Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 213–216-b. — ziyouz.com
Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 85%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) (19201924) Xiva xonligi hududida xonlik tuzumi ağdarib taşlangaç, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Mayd. 62.200 km2, aholisi 550 ming kişi (1920). Milliy tarkibi, asosan, özbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar (3,4%) va b.dan iborat. XXSR ma'muriy jihatdan 4 ta viloyat (Hazorasp, Yangi Urganç, Toşhovuz, Xöjayli) va 26 ta tumanga bölingan (1923). XXSR hududi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, Qozoğiston ASSR bilan çegaralangan. Poytaxti — Xiva ş.
Xivada xonlik tuzumi ağdarib taşlangan kun — 1920 y. 2 fev.da Yoş xivaliklar partiyasi a'zolarvdan iborat, (5 kişi kirgan) Muvaqqat inqilobiy qömita — revkom (raisi Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov) tuzilgan. Bu qömita 2 oy davomida ham qonun çiqaruvçi, ham ijro qiluvçi hokimiyat vazifasini bajargan. 9 apr.da mazkur qömita işini yaxşilaş maqsadida uning tarkibida 10 kişidan iborat dastlabki xalq hukumati — Nozirlar Şörosi taşkil qilindi. Hukumat tarkibiga Jumaniyoz Sultonmurodov (Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi; xorijiya — taşqi işlar noziri), Odamoxun Ortiqov (hukumat raisi yordamçisi), Mulla Navröz Röziboyev (hukumat kotibi), Mulla Öroz Xöjamuhamedov (hukumat kotibi yordamçisi), Matlapoboy Madrahimov (moliya noziri), Şayxutdin Hasanov (harbiy işlar noziri), Polvonniyoz Hoji (Polyozhoji) Yusupov (oliy mufattiş — davlat nazorati noziri), Eşçonqori Jabborqulov (xalq xöjaligi noziri), Mulla Bekjon Rahmonov maorif noziri), Bobooxun Salimov (adliya noziri) kirişdi. Asosan, yoş xivaliklardan iborat bölgan hökumat a'zolari Xorazmda ağdarib taşlangan xonlik hukumati örniga demokratax respublika quriş uçun intildilar.
1920 y. 26 — 30 apr.da Butun Xorazm xalq vakillarining 1 qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi — XXSR tuzilganligi tantanali ravişda e'lon qilingan. Qurultoyda 15 kişidan iborat XXSR hukumati — Xalq Nozirlar Şörosi (raisi P. Yusupov) tuzildi.
XXSRning yoş hukumati BXSR, Turkiston ASSR, RSFSR davlatlaridan taşqari Finlyandiya, Şvetsiya, Germaniya, Turkiya, Afğoniston, Eron kabi xorijiy davlatlar bilan ham mustaqil ravişda savdosotiq va iqtisodiy aloqalarni olib borişga harakat qildi. Mac, 1921 y. 24 noyab.da Afğonistonga qozikalon Bobooxun Salimov boşçiligida maxsus elçilik hay'ati jönatilgan. Xususan, Finlyandiya bilan savdosotiq aloqalari samarali bölgan.
1920 y. 13 sent.da Moskvada RSFSR bilan XXSR örtasida 24 moddadan iborat Ittifoq şartnomasi va 15 moddadan iborat iqtisodiy bitim tuzilgan. Ittifoq şartnomasiga binoan, sovet Rossiyasi XXSR mustaqilligi va daxlsizligini rasmiy sur'atda tan olgan. Ittifoq şartnomasining 17moddasi asosida alohida harbiysiyosiy bitim ham tuzilgan. Unda Xorazm qizil armiyasi RSFSR homiyligi ostida tuzilişi ta'kidlangan.
