Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yelmurot Junusbekov

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 217-b. — ziyouz.com

    Junusbekov Yelmurot (1940.2.3, Tomdi tumani) — Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi (1997). Buxoro ped. in-tining boşlanğiç ta'lim metodikasi f-tini tugatgan (1967). 1960— 67 y.larda Tomdi tumanidagi 13-maktabda öqituvçi, 1967 y.dan 16-maktab (1971 y.gaça sakkiz yillik) direktori. J. xalq ta'limi soxasidagi yangiliklarni maktab hayotiga joriy etadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖУНУСБЕКОВ Елмурот (1940.2.3, Томди тумани) — Ўзбекистон Республикаси халқ ўқитувчиси (1997). Бухоро пед. ин-тининг бошланғич таълим методикаси ф-тини тугатган (1967). 1960— 67 й.ларда Томди туманидаги 13-мактабда ўқитувчи, 1967 й.дан 16-мактаб (1971 й.гача саккиз йиллик) директори. Ж. халқ таълими сохасидаги янгиликларни мактаб ҳаётига жорий этади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.