Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yetimxona

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 89-b. — ziyouz.com

    Yetimxona — ota-onasiz va qarovsiz bolalar uçun oçilgan muassasa. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda Turkistondagi xonlik va bekliklarda ham Ye.lar bölgan. Xususan Qöqon xonligi arxiv materiallaridan topilgan «Sağira», «Qullar» deb nomlangan daftarlar şundan dalolat beradi. Bu daftarlarda Marğilon bekligida sağira maktablari uçun sarflangan mablağlar haqida ma'lumotlar keltiriladi. 1918 y. Ye.lar yopilib, ota-onasiz va qarovsiz bolalar davlat tomonidan ta'minlanadigan va tarbiyalanadigan bolalar uylari taşkil etildi (q. Mehribonlik uylari).

    Q.: Mehribonlik uylari

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЕТИМХОНА — ота-онасиз ва қаровсиз болалар учун очилган муассаса. Тарихий маълумотларга қараганда Туркистондаги хонлик ва бекликларда ҳам Е.лар бўлган. Хусусан Қўқон хонлиги архив материалларидан топилган «Сағира», «Қуллар» деб номланган дафтарлар шундан далолат беради. Бу дафтарларда Марғилон беклигида сағира мактаблари учун сарфланган маблағлар ҳақида маълумотлар келтирилади. 1918 й. Е.лар ёпилиб, ота-онасиз ва қаровсиз болалар давлат томонидан таъминланадиган ва тарбияланадиган болалар уйлари ташкил этилди (қ. Меҳрибонлик уйлари).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.