Biroq şartnoma va bitimlarda körsatilgan asosiy moddalarni, xususan, XXSRning mustaqilligi va daxlsizligi huquqini sovet Rossiyasi tan olmay, doimiy ravişda yoş respublikaning içki işlariga qöpol ravişda aralaşib turdi, Xorazmda katta miqdordagi qizil askarlarni saqlab, bu harbiy kuçlar orqali mamlakatni özi boşqarişga intildi. 1921 y. 6 martda Xorazmda qizil askarlar uyuştirgan harbiy davlat töntarişidan keyin P. Yusupov hukumati ham ağdarib taşlandi. Hukumatning sobiq raisi yaşirinişga ulgurdi. Biroq oradan köp ötmay u qamoqqa olindi. Bolşeviklar köplab nozirlarni otib taşlaşdi. Tirik qolgan ayrim nozirlar Junaidxon safiga borib qöşilgan. Yoş xivaliklar partiyasining faoliyati taqiklangan. Xorazm Kommunistik partiyasi taşkiliy jihatdan rasmiylaşdi (1921 y. dek.).
XXSR davlat boşqaruvi jihatidan xalq demokratik respublikasi hisoblangan. XXSR Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat hokimiyatining oliy boşqaruv organi, Butun Xorazm xalq vakillari qurultoyi, qurultoylar örtasida — XXSR Markaziy Ijroiya Qömitasi hisoblangan. Ijro qiluvçi oliy organ (hukumat) — Xorazm Xalq Nozirlar Şörosi sanalgan. Birok, asosiy hokimiyat XXSRda turgan sovet Rossiyasi va SSSRning turli favqulodda organlari qölida bölgan.
Afsuski, Xorazmda hokimiyatning yangi organlari faoliyati bu gal ham uzoqqa çözilmadi. 1921 y. sent. oyida bölgan XXSR MIK majlisida «Öz vazifasini bajara olmagan va işni çalkaştirgan» degan soxta ayblar bilan M. Olloberganov öz lavozimidan olib taşlandi va ölimga hukm qilindi. Umuman olganda, XXSR mavjud bölgan qariyb 5 yil davomida bolşeviklar tomonidan XXSR MIK raislari va hukumat boşlikdarining har biri 10 martadan uzgartiriddi. Xorazmda ötkazilgan bunday davlat töntarişlari oqibatida özbek xalqining köplab asl farzandlari qatağon qilindi.
1920 —21 y.larda XXSRda agrar sohada dastlabki özgarişlar amalga oşirilib, 10 ming desyatina yer dehqonlarga bölib berildi. Bundan taşqari, ularga uruğ, dehqonçilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratiddi. Dehqonlarga kredit xisobidan 5 ming çorva mol sotiddi. Eski suğoriş inşootlarini qayta tiklaş bilan birga yangilari ham qurildi. Mac, 1922 y. oxirigaça Xorazm dehqonlari Hazoraspdan Xöjayligaça bölgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922 y.da çorakor va kambağallarga yer bölib beriş uçun davlat yer fondi tuzişga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan ssudalar beriş uçun davlat dehqonlar bankini ta'sis etişga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. söm mablağ ajratilgan. Xullas, 1921 —22 y.larda 400 ming tanobdan ortiqroq yer kambağal dehqonlarga berildi.
XXSRda iqtisodiy siyosat va xöjalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda keçdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining ta'siri kuçliroq bölganligi uçun sinfiy yondaşuv yaqqol namoyon böldi. Soliqning oğir yuki savdogarlar, sudxörlar va yirik yer egalari zimmasiga töğri keldi. Q.x.da yagona soliq tizimi (1922 y. dek.) joriy qilindi. Soliq tölaşni töğri yölga qöyiş maqsadida davlat banki va soliq palatasi taşkil qilindi. 1923 y. iyunda hunarmandçilik va sanoat sohasidagi soliklar ham bir tizimga solinib, davlat sanoat soliği joriy qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e'lon qilinişi bilan XXSRda karvonsaroylar, korxonalar, köllar va töqaylar ijaraga berila boşlandi. Telefon simlari tortilib, daryo kemaçiligi tiklaşga kirişilgan. Bir qança yirik köpriklar qurildi. Paxta maydonlarining xududi 1921 y.dagi 10 ming tanobdan 1924 y.da 85 ming tanobga, hosiddorlik 100 ming pudsan 800 ming pudga kötariddi. Umumiy ekin maydonlari 1913 y.dagi darajaning 62%ni, hosiddorlik 70 —75% ni taşkil kildi. 1924 y.ga kelib, 6 ta paxta tozalaş zavodi, 10 ta ğişt zavodi, yoğ zavodi, bosmaxona, elektrstansiya tiklandi, qogoz va şişa zavodlari quriddi. Sanoatda davlat sektori ustuvor mavqeini egalladi.
