Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yangiariq

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 57–58-b. — ziyouz.com

    Yangiariq — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi qişloq, tuman markazi. Xorazm viloyatining jan.da joylaşgan. Viloyat markazi (Urganç şahri)gaça 20 km. Yaqin t.y. stansiyasi — Urganç. Aholisi 10,5 ming kişi (2005). Qişloq aholisi va xöjaliklari Tagan kanalidan suv oladi. Ya.da paxta tozalaş, ğişt zdlari, quriliş korxonalari, Uzbekiston — Turkiya qöşma korxonasi, avtokorxona, MTP bor. 3 umumiy ta'lim maktabi, litsey, gimnaziya, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, 2 madaniyat uyi, stadion mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tuğruqxona, dorixona va boşqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat körsatadi. Ya.dan Urganç, Xiva şahrilari, Xonqa, Hazorasp şaharçalari va Bogot qişloğigaça avtobus va marşrutli taksilar qatnaydi. Xiva — Toşkent yönalişidagi avtobuslar Ya. hududidan ötadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЯНГИАРИҚ — Хоразм вилояти Янгиариқ туманидаги қишлоқ, туман маркази. Хоразм вилоятининг жан.да жойлашган. Вилоят маркази (Урганч шаҳри)гача 20 км. Яқин т.й. станцияси — Урганч. Аҳолиси 10,5 минг киши (2005). Қишлоқ аҳолиси ва хўжаликлари Таган каналидан сув олади. Я.да пахта тозалаш, ғишт здлари, қурилиш корхоналари, Узбекистон — Туркия қўшма корхонаси, автокорхона, МТП бор. 3 умумий таълим мактаби, лицей, гимназия, касб-ҳунар коллежи, туман марказий кутубхонаси ва унинг тармоқлари, 2 маданият уйи, стадион мавжуд. Туман марказий касалхонаси, поликлиника, туғруқхона, дорихона ва бошқалар тиббий муассасалар аҳолига хизмат кўрсатади. Я.дан Урганч, Хива шаҳрилари, Хонқа, Ҳазорасп шаҳарчалари ва Богот қишлоғигача автобус ва маршрутли таксилар қатнайди. Хива — Тошкент йўналишидаги автобуслар Я. ҳудудидан ўтади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.