Yer tarkibi
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 65-b. — ziyouz.com
Yer tarkibi — davlat yer fondining xalq xöjaligi tarmoqlari örtasidagi taqsimoti, yer turlarining nisbati, salmoği va maydon körsatkiçlari böyiça ma'lumotlar yiğindisi. Özbekiston Respublikasining yaxlit yer fondi qanday maqsadda foydalanişiga qarab quyidagilarga bölinadi: q.x. yerlari; aholi punktlari yerlari (şaharlar, şaharçalar, qişloq aholi punktlari yerlari); sanoat, transport, aloqa va b.ning yerlari; tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga möljallangan yerlar; örmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar. Q.x. ehtiyojlari uçun berib qöyilgan yoki ana şu maqsadlarga atab ajratilgan yerlar q.x.ga möljallangan yerlar deb hisoblanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЕР ТАРКИБИ — давлат ер фондининг халқ хўжалиги тармоқлари ўртасидаги тақсимоти, ер турларининг нисбати, салмоғи ва майдон кўрсаткичлари бўйича маълумотлар йиғиндиси. Ўзбекистон Республикасининг яхлит ер фонды қандай мақсадда фойдаланишига қараб қуйидагиларга бўлинади: қ.х. ерлари; аҳоли пунктлари ерлари (шаҳарлар, шаҳарчалар, қишлоқ аҳоли пунктлари ерлари); саноат, транспорт, алоқа ва б.нинг ерлари; табиатни муҳофаза қилиш, соғломлаштириш, рекреацион ва тарихий-маданий мақсадларга мўлжалланган ерлар; ўрмон фонди ерлари, сув фонди ерлари, захира ерлар. Қ.х. эҳтиёжлари учун бериб қўйилган ёки ана шу мақсадларга атаб ажратилган ерлар қ.х.га мўлжалланган ерлар деб ҳисобланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.