XXSR hukumati madaniyma'rifiy va soğliqni saqlaş işlariga ham katta e'tibor qaratdi. 1920 y. bahorida respublikada yangi tipdagi maktablar taşkil qilina boşlandi. 1921 y. sent. da Xivada oçilgan xalq dorilfununi respublika madaniy hayotida katta voqea böldi.
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR). 1923 y. 17 20 okt.da bölgan Butun Xorazm xalq vakillarining 4qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR) ga aylantiriş töğrisida qaror qabul qildi. 20 okt.da XSSRning 5 bölim va 12 bobdan iborat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik quriliş yöliga ötişini qonun yöli bilan mustahkamladi. Unga muvofiq, yerning xususiy mulk ekanligi bekor qilindi, vaqf yerlari butunlay tugatildi. Mavjud yerlar umumxalq mulki deb e'lon qilinib, barça vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi. Kozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari taşkil qilindi. Şu tarzda 1923 y. okt. oyidan boşlab Xorazm Respublikasidagi demokratik özgarişlarga çek qöyildi. Xorazmni sovetlaştiriş jarayoni özining yuqori bosqiçiga kötarildi. Hukumatning keskin yangi siyosatidan norozi bölgan barça kişilar bunday vaziyatda istiqlolçilar safini töldirdilar. Turkistonda sovet rejimiga qarşi qurolli harakat Xorazm vohasiga ham keng tarqalgan edi. XSSRning markaziy va jan. qismlarida köplab sardor va qörboşilarning harakatlari yanada avj oldi.
1923 y. dek.da Pitnak, Hazorasp, Boğot, Xonqa tumanlarida yangi sovet hukumatiga qarşi dehqonlarning ommaviy qözğolonlari boşlanib ketdi. Qözğolonçilar joylardagi sovet taşkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti Xiva ş. ustiga yuriş boşladilar. Qoraqumda turgan Junaidxon qöşinlari ham ğarb tomondan, bir vaqtning özida şaharga qarab harakat boşladi. 1924 y. 10 yanv.dan boşlab Junaidxonning 15 ming kişilik otliq va piyodalardan iborat qöşini Xivani qamal qilişga kirişgan. 16 yanv.da XSSRda harbiy holat joriy qilindi. Qizil armiya qömondonligi zudlik bilan Xorazmga katta mikdordagi harbiy kuçlarni jönatgaç, 1924 y. fev. oyining boşlarida xalq qözğoloni bostirildi va bolşeviklar davlatning yangi jazolaş (qatağon) organlarini taşkil qilişdi. 1924 y. 20 fev.da sovet prokuraturasi tuzildi. Şuningdek, Xorazmdagi viloyatlarda 5 ta sovet xalq sudlari ham taşkil qilindi. Bu davrda harbiy tribunal va Davlat siyosiy boşqarmasi (GPU) faoliyati yanada kuçaytirildi. Bu jazolaş organlari kommunistik mafkurani tan olmagan qar qanday kişilarni qatağon qilişni avj oldirdi.
Örta Osiyo Iqtisodiy Kengaşi (Sredaz EKOSO)ning tazyiqi natijasida 1923 y. yozida Xorazmdagi milliy valyuta RSFSR rubliga (10 Xorazm sömiga 1 RSFSR rubli nisbatida) almaştirilgan edi. 1924 y.dan boşlab Xorazm Respublikasi ham xuddi BXSR singari SSSRning yagona bank va moliya tizimiga töliq tortildi. XSSR armiyadan keyin davlat mustaqilligini muhim timsoli bölgan milliy valyutadan ham mahrum qilindi.
Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi (1924 y. 29 okt. — 2 noyab.) Örta Osiyoda milliyhududiy çegaralaniş munosabati bilan XSSR tugatilişini e'lon qildi. XSSRning özbeklar yaşaydigan 23 ta tumani yangidan taşkil qilingan Özbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. XSSRning qolgan hududlari Turkmaniston SSR va Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozoğiston ASSR tarkibida)ga qöşildi. 1924 y. 23 noyab.da XSSR MIK va 30 noyab.da Xalq Nozirlar Şörosi öz faoliyatini töxtatdi.
Ad.: Polvonniyoz Hoji Yusupov, Yoş xivaliklar tarixi (Xotiralar), Urganç, 1999; Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlat tuzilişi, nozirlari va iqgisodi, Urganç, 1993; Xiva ming gumbaz şahri, T., 1997; Xorazm tarixi, 2j., Urganç, 1997; Özbekiston yangi tarixi, 2kitob [Özbekiston sovet mustamlakaçiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,.K., MustaqilTurqistonfikri uçun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v naçale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T.~ 2000; Özbekiston davlatçiligi tarixi oçerklari, T., 2001.
Qahramon Rajabov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ХОРАЗМ ХАЛҚ СОВЕТ РЕСПУБЛИКАСИ (ХХСР) (19201924) Хива хонлиги ҳудудида хонлик тузуми ағдариб ташлангач, юзага келган халқ республикаси. Майд. 62.200 км2, аҳолиси 550 минг киши (1920). Миллий таркиби, асосан, ўзбеклар (65%), қисман туркманлар (26,8%), қорақалпоқлар (3,8%), қозоқлар (3,4%) ва б.дан иборат. ХХСР маъмурий жиҳатдан 4 та вилоят (Ҳазорасп, Янги Урганч, Тошҳовуз, Хўжайли) ва 26 та туманга бўлинган (1923). ХХСР ҳудуди Бухоро Халқ Совет Республикаси, Туркистон АССР, Қозоғистон АССР билан чегараланган. Пойтахти — Хива ш.
Хивада хонлик тузуми ағдариб ташланган кун — 1920 й. 2 фев.да Ёш хиваликлар партияси аъзоларвдан иборат, (5 киши кирган) Муваққат инқилобий қўмита — ревком (раиси Мулла Жуманиёз Султонмуродов) тузилган. Бу қўмита 2 ой давомида ҳам қонун чиқарувчи, ҳам ижро қилувчи ҳокимият вазифасини бажарган. 9 апр.да мазкур қўмита ишини яхшилаш мақсадида унинг таркибида 10 кишидан иборат дастлабки халқ ҳукумати — Нозирлар Шўроси ташкил қилинди. Ҳукумат таркибига Жуманиёз Султонмуродов (Муваққат инқилобий ҳукумат раиси; хорижия — ташқи ишлар нозири), Одамохун Ортиқов (ҳукумат раиси ёрдамчиси), Мулла Наврўз Рўзибоев (ҳукумат котиби), Мулла Ўроз Хўжамуҳамедов (ҳукумат котиби ёрдамчиси), Матлапобой Мадраҳимов (молия нозири), Шайхутдин Ҳасанов (ҳарбий ишлар нозири), Полвонниёз Ҳожи (Полёзҳожи) Юсупов (олий муфаттиш — давлат назорати нозири), Эшчонқори Жабборқулов (халқ хўжалиги нозири), Мулла Бекжон Раҳмонов маориф нозири), Бобоохун Салимов (адлия нозири) киришди. Асосан, ёш хиваликлардан иборат бўлган ҳўкумат аъзолари Хоразмда ағдариб ташланган хонлик ҳукумати ўрнига демократах республика қуриш учун интилдилар.
1920 й. 26 — 30 апр.да Бутун Хоразм халқ вакилларининг 1 қурултойида Хоразм Халқ Совет Республикаси — ХХСР тузилганлиги тантанали равишда эълон қилинган. Қурултойда 15 кишидан иборат ХХСР ҳукумати — Халқ Нозирлар Шўроси (раиси П. Юсупов) тузилди.
