Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xabar bermaslik

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 1–2-b. — ziyouz.com

    Xabar bermaslik (jinoyat huquqida) — odil sudlovga qarşi jinoyat turi. Tayyorgarlik körilayotgan yoki sodir etilgan oğir yoki öta oğir jinoyat haqida aniq bilgani holda davlat hokimiyati yoki huquqni muxofaza kiluvçi organlarga xabar qilmaslik jinoyatga daxldorlik hisoblanadi va Özbekiston Respublikasining amaldagi JKda buning uçun jazo çorasi belgilangan (241-moddaning 1-qismi). Jinoyat haqida X.b.ning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat huquqi nazariyasida ham, jinoyat qonunida ham ta'kidlab ötilgan. Qonunda faqat oğir va öta oğir jinoyatlar haqida xabar bermaganlik uçungina javobgarlik belgilangan. Agarda şaxs ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyatlar töğrisida xabar bermaydigan bölsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХАБАР БЕРМАСЛИК (жиноят ҳуқуқида) — одил судловга қарши жиноят тури. Тайёргарлик кўрилаётган ёки содир этилган оғир ёки ўта оғир жиноят ҳақида аниқ билгани ҳолда давлат ҳокимияти ёки ҳуқуқни мухофаза килувчи органларга хабар қилмаслик жиноятга дахлдорлик ҳисобланади ва Ўзбекистон Республикасининг амалдаги ЖКда бунинг учун жазо чораси белгиланган (241-модданинг 1-қисми). Жиноят ҳақида Х.б.нинг ижтимоий хавфлилик даражаси жиноят ҳуқуқи назариясида ҳам, жиноят қонунида ҳам таъкидлаб ўтилган. Қонунда фақат оғир ва ўта оғир жиноятлар ҳақида хабар бермаганлик учунгина жавобгарлик белгиланган. Агарда шахс ижтимоий хавфи катта бўлмаган ва унча оғир бўлмаган жиноятлар тўғрисида хабар бермайдиган бўлса, жиноий жавобгарликка тортилмайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.