Yangi oy
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 54-b. — ziyouz.com
Yangi oy — Oyning Yer bilan Quyoş orasida bölgan vaqtdagi fazasi; ingiçka öroq şaklidagi 1,5 kunlik payti. Bu vaqtda Oyning Quyoş yoritib turgan qismi Yerga teskari tomonda bölgani uçun Oy Yerdagi kuzatuvçiga körinmaydi. Agar Ya.o. paytida Oy Yer va Quyoş markazlarini xayolan birlaştiruvçi töğri çiziqda bölsa, Quyoş tutilişi hodisasi röy beradi. Ya.o. payti oy kalendarida oy hisobining boşlanişi deb qabul qilingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЯНГИ ОЙ — Ойнинг Ер билан Қуёш орасида бўлган вақтдаги фазаси; ингичка ўроқ шаклидаги 1,5 кунлик пайти. Бу вақтда Ойнинг Қуёш ёритиб турган қисми Ерга тескари томонда бўлгани учун Ой Ердаги кузатувчига кўринмайди. Агар Я.о. пайтида Ой Ер ва Қуёш марказларини хаёлан бирлаштирувчи тўғри чизиқда бўлса, Қуёш тутилиши ҳодисаси рўй беради. Я.о. пайти ой календарида ой ҳисобининг бошланиши деб қабул қилинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.