Yilnomasi 1991 yil
Manba: ÖzME, Qöşimça (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 85–116-b. — ziyouz.com
Yilnomasi 1991 yil YILNOMASI
1991 yil
31 avgust. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining navbatdan taşqari 6-sessiyasida Özbekistonning davlat mustakilligi e'lon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi töğrisida Oliy Kengaşning Bayonoti qabul qilindi. Tegişli qaror bilan Özbekiston SSR Özbekiston Respublikasi deb ataldi. 1 sentyabr Mustakillik kuni deb belgilandi. Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari töğrisida qonun qabul qilindi.
1 sentyabr. Özbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami.
1 sentyabr. Toşkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb ataş haqida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi.
1 sentyabr. «Sovet Özbekistoni» gazetasi «Özbekiston ovozi» nomi bilan çop etila boşladi.
1 sentyabr. «Oila va jamiyat» gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
6 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Mudofaa işlari vazirligi taşkil etildi.
7 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki taşkil etildi.
14 sentyabr. Toşkentda Özbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-syezdi bölib, unda KPSS tarkibidan çiqiş va sifat jihatidan yangi siyosiy taşkilot — Özbekiston Xalq demokratik partiyasi (Özbekiston XDP) ni tuziş haqidagi Bayonot qabul qilindi.
26 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.
26 sentyabr. Toşkentda Jahon özbeklari (turkistonliklar)ning xalqaro anjumani ötkazildi.
28 sentyabr. Toşkentdagi Özbekiston Milliy boğida Alişer Navoiy haykali va uning nomi bilan ataladigan katta boğning oçiliş marosimi bölib ötdi.
30 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining navbatdan taşqari 7-sessiyasida Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari töğrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik maqomini beriş töğrisida Özbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Inson huquqlari va erkinliklari töğrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi.
Sentyabr. Toşkent şahrida «Özbek savdo uyi» taşkil topdi.
24 oktyabr. Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi tuzildi.
Oktyabr. Portugaliyaning Portu şahrida ötkazilgan pianinoçilarning xalqaro tanlovida Özbekiston Respublikasi birinçi marta mustaqil davlat sifatida iştirok etdi. Özbekistonlik yoş musiqaçi Uluğbek Polvonov uşbu körik sovrindori böldi.
1 noyabr. Toşkentda Özbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-ta'sis qurultoyi bölib ötdi (15 noyabrda röyxatga olingan).
18 noyabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 8-sessiyasida «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonun qabul qilindi.
29 noyabr. Toşkentda Özbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi oçildi.
25 dekabr. Özbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk taşkilotiga a'zo böldi.
29 dekabr. Respublikaning davlat mustaqilligi töğrisida umumxalq referendumi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötdi. Özbekiston xalqi respublika Oliy Kengaşi e'lon qilgan Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma'qulladi. Birinçi marta yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazilgan töğridantöğri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.Karimov Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1991 - Toşkent kimyo-texnologiya instituti taşkil etildi.
1991 - Toşkent yuridik instituti taşkil etildi.
1991 - Sudoçye davlat ornitologiya buyurtma qöriqxonasi taşkil etildi.
1991 - Imom Buxoriyning 4 jildli hadislari töplami — «Sahihi Buxoriy» («Işonçli töplam») özbek tiliga tarjima qilinib, hozirgi «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti tomonidan 1-jildi ilk bor naşr etildi (2-jildi - 1996, 3-jildi - 1994, 4-jildi — 1992 yilda çiqdi; 2-naşri 1997 yilda çop etildi).
1991 - «Söğdiyona» özbek xalq çolğulari kamer orkestri taşkil etildi.
1991 - Qur'oni karim ilk bor özbek tilida (Alouddin Mansur tarjimasi) naşr etildi (Abdulaziz Mansur tarjimasi — 2001 yil, ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boşqalar tarjimasi — 2004 yil).
1991 - Sayğoqlarni va ular köpayadigan hududlarni muhofaza qiliş maqsadida «Sayğoqli» davlat buyurtma qöriqxonasi taşkil etildi.
1991 - «Yoş gvardiya» teatri Abror Hidoyatov nomidagi özbek davlat drama teatri nomi bilan ataldi.
1991 - Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qoratov toğida Sarmiç davlat buyurtma qöriqxonasi taşkil etildi.
1992 yil
1 yanvar. «Turkiston» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
2 yanvar. Özbekiston Respublikasi XXR bilan diplomatik aloqa örnatdi.
8 yanvar. Özbekiston Respublikasi televideniye va radioeşittirişlar davlat komiteti Özbekiston davlat teleradioeşittirişlar kompaniyasiga aylantirildi.
8 yanvar. Özbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzildi. «Prokuratura töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri asosida (2001 yil 29 avgust) Özbekiston Respublikasi Prokuraturasi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga aylantirildi.
13 yanvar. Toşkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi taşkil qilindi.
14 yanvar. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining «Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan harbiy qismlar va harbiy öquv muassasalari töğrisida»gi qarori asosida Özbekistonning öz Qurolli Kuçlari taşkil etildi. Harbiy qöşilmalar, birlaşmalar, harbiy öquv yurtlari, muassasalar, taşkilotlar, respublika hududida joylaşgan boşqa harbiy qismlar Özbekiston Respublikasi nazoratiga olindi. 1994 yildan şu sana Vatan himoyaçilari kuni sifatida bayram qilinadi (Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 29 dekabr qaroriga köra).
16 yanvar. «Narxlarni liberallaştiriş çoralari töğrisida» Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi.
21 yanvar. Toşkentda Özbekiston Milliy olimpiada qömitasi taşkil topdi.
26 yanvar. Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi.
26 yanvar. Özbekiston Yaponiya bilan diplomatik aloqa örnatdi.
27 yanvar. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşi «Özbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini tiklaş töğrisida» qaror qabul qildi.
28 yanvar. Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga köra «Özbekiston havo yöllari milliy aviakompaniyasi» taşkil etildi.
30 yanvar. Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi taşkil qilindi.
30 yanvar. Özbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti (YEXHT) ga qabul qilindi.
6 fevral. Özbekiston Respublikasi don mahsulotlari davlat konserni («Özdonmahsulot») taşkil etildi.
6 fevral. Özbekistonda yetakçi informatsion agentlik Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) ga aylantirildi.
10 fevral. Özbekiston Respublikasi davlat mulkini boşqariş va xususiylaştiriş qömitasi (Davlat mulki qömitasi) taşkil etildi (2005 yil 4 maydan Özbekiston Respublikasi Davlat mulkini boşqariş davlat qömitasi deb ataldi).
12 fevral. Toşkentda Özbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy qömitasining ta'sis konferensiyasi bölib ötdi.
14 fevral. Özbekiston Qurolli kuçlari tarkibida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qiliş qöşinlari tuzildi.
19 fevral. Özbekiston AQŞ bilan diplomatik aloqa örnatdi.
21 fevral. Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi taşkil etildi.
28 fevral. Andijon viloyatining Kuyganyor şaharçasida Andijon paxtaçilik instituti negizida Andijon qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi.
Fevral. «Zarafşon-Nyumont» Özbekiston — AQŞ qöşma korxonasini taşkil qiliş töğrisida şartnoma imzolandi.
2 mart. Özbekiston Respublikasi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) a'zoligiga qabul qilindi.
6 mart. Özbekiston GFR bilan diplomatik aloqa örnatdi.
15 mart. Xorazm pedagogika instituti negizida Al-Xorazmiy nomidagi Urganç davlat universiteti taşkil etildi.
15 mart. Andijon pedagogika instituti negizida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti taşkil etildi.
15 mart. Buxoro pedagogika instituti negizida Fayzulla Xöjayev nomidagi Buxoro davlat universiteti taşkil etildi.
15 mart. Toşkent pedagogika institutining Navoiy filiali negizida Navoiy pedagogika instituti taşkil etildi.
15 mart. Termiz pedagogika instituti negizida Termiz davlat universiteti taşkil etildi.
15 mart. Namangan muhandislikiqtisodiyot instituti taşkil etildi.
15 mart. Qarşi pedagogika instituti negizida Qarşi davlat universiteti taşkil etildi.
15 mart. Jizzax politexnika instituti taşkil etildi.
16 mart. Toşkentda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi oçildi.
18 mart. Özbekiston Hindiston bilan diplomatik aloqa örnatdi.
20 mart. Özbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik aloqa örnatdi.
22 mart. Özbekiston Xalqaro Olimpiada qömitasiga a'zo böldi.
24 mart. Özbekiston Respublikasi Çegara qöşinlari tuzildi.
27 mart. Özbekiston Respublikasi Prezidentining Röza hayiti va Qurbon hayiti 1-kunlarini dam oliş kuni deb e'lon qiliş töğrisidagi farmoni e'lon qilindi.
31 mart. Özbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tuzildi.
Mart. «Osiyo kontinental» xalqaro savdo uyi taşkil topdi; Özbekiston Xalqaro standartlaştiriş taşkilotiga a'zo böldi.
27 aprel. Özbekiston Xalqaro valyuta fondiga a'zo böldi.
28 aprel. Toşkentda Turkiya Respublikasi elçixonasi oçildi.
30 aprel. Özbekiston Respublikasi Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot ban-kiga a'zo böldi.
Aprel. Samarqandda «Interosiyo—92» Xalqaro körgazmasi bölib ötdi. Unda qariyb 30 davlat vakillarining qöşma hamda xususiy korxona va firmalari öz mahsulotlarini namoyiş etdilar.
5 may. Respublika savdo vazirligi «Özbeksavdo» Özbekiston davlat aksiyadorlik assotsiatsiyasiga aylantirildi.
7 may. Toşkentda Özbekiston birinçi poçta markasining takdimot marosimi bölib ötdi.
11-14 may. Toşkentda «Örta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi» mavzuida xalqaro konferensiya bölib ötdi.
15 may. Toşkent çet tillar pedagogika instituti va Respublika rus tili va adabiyoti instituti negizida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti taşkil etildi.
23 may. Şoir va mutafakkir Maşrab tavalludining 350 yilligi munosabati bilan Namanganda Boborahim Maşrab muzeyi va haykalining tantanali oçiliş marosimi böldi.
23 may. «Navröz» xayriya jamğarmasini tuziş töğrisida» Prezident farmoni çiqdi.
May. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «Adolat» naşriyoti taşkil etildi.
9-10 iyun. Toşkentda Özbekiston Respublikasi mineral resurslarini özlaştiriş masalalari böyiça Xalqaro simpozium bölib ötdi.
22 iyun. «Birjalar va birja faoliyati töğrisida»gi qonun qabul qi-lindi.
