Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yevropa valyuta bitimi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 11-b. — ziyouz.com

    Yevropa valyuta bitimi (European Monetary Agreement) — Yevropa tölov ittifoqiga a'zo bölgan mamlakatlarning valyuta munosabatlari, qisqa muddatli kreditlaş va köp tomonlama özaro (hamkorlik) hisob-kitoblar böyiça hamkorlik bitimi. 1955 y. 5 avg. da tuzilib, 1958 y. dek.da (1950 y.da tuzilgan Yevropa tölov ittifoqi tugatilib, unga a'zo bölgan köpgina mamlakatlarning valyutalari muomalaga kiritilgaç) joriy etildi. Ye. v. b.ning maqsadi köp tomonlama hisob-kitob işlarini bajariş orqali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş edi. 1973 y.ga kelib, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş taşkiloti doirasida bölgan Yevropa valyuta hamkorligi fondi taşkil etildi. Yevropa valyuta hamkorligi fondiga Direktorlar kengaşi rahbarlik qiladi. Hisob-kitob işlarini Bazeldagi xalqaro bank bajaradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЕВРОПА ВАЛЮТА БИТИМИ (European Monetary Agreement) — Европа тўлов иттифоқига аъзо бўлган мамлакатларнинг валюта муносабатлари, қисқа муддатли кредитлаш ва кўп томонлама ўзаро (ҳамкорлик) ҳисоб-китоблар бўйича ҳамкорлик битими. 1955 й. 5 авг. да тузилиб, 1958 й. дек.да (1950 й.да тузилган Европа тўлов иттифоқи тугатилиб, унга аъзо бўлган кўпгина мамлакатларнинг валюталари муомалага киритилгач) жорий этилди. Е. в. б.нинг мақсади кўп томонлама ҳисоб-китоб ишларини бажариш орқали иқтисодий муносабатларни ривожлантириш эди. 1973 й.га келиб, Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожланиш ташкилоти доирасида бўлган Европа валюта ҳамкорлиги фонды ташкил этилди. Европа валюта ҳамкорлиги фондига Директорлар кенгаши раҳбарлик қилади. Ҳисоб-китоб ишларини Базелдаги халқаро банк бажаради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.