Yatrokimyo
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 105-b. — ziyouz.com
Yatrokimyo — alkimyoning alohida yönalişi (tibbiyot kimyosi), 16—18-asrlar tibbiyotida paydo böldi. Ya.ning asosçisi nemis şifokori va tabiatşunosi T.Paratsels. Ya. namoyandalari organizmda sodir böladigan jarayonlar kimyoviy hodisalardan iborat, kasallik esa kimyoviy muvozanatning buzilişidan kelib çiqadi, deb tuşuntirganlar va bemorlarni davolaşda kimyoviy moddalarni işlatişni buyurganlar.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЯТРОКИМЁ — алкимёнинг алоҳида йўналиши (тиббиёт кимёси), 16—18-асрлар тиббиётида пайдо бўлди. Я.нинг асосчиси немис шифокори ва табиатшуноси Т.Парацельс. Я. намояндалари организмда содир бўладиган жараёнлар кимёвий ҳодисалардан иборат, касаллик эса кимёвий мувозанатнинг бузилишидан келиб чиқади, деб тушунтирганлар ва беморларни даволашда кимёвий моддаларни ишлатишни буюрганлар.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.