28 iyun. Toşkentda Pokiston Islom Respublikasi elçixonasi oçildi.
2—3 iyul. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 10-sessiyasida «Özbekiston Respublikasining davlat gerbi töğrisida», «Bayram kunlari töğrisida»gi qonunlar qabul qilindi.
3 iyul. Özbekiston Respublikasi Mudofaa işlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
13 iyul. Özbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT)ga qabul qilindi.
5 avgust. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilaş va statistika davlat qömitasi (Özistiqbolstat) taşkil etildi.
7 avgust. Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasida IL-114 samolyotining birinçi sinov parvozi böldi.
10 avgust. Özbekiston Respublikasi davlat bojxona qömitasi taşkil etildi.
Avgust. Şahrisabzda Amir Temur xotirasiga bağişlangan özbek milliy kuraşi böyiça birinçi xalqaro musobaqalar bölib ötdi.
4 sentyabr. Özbekiston Xalqaro geologiya ittifoqiga qabul qilindi.
23 sentyabr. Toşkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti taşkil etildi.
8—15 oktyabr. Toşkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining 11 -Xalqaro kinofestivali bölib ötdi.
15 oktyabr. Toşkentda Xitoy elçixonasi oçildi.
Oktyabr. Özbekiston Respublikasi Parlamentlararo ittifoqning a'zosi böldi.
Oktyabr. Toşkentda kosmik aloqa xalqaro telefon stansiyasi işga tuşdi, u «Intelsat» aloqa yöldoşi orqali Yer yuzining istalgan nuqtasi bilan boğlaniş imkonini beradi.
5 noyabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Selxozmaş» konserni va «DEUkorporeyşn» korporatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar işlab çiqaruvçi «ÖzDEUavto» qöşma korxonasini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qildi.
16 noyabr. Toşkentda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bilan Özbekiston Respublikasi hukumati örtasida Özbekistonda BMT vakolatxonasini oçiş töğrisida Bitim imzolandi (1993 yil 24 avgustda rasman oçildi).
23—26 noyabr. Toşkentda erkin kuraş böyiça Özbekiston Respublikasi birinçi çempionati bölib ötdi.
Noyabr. Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi Xalqaro jurnalistlar taşkilotiga qabul qilindi.
Noyabr. Buxoroda temirçilik mahorati muzeyi oçildi.
8 dekabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 11-sessiyasida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi (2002 yil 27 yanvarda ötkazilgan umumxalq referendumi natijalariga köra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi Özbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatiş va qöşimçalar kiritildi). 8 dekabr — Özbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida nişonlanadigan böldi.
10 dekabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşi Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini tasdiqladi.
12dekabr. Nukus şahrining 60 yilligi nişonlandi.
14 dekabr. Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat bayroği tasdiqlandi.
23 dekabr. Özbekiston Respublikasi Jahon meteorologiya taşkilotiga a'zo böldi.
23 dekabr. «Özbekneftgaz» milliy korporatsiyasi taşkil etildi.
28 dekabr. Imom al-Buxoriy xalqaro jamğarmasi tuzildi.
1992 - «Özbekiston markasi» naşriyot markazi taşkil etildi.
1992 - Andijon şahrida Bobur milliy boği — «Boği Bobur» yodgorlik majmui barpo qilindi.
1992 - Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Gidrometeorologiya Boş boşqarmasi — «Boşgidromet» taşkil etildi.
1992 - «Koinot» işlab çiqariş birlaşmasi taşkil etildi.
1992 - Özbekiston kuraş federatsiyasi taşkil etildi.
1992 - Navoiy viloyat ölkaşunoslik muzeyi taşkil etildi.
1992 - «Özdunrobita» Özbekiston — Amerika qöşma korxonasi işga tuşdi.
1992 - Özbekiston tennis federatsiyasi tuzildi va ITFga a'zo böldi.
1992 - Xalq banki taşkil etildi (1995 yil 28.04.da hukumatning maxsus qarori bilan Özbekiston Respublikasi davlat tijorat xalq banki deb nomlandi).
1993 yil
8 yanvar. Özbekiston avtomobil transporti («Özavtotrans») Davlat aksiyadorlik korporatsiyasi taşkil etildi.
5 fevral. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Özbekiston Respublikasi Oliy öquv yurtlari uçun abituriyentlarni test usulida tanlab oliş töğrisida» qaror qabul qildi.
10 fevral. Toşkentda Özbekiston Respublikasi Xalqaro poçtamti tuzildi.
11 fevral. Kitob baland toğ rasadxonasi majmuasi taşkil etildi.
2 mart. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Navröz — umumxalq bayrami» qarori qabul qilindi.
4 aprel. Jizzax viloyatida Özbekistonda birinçi yirik temir rudasi koni oçildi.
9 aprel. Nukusda Qoraqalpoğiston Oliy Kengaşining 12-sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.
20 aprel. Toşkentda 30 mamlakatning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari iştirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani bölib ötdi.
23 aprel. «Soğlom avlod uçun» xayriya jamğarmasi tuzildi.
23 aprel. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yilda buyuk olim Muhammad Tarağay Uluğbekning 600 yillik yubileyini ötkaziş töğrisida qarori qabul qilindi.
28 aprel. «Özdehqonsanoatbank» negizida «Tadbirkorbank» yirik aksiyadorlik banki taşkil etildi.
30 aprel. Toşkentda Germaniya elçixonasi oçildi.
Aprel. Farğona şahrida Özbekiston talabalarining birinçi festivali bölib ötdi. Unda 54 oliy öquv yurti vakillari iştirok etdi.
Aprel. «YevroÖz» Özbekiston — Germaniya qöşma mebel korxonasi taşkil etildi.
6 may. «Suğurta töğrisida», «Suv va suvdan foydalaniş töğrisida», «Mehnatni muhofaza qiliş töğrisida» Özbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
7 may. I va II darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni ta'sis etildi.
13—14 may. Toşkentda «Bozor iqtisodiyotining rivojlaniş tamoyillari» mavzuida birinçi Xalqaro simpozium bölib ötdi.
27 may. Toşkentda B.Zokirov nomidagi jaz-orkestrining taqdimot marosimi bölib ötdi.
May. Toşkentda Özbekistonda birinçi marta şoli moyi çiqindisidan kir sovun işlab çiqaruvçi «Tedogan» özbekkoreys qöşma korxonasi işga tuşdi.
May. Nukusda Turkiyaning «Yazeks» korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan «Kateks» töqimaçilik majmui işga tuşdi.
May. Toşkentda Orol va Orolböyi muammolari böyiça dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.
11 iyun. Çatqol davlat tabiiy biosfera qöriqxonasi YUNESKO muhofazasiga olindi.
27 iyun. «Taraqqiy» gazetasi 1 -soni çiqqan 27 iyun (1906) sanasi Özbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nişonlanadigan böldi.
Iyun. Samarqandda Özbekiston Fanlar akademiyasining bölimi oçildi.
30 iyul. Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Törtköl şahrining 120 yilligini nişonlaş töğrisida» farmon çiqardi.
Iyul. Toşkentda Özbekiston Geologiya milliy qömitasi taşkil etildi.
13 avgust. Abdulla Qodiriy jamğarmasi röyxatdan ötdi.
17 avgust. Respublika «Mahalla» xayriya jamğarmasi röyxatdan ötdi.
31 avgust. Toşkentda Amir Temur haykali oçildi.
Avgust. Uç yuz kilometrli Damxöja— Navoiy—Buxoro suv yöli qurib bitkazildi.
Avgust. Toşkentda «Ta'lim, bandlik va inson resurslarini rivojlantiriş» şiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari bölib ötdi.
1 sentyabr. Toşkentda Uluğbek haykali oçildi.
2—3 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 13-sessiyasida «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş tötrisida» qonun qabul qilindi (1995 yil may oyidagi Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur qonunga özgartirişlar kiritildi).
4 sentyabr. Toşkentda «Turkiston» saroyining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
3—5 sentyabr. Toşkentda Osiyo va Tinç okean regioni mamlakatlarining taekvondo böyiça birinçi çempionati bölib ötdi. Özbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyiş qiliş böyiça musobaqalarda birinçi örinni egalladi.
9 sentyabr. Alişer Navoiy jamğarmasi röyxatdan ötdi.
10 sentyabr. Toşkentdagi «Bahor» konpert zalida Mukarrama Turğunboyeva muzeyi oçildi.
16 sentyabr. Buxoroda buyuk mutafakkir bahouddin Naqşband tavalludining 675 yilligi keng nişonlandi.
20 sentyabr. «Ekosan» xalqaro Özbekiston ekologiya va salomatlik jamğarmasi röyxatdan ötdi.
26—28 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Boş Assambleyasining 48-sessiyasida iştirok etib, nutq sözladi.
Sentyabr. Toşkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi oçildi.
Sentyabr. Özbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) a'zoligiga qabul qilindi.
Sentyabr. Özbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qömitasi Xalqaro olimpiada qömitasi tomonidan tan olindi (1995 yil apreldan teng huquqli a'zosi).
26 oktyabr. YUNESKO ning Parijdagi karorgohida Özbekistonni YUNESKOga a'zolikka qabul qiliş marosimi bölib ötdi.
30 oktyabr. Toşkentda tasavvufning maşhur namoyandalaridan biri, şoir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga bağişlangan xalqaro ilmiy-ma'rifiy konferensiya oçildi.
Oktyabr. Özbekiston Ilmiy uyuşmalar xalqaro kengaşining töla huquqli a'zosi böldi.
4 noyabr. Toşkentda Özbekiston Fanlar akademiyasi taşkil etilganligining 50 yilligiga bağişlangan Xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.
22 noyabr. «Özbekiston Respublikasi qurolli Kuçlari harbiy qismining Jangovar bayroği töğrisida»gi farmon imzolanib, qurolli Kuçlar Jangovar bayroğining yagona namunasi tasdiqlandi.
23 noyabr. Toşkentdagi respublika Öqituvçilar uyi qoşida Özbekiston Xalq ta'limi tarixi muzeyi oçildi;
23 noyabr. Qoraqalpoğistonning birinçi poytaxti — Törtkölda şaharning 120 yilligiga bağişlangan tantanalar bölib ötdi.
4 dekabr. Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
18 dekabr. Andijonda buyuk sarkarda va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nişonlandi va unga haykal örnatildi.
18 dekabr. Xalqaro FIFA taşkilotining Las-Vegas şahrida bölib ötgan konferensiyasida Özbekiston Milliy futbol federatsiyasi uşbu futbol assotsiatsiyasi a'zoligiga qabul qilindi.
23 dekabr. Bobur nomidagi xalqaro jamğarma röyxatdan ötdi.
