Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xarisbobo maqbarasi

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 75-b. — ziyouz.com

    Xarisbobo maqbarasi - Xorazm viloyatidagi me'moriy yodgorlik (18—19-a.lar). Maqbara peştoqli ziyoratxona va görxonadan iborat; pişiq ğiştdan bezaksiz, gumbaz tomli qilib qurilgan. Peştoqli darvoza orqali ziyoratxona (4,0x4,0 m) va undan görxona (3,0x3,0 m)ga ötiladi. Peştoq yuqoriga tomon bir oz torayib borib, ğiştin şarafa bilan yakunlangan. Ziyoratxona gumbazi qalqonsimon bağallarga örnatilgan, görxona gumbazi bir ğişt qalinligida işlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХАРИСБОБО МАҚБАРАСИ - Хоразм вилоятидаги меъморий ёдгорлик (18—19-а.лар). Мақбара пештоқли зиёратхона ва гўрхонадан иборат; пишиқ ғиштдан безаксиз, гумбаз томли қилиб қурилган. Пештоқли дарвоза орқали зиёратхона (4,0x4,0 м) ва ундан гўрхона (3,0x3,0 м)га ўтилади. Пештоқ юқорига томон бир оз торайиб бориб, ғиштин шарафа билан якунланган. Зиёратхона гумбази қалқонсимон бағалларга ўрнатилган, гўрхона гумбази бир ғишт қалинлигида ишланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.