ХХСРнинг ёш ҳукумати БХСР, Туркистон АССР, РСФСР давлатларидан ташқари Финляндия, Швеция, Германия, Туркия, Афғонистон, Эрон каби хорижий давлатлар билан ҳам мустақил равишда савдосотиқ ва иқтисодий алоқаларни олиб боришга ҳаракат қилди. Mac, 1921 й. 24 нояб.да Афғонистонга қозикалон Бобоохун Салимов бошчилигида махсус элчилик ҳайъати жўнатилган. Хусусан, Финляндия билан савдосотиқ алоқалари самарали бўлган.
1920 й. 13 сент.да Москвада РСФСР билан ХХСР ўртасида 24 моддадан иборат Иттифоқ шартномаси ва 15 моддадан иборат иқтисодий битим тузилган. Иттифоқ шартномасига биноан, совет Россияси ХХСР мустақиллиги ва дахлсизлигини расмий суръатда тан олган. Иттифоқ шартномасининг 17моддаси асосида алоҳида ҳарбийсиёсий битим ҳам тузилган. Унда Хоразм қизил армияси РСФСР ҳомийлиги остида тузилиши таъкидланган.
Бироқ шартнома ва битимларда кўрсатилган асосий моддаларни, хусусан, ХХСРнинг мустақиллиги ва дахлсизлиги ҳуқуқини совет Россияси тан олмай, доимий равишда ёш республиканинг ички ишларига қўпол равишда аралашиб турди, Хоразмда катта миқдордаги қизил аскарларни сақлаб, бу ҳарбий кучлар орқали мамлакатни ўзи бошқаришга интилди. 1921 й. 6 мартда Хоразмда қизил аскарлар уюштирган ҳарбий давлат тўнтаришидан кейин П. Юсупов ҳукумати ҳам ағдариб ташланди. Ҳукуматнинг собиқ раиси яширинишга улгурди. Бироқ орадан кўп ўтмай у қамоққа олинди. Большевиклар кўплаб нозирларни отиб ташлашди. Тирик қолган айрим нозирлар Жунаидхон сафига бориб қўшилган. Ёш хиваликлар партиясининг фаолияти тақикланган. Хоразм Коммунистик партияси ташкилий жиҳатдан расмийлашди (1921 й. дек.).
ХХСР давлат бошқаруви жиҳатидан халқ демократик республикаси ҳисобланган. ХХСР Конституциясига мувофиқ, давлат ҳокимиятининг олий бошқарув органи, Бутун Хоразм халқ вакиллари қурултойи, қурултойлар ўртасида — ХХСР Марказий Ижроия Қўмитаси ҳисобланган. Ижро қилувчи олий орган (ҳукумат) — Хоразм Халқ Нозирлар Шўроси саналган. Бирок, асосий ҳокимият ХХСРда турган совет Россияси ва СССРнинг турли фавқулодда органлари қўлида бўлган.
Афсуски, Хоразмда ҳокимиятнинг янги органлари фаолияти бу гал ҳам узоққа чўзилмади. 1921 й. сент. ойида бўлган ХХСР МИК мажлисида «Ўз вазифасини бажара олмаган ва ишни чалкаштирган» деган сохта айблар билан М. Оллоберганов ўз лавозимидан олиб ташланди ва ўлимга ҳукм қилинди. Умуман олганда, ХХСР мавжуд бўлган қарийб 5 йил давомида большевиклар томонидан ХХСР МИК раислари ва ҳукумат бошликдарининг ҳар бири 10 мартадан узгартиридди. Хоразмда ўтказилган бундай давлат тўнтаришлари оқибатида ўзбек халқининг кўплаб асл фарзандлари қатағон қилинди.
