Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xalqaro sud

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 48–49-b. — ziyouz.com

    Xalqaro sud - BMTning asosiy sudlov organi. 1945 y. taşkil topgan. Davlatlar örtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy masalalar böyiça tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudya lardan iborat, ular BMT Boş Assambleyasi va Xavfsizlik Kengaşi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida iş olib boradi. X.s. Gaaga ş.da joylaşgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХАЛҚАРО СУД - БМТнинг асосий судлов органи. 1945 й. ташкил топган. Давлатлар ўртасидаги юридик низоларни уларнинг розилиги билан ҳал қилади ва ҳуқуқий масалалар бўйича тавсиявий хулосалар беради. 15 нафар судья лардан иборат, улар БМТ Бош Ассамблеяси ва Хавфсизлик Кенгаши томонидан 9 йилга сайланади. БМТ Уставининг ажралмас қисми ҳисобланадиган Статут асосида иш олиб боради. Х.с. Гаага ш.да жойлашган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.