Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Xötan

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 309-b. — ziyouz.com

    Xötan — Xitoyning ğarbiy qismidagi dare, Tarim daryosining öng irmoği. Uzunligi (Qoraqoş daryosi bilan birga) 1035 km, xavzasining mayd. 43,6 ming km2. Qoraqurum va Kunlun toğlaridan boşlanadigan Qoraqoş va Yurunqoş irmoqlarining qöşilişidan hosil bölib, tekislikda Taklamakon çölidan oqadi. Bu yerdan ötgan qismida faqat iyul—avg. oylaridagina tölib oqadi. Örtaça suv sarfi toğdan çiqiş joyida 120 m3/sek. Xötan vohasini suğorişga sarflanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХЎТАН — Хитойнинг ғарбий қисмидаги даре, Тарим дарёсининг ўнг ирмоғи. Узунлиги (Қорақош дарёси билан бирга) 1035 км, хавзасининг майд. 43,6 минг км2. Қорақурум ва Куньлун тоғларидан бошланадиган Қорақош ва Юрунқош ирмоқларининг қўшилишидан ҳосил бўлиб, текисликда Такламакон чўлидан оқади. Бу ердан ўтган қисмида фақат июль—авг. ойларидагина тўлиб оқади. Ўртача сув сарфи тоғдан чиқиш жойида 120 м3/сек. Хўтан воҳасини суғоришга сарфланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.