Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yevropa parlamenti

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 14-b. — ziyouz.com

    Yevropa parlamenti - Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar fuqarolari töğridan-töğri saylovlar orqali 5 y. muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifok, doirasidagi uluşi hisobga olinadi (mas, Germaniya 99 mandatga, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya — 87 tadan, Ispaniya — 64 va h. k. mandatga ega). Ye. p.ning har oyda böladigan sessiyalari Strasbur (Fransiya)da, favqulodda majlislari — Bryussel (Belgiya)da ötadi. Bu şaharlarda Ye. p. qömitalari işlaydi, kotibiyati — Lyuksemburg ş.da.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЕВРОПА ПАРЛАМЕНТИ - Европа Иттифоқи муассасаларидан бири. Уни Европа Иттифоқига аъзо мамлакатлар фуқаролари тўғридан-тўғри сайловлар орқали 5 й. муддатга сайлайди. Бунда давлатларнинг аҳоли сони ва Иттифок, доирасидаги улуши ҳисобга олинади (мас, Германия 99 мандатга, Франция, Италия, Буюк Британия — 87 тадан, Испания — 64 ва ҳ. к. мандатга эга). Е. п.нинг ҳар ойда бўладиган сессиялари Страсбур (Франция)да, фавқулодда мажлислари — Брюссель (Бельгия)да ўтади. Бу шаҳарларда Е. п. қўмиталари ишлайди, котибияти — Люксембург ш.да.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.