1920 —21 й.ларда ХХСРда аграр соҳада дастлабки ўзгаришлар амалга оширилиб, 10 минг десятина ер деҳқонларга бўлиб берилди. Бундан ташқари, уларга уруғ, деҳқончилик асбоблари ҳамда ссуда (қарз) ажратидди. Деҳқонларга кредит хисобидан 5 минг чорва мол сотидди. Эски суғориш иншоотларини қайта тиклаш билан бирга янгилари ҳам қурилди. Mac, 1922 й. охиригача Хоразм деҳқонлари Ҳазораспдан Хўжайлигача бўлган ҳудудда 12 та дамба қурдилар. 1922 й.да чоракор ва камбағалларга ер бўлиб бериш учун давлат ер фонди тузишга ҳамда деҳқонларга узоқ муддатли ва қайтариб олинмайдиган ссудалар бериш учун давлат деҳқонлар банкини таъсис этишга қарор қилинди. Банкка 3 млрд. сўм маблағ ажратилган. Хуллас, 1921 —22 й.ларда 400 минг танобдан ортиқроқ ер камбағал деҳқонларга берилди.
ХХСРда иқтисодий сиёсат ва хўжалик соҳасидаги ислоҳотлар зиддиятли тарзда кечди. Хоразм Республикасидаги солиқ сиёсатида совет Россиясининг таъсири кучлироқ бўлганлиги учун синфий ёндашув яққол намоён бўлди. Солиқнинг оғир юки савдогарлар, судхўрлар ва йирик ер эгалари зиммасига тўғри келди. Қ.х.да ягона солиқ тизими (1922 й. дек.) жорий қилинди. Солиқ тўлашни тўғри йўлга қўйиш мақсадида давлат банки ва солиқ палатаси ташкил қилинди. 1923 й. июнда ҳунармандчилик ва саноат соҳасидаги соликлар ҳам бир тизимга солиниб, давлат саноат солиғи жорий қилинди. Янги иқтисодий сиёсат (НЭП)нинг эълон қилиниши билан ХХСРда карвонсаройлар, корхоналар, кўллар ва тўқайлар ижарага берила бошланди. Телефон симлари тортилиб, дарё кемачилиги тиклашга киришилган. Бир қанча йирик кўприклар қурилди. Пахта майдонларининг худуди 1921 й.даги 10 минг танобдан 1924 й.да 85 минг танобга, ҳосиддорлик 100 минг пудцан 800 минг пудга кўтаридди. Умумий экин майдонлари 1913 й.даги даражанинг 62%ни, ҳосиддорлик 70 —75% ни ташкил килди. 1924 й.га келиб, 6 та пахта тозалаш заводи, 10 та ғишт заводи, ёғ заводи, босмахона, электрстанция тикланди, қогоз ва шиша заводлари қуридди. Саноатда давлат сектори устувор мавқеини эгаллади.
ХХСР ҳукумати маданиймаърифий ва соғлиқни сақлаш ишларига ҳам катта эътибор қаратди. 1920 й. баҳорида республикада янги типдаги мактаблар ташкил қилина бошланди. 1921 й. сент. да Хивада очилган халқ дорилфунуни республика маданий ҳаётида катта воқеа бўлди.
Хоразм Совет Социалистик Республикаси (ХССР). 1923 й. 17 20 окт.да бўлган Бутун Хоразм халқ вакилларининг 4қурултойи ХХСРни Хоразм Совет Социалистик Республикаси (ХССР) га айлантириш тўғрисида қарор қабул қилди. 20 окт.да ХССРнинг 5 бўлим ва 12 бобдан иборат янги Конституцияси қабул қилинди. Бу Конституция мамлакатнинг социалистик қурилиш йўлига ўтишини қонун йўли билан мустаҳкамлади. Унга мувофиқ, ернинг хусусий мулк эканлиги бекор қилинди, вақф ерлари бутунлай тугатилди. Мавжуд ерлар умумхалқ мулки деб эълон қилиниб, барча вақф мулклари маориф нозирлиги ихтиёрига берилди. Козихоналар фаолияти тақиқланиб, совет судлари ташкил қилинди. Шу тарзда 1923 й. окт. ойидан бошлаб Хоразм Республикасидаги демократик ўзгаришларга чек қўйилди. Хоразмни советлаштириш жараёни ўзининг юқори босқичига кўтарилди. Ҳукуматнинг кескин янги сиёсатидан норози бўлган барча кишилар бундай вазиятда истиқлолчилар сафини тўлдирдилар. Туркистонда совет режимига қарши қуролли ҳаракат Хоразм воҳасига ҳам кенг тарқалган эди. ХССРнинг марказий ва жан. қисмларида кўплаб сардор ва қўрбошиларнинг ҳаракатлари янада авж олди.
