Xona
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 180-b. — ziyouz.com
Xona (musiqada) — özbek, tojik, uyğur mumtoz (maqom va b.) çolğu kuylarida muntazam özgaruvçan va rivojlanib boruvçi tuzilmaning ifodasi. X.lar vositasi bilan kuy şaklan kengayadi va mazmunan boyib boradi. X.lar kuyning özgarmasdan takrorlanuvçi bozgöy tuzilmasiga ulanadi. Kuylarning boşlanişidagi asosiy tuzilmasi sarxona, keyin keladigan bölagi miyonxona deb ataladi (yana q. Xat, Miyonxat).
Q.: Miyonxat
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ХОНА (мусиқада) — ўзбек, тожик, уйғур мумтоз (мақом ва б.) чолғу куйларида мунтазам ўзгарувчан ва ривожланиб борувчи тузилманинг ифодаси. Х.лар воситаси билан куй шаклан кенгаяди ва мазмунан бойиб боради. Х.лар куйнинг ўзгармасдан такрорланувчи бозгўй тузилмасига уланади. Куйларнинг бошланишидаги асосий тузилмаси сархона, кейин келадиган бўлаги миёнхона деб аталади (яна қ. Хат, Миёнхат).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.