Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xalqaro sport birlaşmalari

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 48-b. — ziyouz.com

    Xalqaro sport birlaşmalari — jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jahon va mintaqaviy nohukumat taşkilotlari. Ularning soni hoz. vaqtda 200 tadan ortiq. X.s.b. — universal (mas, Xalqaro olimpiada qömitasi — XOQ), sport turlari böyiça federatsiyalar (FIFA, FIDE, FAI va h.k.) tarzida böladi. Gimnastika federatsiyasi (1881 y. tuzilgan), akademik eşkak eşiş (1892), konkida yuguruvçilar uyuşmasi (1892), XOQ (1894) eng avval taşkil qilingan Xalqaro sport birlaşmasi hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХАЛҚАРО СПОРТ БИРЛАШМАЛАРИ — жисмоний маданият, жисмоний тарбия ва спорт соҳасидаги жаҳон ва минтақавий ноҳукумат ташкилотлари. Уларнинг сони ҳоз. вақтда 200 тадан ортиқ. Х.с.б. — универсал (мас, Халқаро олимпиада қўмитаси — ХОҚ), спорт турлари бўйича федерациялар (ФИФА, ФИДЕ, ФАИ ва ҳ.к.) тарзида бўлади. Гимнастика федерацияси (1881 й. тузилган), академик эшкак эшиш (1892), конькида югурувчилар уюшмаси (1892), ХОҚ (1894) энг аввал ташкил қилинган Халқаро спорт бирлашмаси ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.