Xerluf Bidstrup
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 307-b. — ziyouz.com
Bidstrup Xerluf BIDSTRUP (Bidstrup) Xerluf (1912.10.9, Berlin — 1988.26.12) — daniyalik karikaturaçi rassom. Kopengagen BAda tahsil körgan (1931 — 35). Maişiy mavzudagi satirik va yumoristik rasmlar, 1940 y.dan siyosiy karikaturalar muallifi. Turkum rasmlari Daniya va çet mamlakatlarda (jumladan rus tilida) alohida albom tarzida bir neça marta naşr etilgan. Çet mamlakatlarga qilgan safarlari asosida rasmlar turkumini yaratgan. Jumladan, Özbekiston (Samarqand va Buxoro yodgorliklari)ga oid varakalar, Toşkent zilzilasiga bağişlangan rasmlari bor.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БИДСТРУП (Bidstrup) Херлуф (1912.10.9, Берлин — 1988.26.12) — даниялик карикатурачи рассом. Копенгаген БАда таҳсил кўрган (1931 — 35). Маиший мавзудаги сатирик ва юмористик расмлар, 1940 й.дан сиёсий карикатуралар муаллифи. Туркум расмлари Дания ва чет мамлакатларда (жумладан рус тилида) алоҳида альбом тарзида бир неча марта нашр этилган. Чет мамлакатларга қилган сафарлари асосида расмлар туркумини яратган. Жумладан, Ўзбекистон (Самарқанд ва Бухоро ёдгорликлари)га оид варакалар, Тошкент зилзиласига бағишланган расмлари бор.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.