Xartford
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 82-b. — ziyouz.com
Xartford — AQŞning şim. şarkiy qismidagi şahar, Konnektikut daryosi böyida. Konnektikut ştatining ma'muriy markazi. Aholisi 121,5 ming kişi (2001). Transport yöllari çorrahasi. Yangi Angliyaning yirik sanoat, savdomoliya va madaniy markazi. Yirik suğurta kompaniyalarining boşqarmalari joylaşgan. Aviatsiya, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat, qoğoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari, qurolyaroğ, musiqa asboblari işlab çiqariladi. universitetlar, M. Tven muzeyi bor. Şaharga 1633 y.da asos solingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ХАРТФОРД — АҚШнинг шим. шаркий қисмидаги шаҳар, Коннектикут дарёси бўйида. Коннектикут штатининг маъмурий маркази. Аҳолиси 121,5 минг киши (2001). Транспорт йўллари чорраҳаси. Янги Англиянинг йирик саноат, савдомолия ва маданий маркази. Йирик суғурта компанияларининг бошқармалари жойлашган. Авиация, станоксозлик, электротехника, радиоэлектроника, металлсозлик саноатлари ривожланган. Металлургия, полиграфия, озиқ-овқат, қоғоз саноати корхоналари мавжуд. Саноат жиҳозлари, қуроляроғ, мусиқа асбоблари ишлаб чиқарилади. университетлар, М. Твен музейи бор. Шаҳарга 1633 й.да асос солинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.