1993 - Özbekiston Respublikasi mudofaa Vazirligining Markaziy harbiy sport klubi taşkil etildi.
1993 - Farğona viloyat davlat qöğirçoq teatri taşkil etildi.
1993 - Xorazm viloyat davlat qöğirçoq teatri taşkil etildi.
1993 - «Farmindustriya» konserni (hozirgi «Özfarmsanoat» davlat konserni) taşkil etildi.
1993 - Özbekiston Jahon turistik taşkiloti (WTO) ga a'zo böldi.
1994 yil
6 yanvar. Muborak gazni qayta işlaş zavodida yangi 14-blok işga tuşirildi.
6 yanvar. «Toşkent—Jizzax» elektr poyezdi qatnovi yölga qöyildi.
25 yanvar. Toşkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatçilar va işbilarmonlar xalqaro kongressi kengaşining yiğilişi iş boşladi.
4 fevral. Özbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyuşmasiga a'zo böldi.
11 fevral. Nukusda Orol muammosiga bagaşlangan xalqaro anjuman bölib ötdi.
24 fevral. Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qişki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Çeryazova fristayl böyiça olimpiada çempioni böldi.
15 mart. Qaşqadaryo viloyat davlat qöğirçoq teatri taşkil etildi.
19 mart. Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994 yil «Mirzo Uluğbek yili» deb e'lon qilindi.
Mart. Buxoro viloyatining Kogon şahrida grafit-gips kombinatining birinçi navbati işga tuşirildi.
8 aprel. «Toşkent» Respublika fond birjasi taşkil etildi (birja 1995 yildan «Yevrosiyo» fond birjalari federatsiyasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga a'zo).
8 aprel. Özbekiston Respublikasi tovar-xom aşyo birjasi taşkil etildi.
13 aprel. «Özbekinvest» eksportimport milliy suğurta kompaniyasi taşkil etildi.
23 aprel. Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Respublika Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatçilik markazi taşkil qiliş töğrisida» farmon çiqardi.
Aprel. Özbekiston Respublikasi jahon poçta ittifoqiga a'zo böldi.
Aprel. Uzunligi 94 km bölgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinçi navbati işga tuşirildi.
5 may. Özbekistonning oliy darajadagi unvoni — «Özbekiston Qahramoni» ta'sis etildi.
5 may. «Mustaqillik», «Döstlik» ordenlari, «Jasorat», «Şuhrat» medallari ta'sis etildi.
12 may. «Savdogarbank» aksiyadorlik tijorat banki taşkil etildi.
24 may. Toşkentda Qozoğiston Respublikasi elçixonasi oçildi.
30 may. Toşkentda birinçi marta «Prezident kubogi» uçun xalqaro tennis musobaqasi bölib ötdi.
May. «Andijonirmaş» zavodi negizida taşkil etilgan «ÖzEKS» Özbekiston—Rossiya qöşma korxonasi dastlabki beş ekskavatorni tayyorladi.
May. Nukusda Özbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoğiston bölimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti oçildi.
8 iyun. Özbekistonda birinçi «Vaqt» milliy depozitariysi — oçiq turdagi aksiyadorlik jamiyati şaklida taşkil etildi.
21 iyun. «Trastbank» aksiyadorlik birja banki taşkil etildi.
1 iyul. Özbekiston Respublikasining milliy valyutasi — söm muomalaga kiritildi.
18 iyul. Toşkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti bölib ötdi.
2 avgust. Toşkentda «Yunusobod» sport maj-mui oçildi (1-navbati —1994 yil, 2-navbati 1997 yil, suv havzasi 2001 yilda qurib bitkazilgan). Hozir «Özbekiston» sport majmui nomi bilan ataladi.
Avgust. Qönğirot tumanida karbid işlab çiqaruvçi zavod, Namangan viloyatining Uyçi tumanida asfalt zavodi işga tuşirildi.
Avgust. Toşkentda «Tafakkur» jurnalining 1-soni naşrdan çiqdi.
Avgust. «Ğallabank» aksiyadorlik tijorat banki taşkil etildi.
2 sentyabr. Toşkentda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi taşkil etildi.
8 sentyabr. Qatar davlatining poytaxti Döhada bölib ötgan ösmirlar Osiyo çempionatida toşkentlik şaxmatçi Rustam Qosimjonov oltin medalni qölga kiritdi.
22—23 sentyabr. Toşkentda 12-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 16-sessiyasida «Yer osti boyliklari tögrisida» qonun qabul qilindi.
22 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
22 sentyabr. Özbekiston Respublikasining Oliy Majlisi töğrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
24—25 sentyabr. Xorazmda davlat arbobi va şoir Feruz tavalludining 150 yilligi nişonlandi.
Sentyabr. Toşkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida işbilarmonlik aloqalari Markazi oçildi.
Sentyabr. Jizzax şahrida «Özbekmebel» davlat-aksiyadorlik birlaşmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi taşkil etildi.
3 oktyabr. Toşkentda Jahon sayyohlik taşkilotining «Ipak yöli» xalqaro konferensiyasi oçildi. «Ipak yöli böylab sayyohlik böyiça Samarqand deklaratsiyasi» qabul qilindi.
6 oktyabr. Nukusda buyuk olim, maşhur astronom Mirzo Uluğbek haykali oçildi.
12 oktyabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini taşkil qiliş töğrisida»gi qaroriga binoan Özbekiston Tasviriy san'at galereyasiga asos solindi (2004 yilda maxsus qurilgan binoga joylaştirildi).
13—15 oktyabr. Toşkent va Samarqandda Mirzo Uluğbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bölib ötdi. Toşkentda «Mirzo Uluğbek va uning jahon taraqqiyotiga qöşgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya ötkazildi.
14 oktyabr. Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Boş assambleyasining 63-sessiyasida Özbekiston Interpolning Xalqaro taşkilotiga qabul qilindi.
16 oktyabr. Yaponiyaning Xirosima şahrida futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo öyinlari çempioni böldi.
7 noyabr. «Özbekiston temir yöllari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi taşkil etildi.
8 noyabr. Samarqand davlat çet tillar instituti taşkil etildi.
Noyabr. Ellikqal'ada «Elteks» töqimaçilik kombinati işga tuşirildi.
6 dekabr. Toşkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bağişlangan tantanali keça bölib ötdi.
19 dekabr. Toşkentda Özbekistonning Xalqaro bolalar jamğarmasi (YUNISEF)ga a'zo bölib kirişi töğrisidagi bitim imzolandi.
20 dekabr. Buxoroda binokorlik uçun marmar plitalar işlab çiqaradigan zavod işga tuşirildi.
23 dekabr. Toşkent moliya-quriliş korporatsiyasi taşkil etildi.
25 dekabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga saylovlarning 1-turi bölib ötdi.
29 dekabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nişonlaş töğrisida» qaror qabul qildi.
29 dekabr. Özbekiston Respublikasining YUNESKO işlari böyiça Milliy komissiyasi taşkil etildi.
Dekabr. «Nukus—Moskva» yönalişi böyiça tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boşlandi.
1994 - Toşkentda Özbekiston — Buyuk Britaniya «ÖzBAT» qöşma korxonasi taşkil etildi.
1994 - Samarqand şahrida 4 yulduzli «Afrosiyob» mehmonxonasi qurib bitkazildi;
1994 - «Yoğdu» kinostudiyasi taşkil etildi.
1995 yil
Yanvar. Toşkentda Xalqaro Qizil xoç qömitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun doimiy vakolatxonasi oçildi.
8 va 22 yanvar. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga saylovlarning 2-, 3-turi bölib ötdi.
18 fevral. Toşkentda Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining birinçi ta'sis syezdi bölib ötdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
22 fevral. Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining «Adolat» gazetasi çiqa boşladi.
28 fevral. Özbekiston xalqaro xususiylaştiriş va investitsiya banki — «Özprivatbank» öz faoliyatini boşladi.
26 mart. Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgaça uzaytirişga bağişlangan referendum bölib ötdi.
Mart. «Toşqişloqmaş» zavodida piçan yiğuvçi kombaynlar seriyali ravişda işlab çiqarila boşlandi.
Mart. Toşkentda «Atrof-muhitni saqlab qoliş — Örta Osiyo davlatlari uçun kelajak vazifasi» mavzuida xalqaro konferensiya bölib ötdi.
19 aprel. Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat quriliş akademiyasini taşkil qiliş töğrisida» farmon çiqardi.
Aprel. Toşkentda Respublikada birinçi xususiylaştiriş va investitsiyalar böyiça Özbekiston xalqaro banki («Özxususiybank») oçildi.
19 may. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Islomni tadqiq qiliş böyiça Xalqaro markaz taşkil etiş töğrisida» qaror qabul qildi.
31 may. Toşkent aviatsiya instituti taşkil etildi.
25 may. Muruntovda «Zarafşon-Nyumont» qöşma korxonasi foydalanişga topşirildi.
3 iyun. Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bölib ötdi.
5 iyun. Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti taşkil etildi.
10 iyun. «Milliy tiklaniş» gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
14—20 iyun. Toşkentda birinçi savdo-sanoat yarmarkasi bölib ötdi. Unda 85 dan ziyod davlat, aksiyadorlik, xususiy va qöşma korxonalar iştirok etdi.
Iyun. «Xalq birligi» harakati faoliyat boşladi.
7 iyul. «Qizilqumnodirmetalloltin» davlat konserni (2004 yil 19 maydan Navoiy kon-metallurgiya kombinati) qoşida Navoiy davlat konçilik instituti taşkil etildi.
7 iyul. Özbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş fondi - «Biznesfond» nodavlat tuzilmasi, oçiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tuzildi.
27 iyul. Ixtisoslaştirilgan aksiyadorlik tijorat banki — «Paxtabank» taşkil etildi.
28 iyul. Özbekiston banklari assotsiatsiyasi taşkil etildi.
Iyul. Boğot tumanida Buyuk Britaniya bilan hamkorliqda tibbiyot momiği işlab çiqaradigan korxona işga tuşdi.
Iyul. Marğilondagi «Ipakçilik» aksiyadorlik jamiyatida pilla çiqindilaridan qimmatbaho ip işlab çiqaradigan «Spinning-Silk» Özbekiston—Italiya qöşma korxonasi iş boşladi.
17 avgust. Qöqonda spirt zavodi işga tuşdi.
24 avgust. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbek tilining asosiy imlo qoidalari töğrisida»gi qarori çiqdi.
26 avgust. Toşkentda Özbekiston hukumati bilan YUNESKO örtasidagi hamkorlik töğrisida Memorandum imzolandi.
30 avgust. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida»gi qonun qabul qilindi.