1923 й. дек.да Питнак, Ҳазорасп, Боғот, Хонқа туманларида янги совет ҳукуматига қарши деҳқонларнинг оммавий қўзғолонлари бошланиб кетди. Қўзғолончилар жойлардаги совет ташкилотларини тугатиб, мамлакат пойтахти Хива ш. устига юриш бошладилар. Қорақумда турган Жунаидхон қўшинлари ҳам ғарб томондан, бир вақтнинг ўзида шаҳарга қараб ҳаракат бошлади. 1924 й. 10 янв.дан бошлаб Жунаидхоннинг 15 минг кишилик отлиқ ва пиёдалардан иборат қўшини Хивани қамал қилишга киришган. 16 янв.да ХССРда ҳарбий ҳолат жорий қилинди. Қизил армия қўмондонлиги зудлик билан Хоразмга катта микдордаги ҳарбий кучларни жўнатгач, 1924 й. фев. ойининг бошларида халқ қўзғолони бостирилди ва большевиклар давлатнинг янги жазолаш (қатағон) органларини ташкил қилишди. 1924 й. 20 фев.да совет прокуратураси тузилди. Шунингдек, Хоразмдаги вилоятларда 5 та совет халқ судлари ҳам ташкил қилинди. Бу даврда ҳарбий трибунал ва Давлат сиёсий бошқармаси (ГПУ) фаолияти янада кучайтирилди. Бу жазолаш органлари коммунистик мафкурани тан олмаган қар қандай кишиларни қатағон қилишни авж олдирди.
Ўрта Осиё Иқтисодий Кенгаши (Средаз ЭКОСО)нинг тазйиқи натижасида 1923 й. ёзида Хоразмдаги миллий валюта РСФСР рублига (10 Хоразм сўмига 1 РСФСР рубли нисбатида) алмаштирилган эди. 1924 й.дан бошлаб Хоразм Республикаси ҳам худди БХСР сингари СССРнинг ягона банк ва молия тизимига тўлиқ тортилди. ХССР армиядан кейин давлат мустақиллигини муҳим тимсоли бўлган миллий валютадан ҳам маҳрум қилинди.
Бутун Хоразм халқ вакилларининг 5қурултойи (1924 й. 29 окт. — 2 нояб.) Ўрта Осиёда миллийҳудудий чегараланиш муносабати билан ХССР тугатилишини эълон қилди. ХССРнинг ўзбеклар яшайдиган 23 та тумани янгидан ташкил қилинган Ўзбекистон ССР таркибига Хоразм вилояти қилиб киритилди. ХССРнинг қолган ҳудудлари Туркманистон ССР ва Қорақалпоқ мухтор вилояти (Қозоғистон АССР таркибида)га қўшилди. 1924 й. 23 нояб.да ХССР МИК ва 30 нояб.да Халқ Нозирлар Шўроси ўз фаолиятини тўхтатди.
Ад.: Полвонниёз Ҳожи Юсупов, Ёш хиваликлар тарихи (Хотиралар), Урганч, 1999; Маткаримов М., Хоразм Республикаси: давлат тузилиши, нозирлари ва иқгисоди, Урганч, 1993; Хива минг гумбаз шаҳри, Т., 1997; Хоразм тарихи, 2ж., Урганч, 1997; Ўзбекистон янги тарихи, 2китоб [Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида], Т., 2000; Ражабов К,.К., МустақилТурқистонфикри учун мужодалалар, Т., 2000; Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной независимости, Т.~ 2000; Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари, Т., 2001.
Қаҳрамон Ражабов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.