Yakkaboşçilik
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 20-b. — ziyouz.com
Yakkaboşçilik — boşqaruv prinsipi; bironbir organ, muassasa, korxona rahbariga öz funksiyalarini bajarişi uçun zarur bölgan keng vakolatlar berilişini, şuningdek, natijalari uçun unga şaxsiy javobgarlik yuklanişini anglatadi. Davlat organlari, muassasalar va korxonalar işidagi Ya. muayyan organ faoliyatining muhim masalalari muhokama qilinayotganda kollegiallik bilan keng miqyosda uyğunlaştirib amalga oşiriladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЯККАБОШЧИЛИК — бошқарув принципи; биронбир орган, муассаса, корхона раҳбарига ўз функцияларини бажариши учун зарур бўлган кенг ваколатлар берилишини, шунингдек, натижалари учун унга шахсий жавобгарлик юкланишини англатади. Давлат органлари, муассасалар ва корхоналар ишидаги Я. муайян орган фаолиятининг муҳим масалалари муҳокама қилинаётганда коллегиаллик билан кенг миқёсда уйғунлаштириб амалга оширилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.