30 avgust. «Mehnat şuhrati», I va II darajali «Şon-şaraf» ordenlari ta'sis etildi.
31 avgust. Özbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga a'zo böldi.
Avgust. Özbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi qabul qilindi.
2 sentyabr. Toşkentda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari akademiyasining oçiliş marosimi bölib ötdi (Akademiyani taşkil etiş haqidagi qaror 1994 yil 15 avgustda qabul qilingan).
2 sentyabr. Toşkentda 1-Markaziy Osiyo öyinlarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
7 sentyabr. Özbekiston alpinizmi tarixida birinçi marta Respublika Davlat sport qömitasi alpinistlari guruhi ikkita baland çöqqi — Xontangri (6995 m) va Ğalaba (7439 m) çöqqilarini zabt etişdi.
7 sentyabr. Toşkent şahrida «Zamin» ixtisoslaştirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki taşkil etildi.
14 sentyabr. Toşkent davlat universitetiga Mirzo Uluğbek nomi berildi (2000 yil 28 yanvardan Özbekiston milliy universiteti).
15—16 sentyabr. Toşkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari böyiça Xalqaro seminarkengaş bölib ötdi. Unda BMT, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik kengaşi, Islom konferensiyasi taşkiloti, BMT Xavfsizlik Kengaşida iştirok etuvçi mamlakatlar, MDHga a'zo bölgan mamlakatlar delegatsiyalari, Örta Osiyo davlatlari va ularga qöşni bölgan davlatlar vakillari iştirok etdi.
18 sentyabr. Nukusda BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanişi masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiya iş boşladi.
21 sentyabr. Qoraqalpoğistondagi Urğin gaz koni foydalanişga topşirildi.
23 sentyabr. Toşkent viloyatining Zangiota tumanida vino işlab çiqaradigan Özbekiston—Italiya «Farital» qöşma korxonasining oçiliş marosimi böldi.
10 oktyabr. Toşkentda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik taşkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar böyiça regional byurosi oçildi.
20 oktyabr. «Özbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantiriş va rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni çiqdi.
24—25 oktyabr. Toşkentda BMTning Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Özbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi ötkazildi.
7 noyabr. Ixtisoslaştirilgan «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki taşkil etildi.
8 noyabr. Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirligining «Jahon» axborot agentligi tuzildi.
Noyabr. Toşkentda Özbekiston Fanlar Akademiyasida Xorazmda tuğilib ösgan tilşunos, adib va hadisşunos olim Abulqosim Zamaxşariyning 920 yilligiga bağişlangan ilmiy konferensiya bölib ötdi.
1 dekabr. Toşkentdagi San'atşunoslik ilmiy tadqiqot institutida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga bağişlangan ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
5 dekabr. Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga bağişlangan «Özbekiston — Vatanim manim» köşiqlar körik tanlovini ötkaziş töğrisida» qaror qabul qilindi.
12 dekabr. Özbekiston Respublikasining «Kiçik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişni rağbatlantiriş töğrisida» qonuni e'lon qilindi.
21—22 dekabr. Toşkentda 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida Özbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi», «Davlat mukofotlari töğrisida»gi qonunlari qabul qilindi.
1995 - Uluğ şayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nişonlandi.
1995 - Amir Temur xalqaro xayriya jamğarmasi taşkil etildi.
1995 - Özbekiston Respublikasi Prezidentining «1941—45 yillardagi uruşda faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik köriş va uni nişonlaş töğrisida»gi farmoni asosida (1994 yil 16 martdagi) Özbekiston naşriyotlari 33 jildli «Xotira» kitobi (keyinçalik unga qöşimça tarzda 2 jild çiqdi) va Özbekiston xalqining uruş millaridagi, uruş ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlaşma maxsus jild (rusça, özbekça) naşr etildi.
1996 yil
3 yanvar. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Buxoro şahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik köriş va uni nişonlaş töğrisida» va «Xiva şahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik köriş va uni nişonlaş töğrisida» qarorlar qabul qildi.
9 yanvar. Özbekistonda ma'lumotlarni uzatiş Respublika kompyuter tarmoği «Özpak» foydalanişga topşirildi.
Yanvar. Toşkentda Alişer Navoiy tavalludining 555 yilligiga bağişlangan «Özbekiston mustaqilligi va navoiyşunoslik istiqbollari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya böldi.
Yanvar. Toşkentda Özbekiston boksçilarining birinçi respublika spartakiadasi bölib ötdi.
Yanvar. «Inson va qonun» — Özbekiston Respublikasi huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi (1998 yil yanvardan mustaqil haftalik naşrga aylantirildi).
Yanvar. Özbekiston Oqsoqollar kengaşi va «Mahalla» jamğarmasining «Mahalla» ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
6 fevral. Lozanna şahrida Xalqaro Olimpiada qömitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirişdagi alohida xizmatlari uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topşirildi.
9 fevral. Buxoro viloyatining Zafarobod şaharçasida Navoiy konmetallurgiya kombinati bilan rossiyalik şeriklar hamkorligida benzin tozalovçi smola işlab çiqaradigan yangi kimyo-texnologiya korxonasi foydalanişga topşirildi.
Fevral. Osiyo—Yevropa kabelli aloqa magistralining Özbekiston hududidan ötadigan qismining qurilişi boşlandi. Umumiy uzunligi 19 ming km li uşbu magistralning 885 km Özbekiston böylab ötgan (quriliş 1997 yilda yakunlandi).
4 mart. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi taşkil etildi.
15 mart. Parijda «Amir Temur va temuriylar töğrisida ilmiy asarlar bibliografiyasi» kitobi çop etildi.
25 mart. Andijon viloyatining Asaka şahrida «Damas» mikroavtobuslarini işlab çiqariş liniyasi işga tuşirildi.
Mart. «Andijonirmaş» irrigatsiya maşinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uçun örindiqlar işlab çiqaradigan «Öztong xong kompani» Özbekiston—Koreya qöşma korxonasi taşkil etildi.
3 aprel. Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksiyadorlik uy-joy jamğarma banki — «Özuyjoyjamğarmabank» röyxatga olindi (2005 yil fevral oyidan Ipoteka bank).
5 aprel. Toşkentda respublikada birinçi «Özinvestloyiha» injiniring kompaniyasi faoliyat körsata boşladi.
5 aprel. «Özbeknavo» gastrolkonsert birlaşmasi (2001 yildan «Özbeknavo» estrada birlaşmasi) taşkil etildi.
9 aprel. Toşkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nişonlandi.
16 aprel. Toşkentda Özbekiston Respublikasi Tovar işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar palatasining birinçi ta'sis qurultoyi bölib ötdi.
16 aprel. Germaniyaning Gamburg şahrida professional boks tarixida birinçi bor Özbekiston vakili — toşkentlik sportçi Artur Grigoryan jahon çempioni böldi.
17 aprel. «Kamolot» jamğarmasi ta'sis etildi.
20—26 aprel. YUNESKOning Parijdagi boş qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yaşnaşi» mavzuida ilmiy konferensiya va körgazma bölib ötdi.
23 aprel. Toşkentda YEXHTning «Markaziy Osiyo: YEXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar» mavzuidagi simpoziumi bölib ötdi.
25—26 aprel. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida Özbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati töğrisida», «Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida», «Erkin iqgisodiy zonalar töğrisida», «Özbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi töğrisida»gi qonunlari qabul qilindi.
26 aprel. Amir Temur ordeni ta'sis etildi.
26 aprel. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Özbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari ta'sis etildi.
26 aprel. Özbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi taşkil etildi.
29 aprel. «Özbekkino» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (hozirgi «Özbekkino» milliy agentligi) tuzildi.
Aprel. Buxoroda suv sifatini boşqariş böyiça xalqaro kengaş bölib ötdi.
Aprel. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining «Qonun himoyasida» jurnalining 1-soni naşrdan çiqdi.
2 may. Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi taşkil etildi.
13 may. «Tajan—Saraxs» transosiyo temir yöl magistrali oçildi.
15 may. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş qömitasi taşkil qilindi (2005 yil 2 maydan Özbekiston Respublikasi Monopoliyadan çiqariş, raqobat va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasi).
22 may. Toşkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakçisi - IBM kompaniyasi vakolatxonasi oçildi.
May. Samarqandda «Sunam» Özbekiston — Turkiya qöşma korxonasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
May. «Şahrixon—Xonobod» yönalişi böyiça poyezdlar qatnay boşladi.
May. Toşkentda Özbekiston Gidrometeorologiya xizmati muzeyi oçildi.
25 iyun. «ÖzDEUavto» Özbekiston - Janubiy Koreya qöşma korxonasida «Tiko» va «Neksiya» avtomobillari işlab çiqaradigan liniyalar işga tuşirildi.
Iyun. Angren «Sanoatkartonsavdo» aksiyadorlik jamiyatida dastlabki sellyuloza işlab çiqarildi.
15—21 iyul. Özbekistonda birinçi marta ommaviy sport haftaligi ötkazildi.
15 iyul. Fan va madaniyat xalqaro jamğarmasi tuzildi.
19 iyul. Andijon viloyatining Asaka şahrida yengil avtomobillar işlab çiqariş böyiça «ÖzDEUavto» Özbekiston — Janubiy Koreya qöşma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi bölib ötdi.
19 iyul — 4 avgust. AQŞning Atlanta şahrida bölib ötgan 24-yozgi Olimpiada öyinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumuş va bronza medallariga sazovor bölişdi.
14 avgust. Nukusda marmar işlab çiqariş böyiça qöşma korxona işga tuşirildi.
27 avgust. Yangiyöl şahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini işga tuşiriş munosabati bilan tantanali yiğiliş bölib ötdi.
28 avgust. Samarqand va Şahrisabz şaharlarini Amir Temur ordeni bilan mukofotlaş töğrisida farmon çiqdi;
28 avgust. «Miskin—Törtköl» temir yöli qurilişi tugallandi.
29 avgust. «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni ta'sis etildi.
29 avgust. Özbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.
29—30 avgust. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida «Noşirlik faoliyati töğrisida», «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi qonunlar qabul qilindi.
30 avgust. Özbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlaştiriş va qöllab-quvvatlaş ijtimoiy-siyosiy jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
1 sentyabr. Toşkent şahrida Xalqaro Olimpiya şon-şuhrati muzeyi oçildi. Unda Xalqaro Olimpiada qömitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranç iştirok etdi.
9 sentyabr. Özbekiston Respublikasi «Ma'naviyat va ma'rifat» kengaşining «Ma'naviyat» naşriyoti taşkil etildi.
