Xontaxta
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 188-b. — ziyouz.com
Xontaxta — rözğor buyumi; yerda — palos, gilamga solingan körpaça ustida ötirib ovqatlanişda foydalaniladi. X., asosan, törtburçak, doira şaklida (ba'zan köp qirrali) kalta oyoqli qilib işlanadi. Yoğoçdan (ba'zan ustki qismi yupqa plastmassa qoplab) yasaladi. Xalq ustalari (öymakor va naqqoşlar) 5, 6, 8 qirrali X.lar yasab, ularni nafis islimiy naqşlar bn bezatib amaliy san'at asariga aylantirgan xillari respublika muzeylari va xususiy töplamlarda saqlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ХОНТАХТА — рўзғор буюми; ерда — палос, гиламга солинган кўрпача устида ўтириб овқатланишда фойдаланилади. X., асосан, тўртбурчак, доира шаклида (баъзан кўп қиррали) калта оёқли қилиб ишланади. Ёғочдан (баъзан устки қисми юпқа пластмасса қоплаб) ясалади. Халқ усталари (ўймакор ва наққошлар) 5, 6, 8 қиррали Х.лар ясаб, уларни нафис ислимий нақшлар бн безатиб амалий санъат асарига айлантирган хиллари республика музейлари ва хусусий тўпламларда сақланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.