Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xamxin

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 63-b. — ziyouz.com

    Xamxin - KXDRning şarqiy qismidagi şahar. Sonçxongan daryosi böyida. XamgyonNamdo provinsiyasining ma'muriy markazi. Aholisi 701 ming kişidan ziyod (1990-y.lar örtalari). Transport yöllari çorrahasi. Şarqiy Koreya qöltiği yaqinidagi port.

    Mamlakatning eng yirik kimyo (sun'iy buyumlar, plastmassa) sanoati markazi. Oğir maşinasozlik, rangli metallurgiya (alyuminiy), elektrotexnika, töqimaçilik, poyabzal, oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari, GES kaskadi bor. Baliq ovlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХАМХИН - КХДРнинг шарқий қисмидаги шаҳар. Сончхонган дарёси бўйида. ХамгёнНамдо провинциясининг маъмурий маркази. Аҳолиси 701 минг кишидан зиёд (1990-й.лар ўрталари). Транспорт йўллари чорраҳаси. Шарқий Корея қўлтиғи яқинидаги порт.

    Мамлакатнинг энг йирик кимё (сунъий буюмлар, пластмасса) саноати маркази. Оғир машинасозлик, рангли металлургия (алюминий), электротехника, тўқимачилик, пойабзал, озиқ-овқат, цемент саноати корхоналари, ГЭС каскади бор. Балиқ овланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.