Xlorsulfon kislota
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 157-b. — ziyouz.com
Xlorsulfon kislota XLORSULFON KISLOTA, SO2 C1(OH) — sulfat kislota monoxlorangidridi. Rangsiz suyuklik; suyuklaniş trasi — 80°, qaynaş trasi 155° (parçalanadi), ziçligi 1750 kg/m3. X.k. juda faol, suv bilan şiddatli reaksiyaga kirişib, sulfat va xlorid kislota hosil qiladi. Kuçli kislota. Vodorod xlorid bilan sulfat angidridning özaro ta'sirida hosil böladi. Organik sintezda, böyagiçlar, yuvuvçi vositalar va dori moddalari, tutun hosil kiluvçi moddalar tayyorlaşda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ХЛОРСУЛЬФОН КИСЛОТА, SO2 С1(ОН) — сульфат кислота монохлорангидриди. Рангсиз суюклик; суюкланиш траси — 80°, қайнаш траси 155° (парчаланади), зичлиги 1750 кг/м3. Х.к. жуда фаол, сув билан шиддатли реакцияга киришиб, сульфат ва хлорид кислота ҳосил қилади. Кучли кислота. Водород хлорид билан сульфат ангидриднинг ўзаро таъсирида ҳосил бўлади. Органик синтезда, бўягичлар, ювувчи воситалар ва дори моддалари, тутун ҳосил килувчи моддалар тайёрлашда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.