Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yevgeniy Lvoviç Navrotskiy

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 25-b. — ziyouz.com

    Navrotskiy Yevgeniy Lvoviç (1886, Kiyev —1921.1.2, Toşkent) — seleksioner olim, Özbekistonda örta tolali ğözaning dastlabki seleksiya navlarini yaratgan. Andijon tajriba dalasi seleksioneri (1912—20). Russel va Triumf amerika ğöza navlaridan köp marta tanlaş usuli b-n Navrotskiy [(0100), 1913] va Navrotskiy zafari (Triumf Navrotskogo, 0251), 1915] navlarini çiqardi. N. yaratgan ğöza navlari paxtaçilikning rivojlanişida katta rol öynadi va 20-a.ning 20-y.laridan Örta Osiyo va Qozoğistonda ekilgan asosiy navlar böldi.

    N.ning asosiy ilmiy işlari ğöza navlarini yaratiş va sinaş masalalariga bağişlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НАВРОЦКИЙ Евгений Львович (1886, Киев —1921.1.2, Тошкент) — селекционер олим, Ўзбекистонда ўрта толали ғўзанинг дастлабки селекция навларини яратган. Андижон тажриба даласи селекционери (1912—20). Руссель ва Триумф америка ғўза навларидан кўп марта танлаш усули б-н Навроцкий [(0100), 1913] ва Навроцкий зафари (Триумф Навроцкого, 0251), 1915] навларини чиқарди. Н. яратган ғўза навлари пахтачиликнинг ривожланишида катта роль ўйнади ва 20-а.нинг 20-й.ларидан Ўрта Осиё ва Қозоғистонда экилган асосий навлар бўлди.

    Н.нинг асосий илмий ишлари ғўза навларини яратиш ва синаш масалаларига бағишланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.