20 sentyabr. Samarqandda qadimiy Afrosiyob şahar xarobasida qaziş işlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari körgazmasi oçildi.
27 sentyabr. Özbekiston Bolalar jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
Sentyabr. Farğona neftni qayta işlaş zavodida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi işlab çiqaradigan qurilma işga tuşirildi.
Sentyabr. Buxoroda Hindistonning «Larsen TurboLTD» firmasi qurgan 430 öringa möljallangan tört yulduzli mehmonxona oçildi.
Sentyabr. Andijonda polietilen plyonka işlab çiqaradigan Özbekiston — Turkiya qöşma korxonasi taqdimoti böldi.
Sentyabr. «Toşkent traktor zavodi» işlab çiqariş birlaşmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar çiqdi.
Sentyabr. Asaka şahrida «Federeçi-Asaka-Makaroni» Özbekiston—Italiya qöşma korxonasi işga tuşdi.
Sentyabr. Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yaşab ötgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal örnatildi.
2 oktyabr. Özbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi taşkilotiga a'zo böldi.
8 oktyabr. Özbekiston Banklar assotsiatsiyasi respublikada birinçi «Bankinformreyting» mustaqil reyting kompaniyasini ta'sis etdi.
18 oktyabr. Toşkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravişda oçildi.
18 oktyabr. Samarqand va Şahrisabz şaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali oçildi. Har ikki şaharga «Amir Temur» ordeni topşirildi;
18 oktyabr. Toşkentda «Birja va ulgurji savdo» yangi haftalik gazetasi taqdimoti bölib ötdi.
21 oktyabr. Toşkent şahrida Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Özbekiston rahbarlarining uçraşuvi bölib ötdi va unda Toşkent Deklaratsiyasi imzolandi.
24 oktyabr. Şirin içimliklar va ma'danli suv işlab çiqaruvçi «Samarqand-Praga», qöşma korxonasi dastlabki mahsulotlarini çiqardi.
24 oktyabr. Toşkent şahrida «Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan örni» mavzuida xalqaro konferensiya bölib ötdi.
31 oktyabr. Toşkentda «Yozuvçi» gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
31 oktyabr. Özbekiston Respublikasi Inson huquqlari böyiça milliy markazi tuzildi.
Oktyabr. Toşkentda beş yulduzli «Interkontinental» mehmonxonasining 1-navbati foydalanişga topşirildi.
Oktyabr. Özbekiston—Italiya «Sovplastital» qöşma korxonasi Parijda «Sifat uçun Yevropa Oltin mukofoti»ga sazovor böldi. Bu qöşma korxona sazovor bölgan sakkizinçi xalqaro mukofotdir.
Oktyabr. Toşkentda «Bozor, pul va kredit» ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, şuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritiş böyiça «Vestnik Arala» («Orol axborotnomasi») ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan çiqdi.
28 noyabr. Xivada turkman şoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali oçildi.
30 noyabr. Toşkent viloyatining Töytepa şahrida «Kabul-Töytepa tekstil» Özbekiston — Koreya qöşma korxonasining oçiliş marosimi böldi.
Noyabr. Toşkentda «Texnoinvest» Özbekiston—Şveysariya qöşma korxonasi taşkil etildi.
3 dekabr. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti taşkil etildi.
8 dekabr. Gulistonda «ÖzDEUavto» qöşma korxonasida işlab çiqarilgan «Neksiya» avtomobillarini sotiş böyiça Özbekistonda birinçi kimoşdi savdosi bölib ötdi.
13 dekabr. «Özbekistonning yangi tarixi»ni naşrga tayyorlaş va naşr etiş töğrisida» qaror qabul qilindi.
20 dekabr. Özbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bağişlangan tantanali yiğiliş va ilmiy konferensiya bölib ötdi.
26—27 dekabr. Toşkentda 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida Özbekiston Respublikasining «Notariat töğrisida», «Davlat uy-joy siyosatining asoslari töğrisida», «Özbekiston Respublikasi taşqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari töğrisida», «Siyosiy partiyalar töğrisida» qonunlari qabul qilindi.
29 dekabr. Toşkent şahrining yangi gerbi tasdiqlandi.
30 dekabr. Qaşqadaryo viloyatidagi Alan konida yiliga 5 mlrd. kub metr gaz va 200 ming tonna kondensat çiqaradigan quvvatlar foydalanişga topşirildi.
Dekabr. Özbekiston Faxriylar kengaşi Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasiga aylantirildi.
Dekabr. Nukusda Qoraqalpoğistonda birinçi biznes markazi oçildi.
Dekabr. Buxoro viloyatida marmarga işlov beradigan yangi zavod işga tuşirildi.
Dekabr. Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yönalişdagi «Hurriyat» mustaqil gazetasi çiqa boşladi.
Dekabr. Toşkent davlat yuridik instituti qoşida Inson huquqlari va gumanitar huquqni örganiş markazi oçildi.
1996 - «Özbekistonning yangi tarixi» markazi taşkil etildi.
1996 - «BUZTEL GSM» («Bakri Özbekiston telekom») kompaniyasi ta'sis etildi.
1997 yil - «Inson manfaatlari yili»
3 yanvar. 1 oktyabr «Öqituvçi va murabbiylar kuni» deb belgilandi.
4 yanvar. «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan fukaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni ta'sis etildi.
7 yanvar. Iqtidorli yoşlarning çet elda ta'lim olişini qöllab-quvvatlaş maqsadida «Umid» jamğarmasi taşkil etildi.
17 yanvar. «Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi» xalqaro jamoat harakatini rivojlantiriş jamğarmasi tuzildi.
23 yanvar. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Badiiy akademiyasini taşkil etiş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi. Uşbu farmonga köra xalq hunarmandçiligi, tasviriy va amaliy san'at sohasidagi eng yaxşi asarlar uçun Kamoliddin Behzod nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etildi.
10 fevral. Hamşiralar va tibbiyot xodimlari uçun möljallangan «Hamşira» jurnalining 1-soni naşrdan çiqdi.
21 fevral. «Abdulhamid Sulaymon öğli Çölponning 100 yilligini nişonlaş töğrisida» qaror qabul qilindi.
21 fevral. Mukarrama Turğunboyeva nomidagi «Özbekraqs» milliy raqs birlaşmasi taşkil etildi.
25 fevral. «Özagrosuğurta» Davlat suğurta kompaniyasi taşkil etildi.
27 fevral. «Jahon adabiyoti» jurnali taşkil etildi.
12 mart. Özbekiston qişloq xöjaligi ilmiy-işlab çiqariş markazi taşkil etildi.
14 mart. «Kafolat» davlat-aksiyadorlik suğurta kompaniyasi taşkil topdi.
20 mart. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Özbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyotini taşkil etiş töğrisida» qaror çiqardi.
20 mart. Toşkent zarbxonasi işga tuşirildi.
Mart. Farğona viloyatining Toşloq tumanida taşkil etilgan «ÖzDEU töqimaçilik» qöşma korxonasi dastlabki mahsulotini berdi.
Mart.Toşkentda yoş olimlar va talabalarning 3-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
3 aprel. Toşkentda «Paxtakor» futbol jamoasi taşkil etilgani va şu nom bilan atalgan stadion işga tuşganligining 40 yilligiga bağişlangan sport bayrami bölib ötdi.
24-25 aprel. Toşkentda 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 8-sessiyasida «Oliy Majlisning inson huquqlari vakili (Ombudsman) töğrisida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida», «Ommaviy axborot vositalari töğrisida», «Axborot oliş kafolatlari va erkinligi töğrisida»gi qonunlar; Soliq kodeksi, jinoyat-ijroiya kodeksi qabul qilindi.
8 may. Toşkentda «Davlat, oila va tarbiya muammolari» mavzuida respublika konferensiyasi bölib ötdi.
15 may. Toşkentda xalqaro aksiyadorlik-tijorat «ÖzDEUbank» oçildi.
15 may. Özbekiston xorijiy mamlakatlar bilan döstlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyati kengaşi ta'sis etildi.
21—23 may. Toşkentda «Neft va gaz—97» birinçi Özbekiston xalqaro körgazmasi bölib ötdi. Unda 30 dan ziyod mamlakat vakillari qatnaşdi.
10 iyun. Toşkentda Özbekiston Milliy reabilitatsiya markazi oçildi.
13 iyun. Çirçiqsa «Kibo - bolalar poyabzali» Özbekiston — Germaniya korxonasining oçiliş marosimi böldi.
18 iyun. Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi tuzildi.
19 iyun. Toşkentda Ozarbayjon elçixonasi oçildi.
26 iyun. Toşkent viloyatining Qibray tumanida «Taşfarm Amerikan Interneyşnl» Özbekiston — AQŞ qöşma korxonasi işga tuşdi.
27 iyun. «Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş markazi tuzildi.
Iyun. Toşkentda «Hunarmand» xalq hunarmandlari uyuşmasi taşkil etildi.
Iyun. Qarşi şahrida «Qaşqadaryotelekom» Özbekiston — Indoneziya qöşma korxonasi faoliyat boşladi.
14 iyul. Qaşqadaryo «Kökdumaloq» kompressor stansiyasi foydalanişga topşirildi.
22 iyul. «Özbekiston belgisi» kökrak nişoni ta'sis etildi (2003 yil 4 avgustda uning Nizomiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi).
23 iyul. Özbekistonda futbolni rivojlantiriş jamğarmasi tuzildi.
Iyul. Jizzaxda akril tolasi işlab çiqaradigan fabrika işga tuşirildi.
26 avgust — 1 sentyabr. Samarkandda 1-xalqaro «Şarq taronalari» festivali bölib ötdi. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari qatnaşdi.
22 avgust. Qorovulbozorda Buxoro neftni qayta işlaş zavodining 1-navbati işga tuşirildi.
27 avgust. «Huquq» gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
29 avgust. Toşkentda 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida «Ta'lim töğrisida»gi qonun va Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi qabul qilindi.
8 sentyabr. Samarqandda muzqaymoq, pişloq, sariyoğ, qaymoq işlab çiqaradigan «Bravo-sut» yangi qöşma korxona işga tuşdi.
10 sentyabr. Toşkentda Özbekiston Respublikasi «Tasviriy oyina» ijodiy uyuşmasining ta'sis yiğilişi bölib ötdi.
12 sentyabr. Özbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi taşkil etildi.
15-16 sentyabr. Toşkentda «Markaziy Osiyo — yadro qurollaridan xoli zona» mavzusida xalkaro konferensiya ötkazildi.
17 sentyabr. Toşkentda «Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyo va Yevropa» mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiya oçildi. Uşbu konferensiya Şaxrisabzda öz işini davom ettirdi.
