Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xadiça Abdurasulovna Boboxonova

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 423-b. — ziyouz.com

    Boboxonova Xadiça Abdurasulovna (1923.11.1, Toşkent) — Özbekiston xalq artisti (1979). Toşkent teatr texnikumini tugatgan (1939), Moskva davlat teatr san'ati in-ti qoşidagi milliy teatr bölimida tahsil olgan (193941). Surxondaryo (1941-49), Buxoro (1949-51), Kattaqörğon (1951-58) teatrlarida işlagan, 1958 y.dan yana Surxondaryo teatrida. Asosiy rollari: Maysara («Maysaraning işi»), Zuhra («Tohir va Zuhra»), Layli («Layli va Majnun»), Nodira («Nodira»), Farmonbibi («Kelinlar qözğoloni»), Tölğanoy («Momo Yer»), Ona Turk («Amir Temur va Yildirim Boyazid»), Saodat («Qaytar dunyo»), Jannat xola («Öçmasin çiroq») va b. Yaratgan obrazlari tölaqonliligi va milliy xususiyatlarga boyligi b-n ajralib turadi. Özbek, qozoq, turkman, ozarbayjrn xalq qöşiqlarining mohir ijroçisi. «Şuhrat» (1994) medali, «Elyurt hurmati» ordeni (1998) b-n taqdirlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОБОХОНОВА Хадича Абдурасуловна (1923.11.1, Тошкент) — Ўзбекистон халқ артисти (1979). Тошкент театр техникумини тугатган (1939), Москва давлат театр санъати ин-ти қошидаги миллий театр бўлимида таҳсил олган (193941). Сурхондарё (1941-49), Бухоро (1949-51), Каттақўрғон (1951-58) театрларида ишлаган, 1958 й.дан яна Сурхондарё театрида. Асосий роллари: Майсара («Майсаранинг иши»), Зуҳра («Тоҳир ва Зуҳра»), Лайли («Лайли ва Мажнун»), Нодира («Нодира»), Фармонбиби («Келинлар қўзғолони»), Тўлғаной («Момо Ер»), Она Турк («Амир Темур ва Йилдирим Боязид»), Саодат («Қайтар дунё»), Жаннат хола («Ўчмасин чироқ») ва б. Яратган образлари тўлақонлилиги ва миллий хусусиятларга бойлиги б-н ажралиб туради. Ўзбек, қозоқ, туркман, озарбайжрн халқ қўшиқларининг моҳир ижрочиси. «Шуҳрат» (1994) медали, «Элюрт ҳурмати» ордени (1998) б-н тақдирланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.