Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Yangiyöl biokimyo» aksiyadorlik jamiyati

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 61-b. — ziyouz.com

    «Yangiyöl biokimyo» aksiyadorlik jamiyati — spirt sano ati korxonasi. «Özmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi tarkibida. Biokimyoviy usul bilan 3—4nav buğdoydan rektifikatsiya qilingan etil spirti, şoli çiqindilari, ösimlik xom aşyosidan texnik spirt, yemxaşak açitqisi, şuningdek, karbonat angidrit, tormoz suyuqligi, quruq yemxaşak qöşimçasi işlab çiqaradi. 1949 yilda gidroliz sanoati korxonasi sifatida işga tuşirilgan. 1995 yildan hozirgi nomda. 90-y. lar boşidan ğalladan oziq-ovqat (etil spirti) i. ç. özlaştirildi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Korxona tarkibida oliy navli araq işlab çiqaradigan «MaySano» qöşma korxonasi, kraxmal va kraxmal qiyomi işlab çiqaradigan «Kraxmal» ma'suliyati çeklangan jamiyat faoliyat körsatadi. Mahsulotlari qöşni mamlakatlarga eksport qilinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «ЯНГИЙЎЛ БИОКИМЁ» АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТИ — спирт сано ати корхонаси. «Ўзмевасабзавотузумсаноат холдинг» компанияси таркибида. Биокимёвий усул билан 3—4нав буғдойдан ректификация қилинган этил спирти, шоли чиқиндилари, ўсимлик хом ашёсидан техник спирт, емхашак ачитқиси, шунингдек, карбонат ангидрит, тормоз суюқлиги, қуруқ емхашак қўшимчаси ишлаб чиқаради. 1949 йилда гидролиз саноати корхонаси сифатида ишга туширилган. 1995 йилдан ҳозирги номда. 90-й. лар бошидан ғалладан озиқ-овқат (этил спирти) и. ч. ўзлаштирилди. Йиллик қуввати 821,4 минг дал. Корхона таркибида олий навли арақ ишлаб чиқарадиган «МайСано» қўшма корхонаси, крахмал ва крахмал қиёми ишлаб чиқарадиган «Крахмал» маъсулияти чекланган жамият фаолият кўрсатади. Маҳсулотлари қўшни мамлакатларга экспорт қилинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.