Sentyabr. Toşkentdagi «Foton» aksiyadorlik birlaşmasida «SONY» rangli televizorlari işlab çiqarila boşlandi.
15 oktyabr. Özbekiston Badiiy Akademiyasi maxsus jamğarmasi tuzildi.
19-20 oktyabr. Buxoro va Xivaning 2500 yilligi keng nişonlandi.
Oktyabr. Andijonda «Tojmetall» aksiyadorlik jamiyati taşkil etildi.
Oktyabr. Toşkentda Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankining şö'ba banki oçildi.
4 noyabr. «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş milliy dasturi» e'lon qilindi.
4 noyabr. Özbekiston YUNESKO Ijroiya kengaşi a'zosi etib saylandi.
11 noyabr. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan taşkil etiş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
27 noyabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Ahmad al-Farğoniy tavalludining 1200 yilligini nişonlaş töğrisida» qaror qabul qildi.
28 noyabr. Atoqli şoir, ozodlik kuyçisi Abdulhamid Sulaymon öğli Çölpon tavalludining 100 yilligi nişonlandi.
23 dekabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini nişonlaş töğrisida» qaror qabul qildi.
25—26 dekabr. 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 10-sessiyasida Özbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi.
Dekabr. Angrendagi «Özbekrezinatexnika» işlab çiqariş birlaşmasi Sifat va mukammallik böyiça xalqaro jamğarmaning «Oltin yulduzi» mukofotiga sazovor böldi.
Dekabr. Toşkentda Özbekiston Fanlar akademiyasining birinçi prezidenti T.N.Qori-Niyoziy tuğilgan kunining 100 yilligiga bağişlangan ilmiy sessiya böldi.
Dekabr. Toşkentda akademik Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligiga bağişlangan tadbirlar bölib ötdi.
1997 - Yuqori sifatli surkov moylari işlab çiqaradigan Özbekiston — AQŞ «Öz-Teksako» qöşma korxonasi taşkil etildi.
1997 - Özbekiston advokatlar uyuşmasi (assotsiatsiyasi) ta'sis etildi.
1997 - Özbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti taşkil etildi.
1997 - «COSCOM» Özbekiston — Amerika qöşma korxonasi, Koreyaning «Daewoo Unitel» qöşma korxonasi işga tuşdi.
1997 - Xorazm viloyatidagi Gurlan şahrida yengil sanoat korxonasi — «Gurlanteks» aksiyadorlik jamiyati işga tuşdi.
1997 - Milliy rassomlik vadizayn instituti taşkil etildi.
1997 - Özbekiston amaliy san'at asarlari doimiy körgazmasi (1960—97) Özbekiston Respublikasi amaliy san'at muzeyi deb ataldi (muzey sifatida dastlab 1937 yil taşkil etilgan).
1997 - «Fayz» xolding kompaniyasi taşkil etildi.
1998 - «Oila yili»
13 yanvar. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Alpomiş» dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nişonlaş töğrisida» qaror qabul qildi.
26 yanvar. Tolibjon Sodiqov nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
27 yanvar. Oila manfaatlarini ta'minlaş borasida 1998 yilda amalga oşiriladigan tadbirlar davlat dasturi e'lon qilindi.
Yanvar. Gulistonda «Leçiva farmsanoat» Özbekiston — Çexiya qöşma korxonasi işga tuşdi.
2 fevral. Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi taşkil etildi.
4 fevral. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 dekabrdagi qaroriga muvofiq «Ustoz» Respublika jamğarmasi tuzildi.
19 fevral. Özbekiston, Qirğiziston, Xitoy hukumatlari örtasida Toşkent— Andijon—Öş—Qaşqar avtomobil yölida xalqaro avtomobil transporti qatnovi töğrisida bitim imzolanib, yöl qurilişi boşlandi.
24 fevral. «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini taşkil etiş va ularning faoliyatini boşqariş töğrisida» qaror çiqdi.
24 fevral. Toşkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.
Fevral. «Toşkent traktor zavodi» davlat aksiyadorlik jamiyatida 22 va 32 ot kuçiga ega bölgan ikki turdagi mini traktorlar va ularga uskunalar komplektlarini işlab çiqaradigan Xitoy bilan qöşma korxona taşkil etildi.
4 mart. Toşkentda Respublika şoşilinç tibbiy yordam öquv markazi taşkil etildi.
26 mart. «Özbekiston teatr san'atini rivojlantiriş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq «Özbekteatr» ijodiy-işlab çiqariş birlaşmasi va uning qoşida teatr ijodkorlari uyuşmasi taşkil etildi.
Mart. Qöqon elektr maşinasozlik zavodida Asakadagi «ÖzDEUavto» korxonasida tayyorlanadigan avtomobillar uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş yölga qöyildi.
Mart. Toşkentda özbek va rus tillarida «Huquq» — «Pravo» ilmiy-nazariy yuridik jurnalining 1-soni çiqdi.
Mart. Toşkent va Farğona şaharlarida Ahmad al-Farğoniyning 1200 yilligiga bağişlangan ilmiy konferensiya bölib ötdi.
Mart. Özbekiston «Olimpiya şon-şuhrati» muzeyiga Xalqaro Olimpiada qömitasining «Olimpiya şon-şuhrati» muzeyi filiali maqomi berildi.
3 aprel. Urgançda Xorazmiy va Beruniy nomlaridagi boğlarga asos solişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
9 aprel «Xususiy tadbirkorlik, kiçik va örta biznesni rivojlantirişni yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni çiqdi.
21 aprel. Özbekiston Respublikasidagi umumta'lim maktabi va boşqa öquv muassasalarining «Yoşlik» köngilli sport jamiyati tuzildi.
23 aprel. «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini qöllab-quvvatlaş haqida» Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni çiqdi.
30 aprel. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida «Yer kodeksi», «Qişloq xöjaligi kooperativi (şirkat xöjaligi) töğrisida», «Fermer xöjaligi töğrisida», «Dehqon xöjaligi töğrisida», «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida» (yangi tahrirda) qonunlar qabul qilindi; Özbekiston Respublikasi Oila kodeksi tasdiqlandi.
Aprel. Özbekiston Respublikasi dehqon va fermer xöjaliklari uyuşmasi taşkil etildi.
4 may. Muzeylarni qöllab-quvvatlaş respublika «Özbek muzey» jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
12 may. «Özbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta'sis etildi.
22 may. Özbek alpinistlaridan birinçi bölib Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) çöqqisini zabt etib, Özbekiston bayroğini örnatdi.
May. Navoiy viloyatida Qizilqum fosforit kombinatining birinçi navbati işga tuşdi.
May. Toşkentda Xalqaro xususiy suğurta kompaniyasi oçildi.
May. Toşkent rus yoş tomoşabinlar teatri Özbekiston yoşlar teatriga aylantirildi.
24 iyul. Özbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qömitasi taşkil etildi.
Iyul. Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida velosiped işlab çiqaradigan «Sanlayt» Özbekiston— Xitoy qöşma korxonasining oçiliş marosimi böldi.
25 avgust. «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni ta'sis etildi.
28-29 avgust. 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida «Davlat yer kadastri töğrisida», «Madaniy boyliklarni çetga olib çiqiş va olib keliş töğrisida» qonunlar qabul qilindi.
28 avgust. «El-yurt hurmati» ordeni ta'sis etildi.
29 avgust. Toşkentda «Kuç — adolatda» Özbekiston Respublikasi Oliy sudi gazetasining 1-soni çiqdi.
Avgust. Özbek uçuvçi-astronavti S.Şaripov amerikalik va rossiyalik 7 kişilik ekipaj tarkibida «Endever» kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.
6 sentyabr. Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi tuzildi.
16 sentyabr. Toşkentda Özbekiston Fanlar akademiyasining Uluğbek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligiga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi.
24 sentyabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyini nişonlaş töğrisida» qaror qabul qildi.
25 sentyabr. «Turkiston-Press» nodavlat axborot agentligi taşkil etildi.
28 sentyabr. Toşkentda Osiyo Taraqqiyot bankining doimiy vakolatxonasi oçildi.
30 sentyabr. Hazoraspdagi Özbekiston—Turkiya Xorazm qand zavodi qöşma korxonasida dastlabki qand mahsuloti işlab çiqarildi.
23 oktyabr. Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Unda dunyoning 40 mamlakatidan mehmonlar iştirok etdi. Şu kuni Xartang qişloğida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining oçiliş marosimi böldi.
24 oktyabr. Farğona viloyatida Ahmad al-Farğoniy tavalludining 1200 yilligiga bağişlangan tantanali marosimlar bölib ötdi. Farğona şahrida Ahmad al-Farğoniy nomi bilan ataladigan istirohat boği oçildi. Quva şahrida Ahmad al-Farğoniyga haykal örnatildi.
6 noyabr. Toşkentda YUNESKO Ijroiya Kengaşi 155-sessiyasining yakunlovçi majlisi bölib ötdi. YUNESKO Boş direktori Federiko Mayor boşçiligidagi guruh Toşkent davlat universitetida Mirzo Uluğbek nomidagi YUNESKO kafedrasi oçilişi marosimida iştirok etdi.
13-14 noyabr. Termizda birinçi «Alpomiş öyinlari» festivali ötkazildi.
17 noyabr. Toşkentda «Inson huquqlarini himoya qiliş nohukumat taşkilotlarining roli» mavzuida xalqaro konferensiya bölib ötdi.
Noyabr. Özbekistonning «Farmed» xususiy firmasiga xalqaro mukofot — «Sifat oltin yulduzi» topşirildi.
Noyabr. Toşkentda sinxron suziş böyiça «Suv parisi» 1-xalqaro turnir bölib ötdi.
Dekabr. «Özbekneftgaz» neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
22 dekabr. Bangkokda ötkazilgan 13-Osiyo öyinlarida iştirok etgan özbekistonlik sportçilar sportning 23 turi böyiça 42 mamlakat sportçilari bilan bellaşib, önta eng kuçli jamoa safiga kirdi va 40 ta medal — 6 ta oltin, 22 ta kumuş va 12 ta bronza medalni qölga kiritdi.
24-25 dekabr. 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 13-sessiyasida «Xöjalik yurituvçi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida» qonun qabul qilindi.
1998 - Namangan sanoat-texnologiya instituti Namangan muhandislikpedagogika instituti deb qayta nomlandi.
1998 - «Paxtasanoatilm» ilmiy-işlab çiqariş markazi taşkil etildi.
1998 - Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi taşkil etildi.
1998 - Toşkentda «Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi» taşkil etildi.
1999 yil - «Ayollar yili»
13 yanvar. Özbekiston Respublikasi Davlat çegaralarini himoya qiluvçi qömita taşkil etildi.
