқ чиққан жойлари. Асосан, жуда сезгир фотоматериалларда кузатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.