Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yevropa valyuta hamkorligi fondi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 11-b. — ziyouz.com

    Yevropa valyuta hamkorligi fondi (European Monetary Cooperation Fund) — Yevropa Ittifoqining maxsus fondi. 1972 i. Bazelda imzolangan tartibga solinadigan valyuta yölagini yaratiş töğrisidagi bitimni amaliyotga joriy etiş maqsadida 1973 y.da tuzilgan. Fond Xalqaro hisob-kitoblar banki yordamida Ittifoq mamlakatlari valyuta bozorida intervensiyalar tufayli yuzaga keladigan özaro debet va kredit operatsiyalarida kliring agent sifatida faoliyat yuritadi. Bundan taşqari fond Ittifoq doirasida iştirokçi mamlakatlar tölov balanslarida yuzaga keladigan vaqtinçalik qiyinçiliklarni yengillatiş imkoniyatini beruvçi qisqa muddatli kreditlar tizimini boşqaradi. Fond Yevropa valyuta tizimi doirasida xam şunday vazifalarni bajarib kelmoqda.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЕВРОПА ВАЛЮТА ҲАМКОРЛИГИ ФОНДИ (European Monetary Cooperation Fund) — Европа Иттифоқининг махсус фонди. 1972 и. Базелда имзоланган тартибга солинадиган валюта йўлагини яратиш тўғрисидаги битимни амалиётга жорий этиш мақсадида 1973 й.да тузилган. Фонд Халқаро ҳисоб-китоблар банки ёрдамида Иттифоқ мамлакатлари валюта бозорида интервенциялар туфайли юзага келадиган ўзаро дебет ва кредит операцияларида клиринг агент сифатида фаолият юритади. Бундан ташқари фонд Иттифоқ доирасида иштирокчи мамлакатлар тўлов балансларида юзага келадиган вақтинчалик қийинчиликларни енгиллатиш имкониятини берувчи қисқа муддатли кредитлар тизимини бошқаради. Фонд Европа валюта тизими доирасида хам шундай вазифаларни бажариб келмоқда.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.