Yanvar. «Özbekiston tarixi» jurnalining 1-soni çiqdi.
Yanvar. Namangan viloyatining Kosonsoy şahrida «Kosonsoy-Tekmen» Özbekiston — Turkiya töqimaçilik qöşma korxonasi foydalanişga topşirildi.
Yanvar. Xorazm viloyatida şoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nişonlandi.
4 fevral. «Fidokor» gazetasi çop etila boşladi.
6 fevral. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Jurnalist kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida» qaror qabul qildi.
16 fevral. Toşkent şahrida terrorçi kuçlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyuştirilgan terrorçilik harakati oqibatida 16 nafar begunoh inson öldirildi, 120 kişi tan jarohati oldi.
18 fevral. «Oilada, davlat va jamiyat qurilişida ayollarning rolini kuçaytiriş, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari» davlat dasturi işlab çiqildi.
26 fevral. Prezident farmoni bilan «Özbekiston Respublikasida pasport tizimi töğrisida»gi Nizom tasdiqlandi.
Fevral. Toşkentda Özbekiston tarixçilari jamiyati taşkil etildi.
2 mart. 9 may Xotira va qadrlaş kuni deb e'lon qilindi.
15 mart. Ibn Sino xalqaro jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
21 mart. Samarqand şahrida rus va özbek tillaridagi haftalik «Darakçi» gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
30 mart. «Interkontinental» mehmonxonasi har yili ötkaziladigan Yevropa «Interkontinental» otellari körik tanlovida birinçilikni oldi.
Mart. «SamKoçAvto» qöşma korxonasida şaharlararo va şahar içida qatnaşga möljallangan dastlabki avtobuslar işlab çiqarildi.
Mart. «Teatr» oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni naşrdan çiqdi.
7 aprel. Toşkent Islom universiteti taşkil etildi.
14—15 aprel. 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida» (yangi tahrirda), «Örmon töğrisida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari töğrisida», «Xotinqizlarga qöşimça imtiyozlar beriş töğrisida» qonunlar qabul qilindi.
23 aprel. Toşkentda Ma'rifatçilar jamiyatining ta'sis majlisi bölib ötdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
Aprel. Brisben (Avstraliya)da ötkazilgan Xalqaro «Gran pri» turnirida özbek karateçilari 25 ta medalni qölga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
1—2 may. Toşkentda kuraş böyiça birinçi jahon çempionati bölib ötdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportçilar qatnaşdi.
9 may. Özbekiston Respublikasida birinçi bor 9 may Xotira va qadrlaş kuni sifatida nişonlandi. Toşkentda Vatan ozodligi uçun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylaştiriş maqsadida «Xotira va qadrlaş maydoni» barpo etildi.
17 may. Toşkent — Samarqand yönalişida elektrpoyezd qatnovi yölga qöyildi.
17 may. Şörtan gaz-kimyo majmui qurilişida uni umumiy temir yöl tarmoği bilan ulaydigan uzunligi 20 km bölgan Jiyron—Şörtan temir yöl tarmoği foydalanişga topşirildi.
27 may. Navoiy viloyati Navoiy şahri tarkibida Karmana tumani taşkil etildi.
May. Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanişga topşirildi.
10 iyun. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi.
Iyun. Navoiy şahrida öt öçiruvçi maşinalarni yiğiş böyiça Özbekiston—Ukraina qöşma korxonasi işga tuşdi.
1 iyul. Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasida şeriklik va hamkorlik töğrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
19-20 iyul. Toşkentda Afğoniston muammosini hal etiş böyiça «6+2» guruhining BMT homiyligidagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda tarixiy Toşkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
Iyul. Andijon viloyatining Marhamat tumanida Özbekiston—Rossiya «Ekomevalar» qöşma korxonasi faoliyat körsata boşladi.
Iyul. Respublikamizda işlab çiqarilayotgan «IL— 114» samolyoti Toşkent—Nukus, Toşkent—Farğona yönalişlari böyiça doimiy parvozlarni amalga oşira boşladi.
7 avgust. Toşkentda Ma'naviyat va ma'rifat respublika kengaşining ta'sis konferensiyasi bölib ötdi.
18 avgust. Vazirlar Mahkamasining Yevropa — Osiyo transkontinental avtomagistralini loyihalaş işlari böyiça qarori çiqdi.
19-20 avgust. 1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida «Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida», «Turizm töğrisida», «Yöl harakati xavfsizligi töğrisida» qonunlar qabul qilindi.
26 avgust. Samarqandda «Şarq taronalari» ikkinçi xalqaro musiqa festivali oçildi.
Avgust. Farğona tumanida pillani qayta işlaydigan Vodil pillakaşlik fabrikasining birinçi navbati işga tuşdi.
20—21 sentyabr. Toşkentda «Buyuk ipak yöli»ni tiklaş böyiça xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda Örta Osiyo mamlakatlaridan taşqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boşqa davlatlar hamda xalqaro taşkilot vakillari qatnaşdilar.
21 sentyabr. Şahidlar xotirasi xayriya jamğarmasi tuzildi.
27 sentyabr. Toşkentda Amerikaning «Motorola» kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar işlab çiqaradigan «Özbekiston—Motorola—Telekom—Radio» qöşma korxonasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
12 oktyabr. «Oltin meros» xalqaro xayriya jamğarmasi tuzildi.
23—30 oktyabr. Toşkentda boks böyiça 20-Osiyo çempionati ötkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportçi qatnaşdi.
26 oktyabr. «Şarq ayoli» xalqaro ayollar jamğarmasi tuzildi.
Oktyabr. Samarqanddagi «SamKoçAvto» Özbekiston — Turkiya qöşma korxonasi işlab çiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga jönatildi.
Oktyabr. Toşkentda Respublika «Toşkent» fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi örtasida özaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Oktyabr. Nukusda Onkologiya ilmiy markazi oçildi.
Oktyabr. Andijon viloyatining Şahrixon tumanida «Anteks» oçiq turdagi aksiyadorlik jamiyati töqimaçilik korxonasi işga tuşirildi.
Oktyabr. «Kuraş» jurnalining 1-soni naşrdan çiqdi.
5 noyabr. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nişonlandi.
6 noyabr. Termiz şahrida «Alpomiş» dostonining 1000 yilligiga bağişlangan bayram tantanalari bölib ötdi.
1 dekabr. Toşkentda «Kabul—Özbek Ko» Özbekiston—Koreya töqimaçilik qöşma korxonasi işlab çiqariş majmuining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
5 va 19 dekabr. Barça viloyat, tuman va şaharlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengaşlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar bölib ötdi.
17 dekabr. Qoraqalpoğistonda 115 km uzunlikdagi Miskin — Sulton Uvays magistralida temir yöl izlarini tutaştiriş işlari nihoyasiga yetkazildi.
17 dekabr. Xorazmda özbek şoiri, tarixçi Ogahiyning 190 yilligi nişonlandi.
18 dekabr. Nukusda Ajiniyoz Kösiboy öğli tavalludining 175 yilligi nişonlandi.
29 dekabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Termiz şahrining 2500 yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi qarori çiqdi.
1999 - Toşkentda «Toşkent-plaza» xalqaro savdo körgazma majmuasi bunyod etildi.
1999 - Özbekiston iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.
2000 yil - «Soğlom avlod yili»
9 yanvar. Islom Abduğaniyeviç Karimov Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi.
13 yanvar. Toşkent şahrida «Ijod dunyosi» naşriyot uyi taşkil etildi.
28 yanvar. Toşkent davlat universitetiga Özbekiston milliy universiteti maqomi berildi.
3 fevral. Özbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
9 fevral. Toşkentda Germaniya maşinasozlik korxonalari ittifoqi / VDMA/ Örta Osiyodagi byurosining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
15 fevral. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Soğlom avlod» davlat dasturi töğrisida» qaror qabul qildi.
21 fevral. «Minnatdor xotira» xalqaro xayriya jamğarmasi tuzildi.
24 fevral. Afğon uruşi nogironlari respublika xayriya jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
20 mart. Banklar assotsiatsiyasining yangi Banklararo moliyaviy xizmat markazi binosi, «Xobas-TAPO» Özbekiston—Şveysariya—Germaniya qöşma korxonasi, Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligining yangi binosi foydalanişga topşirildi.
24 mart. Orolning janubiy sohilida işlayotgan Qoraqalpoğiston — Avstraliya arxeologiya ekspeditsiyasi qum ostida qolib ketgan qadimiy şahar (Oqşaxan qal'a)ni aniqlaganligi rasmiy ma'lum etildi.
31 mart. Toşkentda Xalqaro biznesmarkaz iş boşladi.
Mart. «Sovplastital» Özbekiston— Italiya qöşma korxonasi xalqaro savdo «Liderlar klubi» tomonidan yuksak mukofot — «Eng yaxşi savdo markasi — yangi ming yillik sovrini» oltin sovrin bilan taqdirlandi.
6 aprel. Navoiy viloyati hududida bentonit gil koni topildi.
14 aprel. «Urganç» aeroportining aerovokzal majmuasi foydalanişga topşirildi.
20—21 aprel. Toşkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlararo kengaşi bölib ötdi. Tört davlat boşliqlari «Terrorçilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boşqa xavfxatarning oldini olişga qaratilgan hamkorlik töğrisida şartnoma»ni imzoladilar.
Aprel. Andijon viloyatida «Asaka—ASK» Özbekiston — Rossiya qöşma korxonasi taşkil etildi.
12 may. Toşkentda «Şahidlar xotirasi» yodgorlik majmuining oçiliş marosimi böldi.
19 may. Özbekiston Fanlar akademiyasida Respublika Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlaştiriş va isloh qiliş masalalari yuzasidan umumiy yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda Fanlar akademiyasining yangi tahrirdagi Nizomi qabul qilindi.
25—26 may. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-sessiyasida «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolati töğrisida» qonun qabul qilindi.
May. Toşkent teplovoz ta'mirlaş zavodining 100 yilligiga bağişlangan yubiley tantanalari bölib ötdi.
9 iyun. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi xalqaro mukofot — «Yevromarket—2000» sovriniga sazovor böldi.
23 iyun. Butunjahon kuraşni rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etildi.
27 iyun. «Soğlom avlod» gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
18 iyul. Özbekiston közi ojiz va zaif bolalarni hamda yoşlarni reabilitatsiya qiliş böyiça «Panoh şu'lasi» jamğarmasi tuzildi.
25 iyul. Toşkentda «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasining birinçi qurultoyi bölib ötdi.
25 avgust. Iqtidorli yoşlar uçun «Nihol» mukofoti ta'sis etildi.
