Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yangibozor

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 59–60-b. — ziyouz.com

    Yangibozor — Xorazm viloyati Yangibozor tumanidit şaharça (1983 yildan), tuman markazi. Xorazm viloyatining şim.ğarbiy qismida joylaşgan. Viloyat markazi (Urganç şahri) gaça 20 km. Yaqin t.y. stansiyasi — Urganç (20 km). Aholisi 6,3 ming kişi (2005). Ya.da paxta tozalaş, ğişt zdlari, quriliş korxonalari, yirik, örta biznes, kiçik korxonalar, mikrofirmalar, avtokorxona, MTP işlab turibdi. Umumiy ta'lim, bolalar musiqa va sport maktablari, litsey, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat boği, amfiteatr, klub muassasalari, stadion, Xotira maydoni bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tuğruqxona, dorixona va boşqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat körsatadi. Ya.dan Urganç şahri va Gurlan şaharçasiga avtobuslar va marşrutli taksilar qatnaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЯНГИБОЗОР — Хоразм вилояти Янгибозор туманидит шаҳарча (1983 йилдан), туман маркази. Хоразм вилоятининг шим.ғарбий қисмида жойлашган. Вилоят маркази (Урганч шаҳри) гача 20 км. Яқин т.й. станцияси — Урганч (20 км). Аҳолиси 6,3 минг киши (2005). Я.да пахта тозалаш, ғишт здлари, қурилиш корхоналари, йирик, ўрта бизнес, кичик корхоналар, микрофирмалар, автокорхона, МТП ишлаб турибди. Умумий таълим, болалар мусиқа ва спорт мактаблари, лицей, касб-ҳунар коллежлари, туман марказий кутубхонаси ва унинг тармоқлари, маданият уйи, маданият ва истироҳат боғи, амфитеатр, клуб муассасалари, стадион, Хотира майдони бор. Туман марказий касалхонаси, поликлиника, туғруқхона, дорихона ва бошқалар тиббий муассасалар аҳолига хизмат кўрсатади. Я.дан Урганч шаҳри ва Гурлан шаҳарчасига автобуслар ва маршрутли таксилар қатнайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.