29 avgust. Poytaxtni Farğona vodiysi bilan tutaştiruvçi Kamçiq dovonidan ötkazilgan yangi avtomobil yölining oçiliş marosimi bölib ötdi.
30 avgust. «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi.
30-31 avgust. Toşkentda 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida «Poçta aloqasi töğrisida», «Psixiatriya yordami töğrisida», «Radiatsiya xavfsizligi töğrisida» qonunlar qabul qilindi.
14 sentyabr. Toşkentda YUNESKO homiyligida dinlararo muloqot böyiça «Dunyo dinlari: jahon madaniyati yölida» mavzuida xalqaro kongress oçildi. Unda jahonning 30 ga yaqin davlat vakillari iştirok etdilar.
Sentyabr. Orol dengizining qurib qolgan özanida örmon barpo etişga oid Özbekiston—Germaniya qöşma loyihasini amalga oşirişga kirişildi.
Sentyabr. Özbekistonda Auditorlar palatasi iş boşladi.
Sentyabr. Fuqarolarni qiziqtirgan barça masalalar böyiça maslahat beradigan «Toşkent axborot xizmati» oçildi.
1 oktyabr. Özbekistonlik boksçi Muhammadqodir Abdullayev boks böyiça 27-yozgi Olimpiada çempioni böldi.
4 oktyabr. Oqsaroyda Sidneydagi Olimpiada öyinlarida oltin, kumuş va bronza medalini qölga kiritgan olimpiadaçilarni tabriklaş marosimi bölib ötdi.
16 oktyabr. «Şarq» naşriyot-matbaa konserni «Şarq» naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.
19 oktyabr. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining A-310 rusumli zamonaviy havo kemasi 9 soatda Yaponiyaning Miyazaki prefekturasidan yölga çiqqan 170 nafar sayyohni Buxoroga olib keldi.
21 oktyabr. Farğona viloyatida buyuk olim va mutafakkir Ahmad al-Farğoniy xotirasiga bağişlangan tantanalar bölib ötdi.
29 oktyabr. Özbekiston Respublikasi boksni rivojlantiriş, qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tuzildi.
31 oktyabr. Toşkentda barpo etilgan «Azimut» korxonasida işlab çiqarila boşlagan «ARABIK CLASSIC» yangi markadagi tabiiy kofe taqdimoti bölib ötdi.
Oktyabr. Toşkentda Örta Osiyo mamlakatlari suv xöjaligi xodimlari malakasini oşiradigan mintaqa trening markazi oçildi.
Oktyabr. Nukusda şaharlararo ikkinçi «Janub» avtobekati işga tuşirildi.
Oktyabr. Toşkentda Özbekiston— Koreya «Amako-bouling» qöşma korxonasining oçiliş marosimi böldi.
16 noyabr. Marğilonda buyuk fiqh olimi, imom Burhoniddin Marğinoniy tavalludining 910 yilligi nişonlandi. Şu munosabat bilan Marğilon şahri markazida Burhoniddin Marğinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, şu yerda uning ramziy maqbarasi örnatildi.
17 noyabr. Samarqandda buyuk fiqh olimi, imom, kalom ilmining moturidiylik oqimi asosçisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yillik yubileyi nişonlandi. Samarqandda Moturidiy yodgorlik majmui oçildi. Toşkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bağişlangan xalqaro ilmiy anjumanlar ötkazildi.
24 noyabr. Özbekiston «Ofarin» jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
29 noyabr. Samarqand viloyatining Payariq tumanida qadimiy Köktepa şahri xarobalari örnida badavlat ayol («Saklar malikasi»)ning dahmasi topildi.
Noyabr. YUNESKO me'moriy-tarixiy yodgorliklar Jahon merosi qömitasining Avstraliyada bölib ötgan majlisida Özbekistonning Şahrisabz, Buxoro şaharlari tarixiy markazlari Jahon merosi röyxatiga kiritildi.
Dekabr. Toşkent va Samarqand şaharlarida Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi keng nişonlandi.
2000 - Özbekiston davlat filarmoniyasi negizida Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi taşkil topdi.
2001 yil - «Onalar va bolalar» yili
Z yanvar. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Fuqaro muhofazasi» — «Grajdanskaya zaşita» jurnalining ilk soni naşrdan çiqdi.
4 yanvar. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini örganişni taşkil etiş töğrisida»gi farmoyişi e'lon qilindi.
9 yanvar. Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti bölib ötdi.
19 yanvar. «Umid nihollari» öyinlari ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.
24 yanvar. Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari iştirok etgan «Suv — kelajak zahirasi» şiori ostida seminar trening ötkazildi.
25 yanvar. «Toşkent—Moskva—Toşkent» yönalişi böyiça yölovçi poyezdi qatnay boşladi.
2 fevral. Çirçiq şahrida gaz haydaş kompressorlarini qayta ta'mirlaşga ixtisoslaşgan «US-DR servis markazi» Özbekiston — Gollandiya qöşma korxonasi işga tuşdi.
6 fevral. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Onalar va bolalar» davlat dasturi töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
15 mart. Toşkentda «Internet. UZ» 1-milliy internet-festivali ötkazildi.
15 mart. «Özbekiston temir yöllari» davlat aksiyadorlik kompaniyasining Toşkent yölovçi vagonlarni ta'mirlaş zavodi işga tuşdi.
17 mart. «Miskin—Uçquduq» temir yöli (224 km) qurilişi yakunlandi.
20 mart. Örta Osiyoda yagona Qizilqum fosforit kombinatining 1-navbati töla quvvat bilan işlay boşladi.
21 mart. Nukus tumanida «Qoraqalpoqtomat» korxonasi işga tuşdi.
24 mart. Farğonada yirik furan birikmalari kimyo korxonasida sellyuloza işlab çiqariş inşooti işga tuşdi.
25 aprel. Özbekiston Respublikasi «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining ta'sis qurultoyi bölib ötdi.
28—29 aprel. Toşkentning «Yunusobod» sport majmuida özbek kuraşi böyiça Osiyo çempionati bölib ötdi.
30 aprel. Jizzax şahrida ilk bor ötkazilayotgan «Barkamol avlod» sport öyinlarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
30 aprel. Namanganda «Asnam tekstil» qöşma korxonasi işga tuşdi.
1 may. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Qatağon qurbonlarini yod etiş kunini belgilaş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
1 may. Toşkentda Özbekiston şoşilinç tibbiy yordam markazi faoliyat boşladi.
9 may. Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Xorazm viloyatining Boğot, Jizzax viloyatining Zafarobod, Mirzaçöl, Döstlik tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida, Guliston şahrida Xotira xiyobonlari barpo etildi.
18 may. Şahrisabzdagi Amir Temur nomidagi madaniyat muzeyida ramziy Tinçlik ustunining örnatilişiga bağişlangan marosim bölib ötdi.
May. Andijon şahridagi Bobosaddin mahallasidan qadimiy mis tangalar topildi. Bu tangalar 1428—29 yillarga oid bölib, Mirzo Uluğbek davriga töğri keladi.
May. «Vatanparvar» taşkiloti huzurida «Şonli Vatan tarixi» muzeyi oçildi.
23 may. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borişni ta'minlaş dasturini işlab çiqişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
14—15 iyun. Xitoyning Şanxay şahrida Özbekistonning «Şanxay forumi»ga töla huquqli a'zo bölişi töğrisidagi bayonot imzolandi. Özbekiston Prezidenti taklifi bilan «Şanxay forumi» nomi «Şanxay hamkorlik taşkiloti— ŞHT» deb özgartirildi.
22 iyun. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlaştiriş töğrisida»gi, «Naqd pul muomalasini mustahkamlaş va tijorat banklarining mas'uliyatini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorlari qabul qilindi.
Iyun. Toşkentda mamlakatimizda yagona «SOS — Bolalar mahallasi» oçildi.
6 iyul. AQŞda faxriylar örtasida ötkazilgan dzyudo böyiça jahon çempionatida özbekistonlik Farhod Oğayev çempion unvoniga sazovor böldi.
6 iyul. Çirçiqda mamlakatimiz Qurolli Kuçlarining barça qöşin turlari uçun serjantlar tayyorlaydigan maktab oçildi.
9 iyul. «Özkörgazmasavdo» markazida erkin va yunon-rum kuraşi böyiça 9-jahon çempionati boşlandi.
Avgust. Toşkentning Yunusobod tumanida suv sporti saroyi qurildi.
17 avgust. «Matiz» rusumli avtomobilning xalqaro taqdimot marosimi bölib ötdi.
17 avgust - 1 sentyabr. Toşkentda tennis böyiça «Birlaşgan Millatlar Taşkiloti» (UN Cup) xalqaro ösmirlar turniri bölib ötdi.
Avgust. Farğona şahrida Janubiy Koreya hamda Yaponiya bilan hamkorlikda «Kabul— Farğona kompani» töqimaçilik qöşma korxonasi işga tuşdi.
18 iyul. «Özbekiston mustaqilligining 10 yilligi» esdalik nişoni ta'sis etildi.
26 avgust. «Şarq taronalari» uçinçi xalqaro musiqa festivali oçildi.
30 avgust. Toşkent şahrida akademik drama teatri yangi binosining oçiliş marosimi böldi.
Avgust. Navoiy şahrida «Alişer Navoiy yodgorlik majmui» oçildi.
11 sentyabr. Toşkentda tennis böyiça «Özbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi» xalqaro turniri böldi.
Sentyabr. Toşkent viloyatining Çinoz tumanida «Çinoz töqimaçi LTD» Özbekiston—Turkiya—Yaponiya qöşma korxonasi işga tuşdi.
Sentyabr. «Özbekiston Respublikasining yer resurslari atlasi» bosmadan çiqdi.
21 sentyabr. Hamza nomidagi teatr nomi özgartirilib «Özbek milliy akademik drama teatri» deb atala boşladi.
21 sentyabr. «Meros» ilmiy-amaliy ekspeditsiya xalqaro xayriya jamğarmasi röyxatdan ötkazildi.
22 oktyabr. Estrada san'atini rivojlantiriş jamğarmasi röyxatdan ötdi.
23 oktyabr. Özbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantiriş va takomillaştirişga kömaklaşuvçi xayriya jamğarmasi rasmiy röyxatdan ötdi.
3 noyabr. Urgançda «Avesto» kitobining 2700 yilligiga bağişlab yubiley ötkazildi va yodgorlik majmui bunyod etildi.
21 noyabr. R.R.Şreder nomidagi Özbekiston boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy tadqiqot instituti taşkil etilganining 100 yilligi nişonlandi.
26 noyabr. Surxondaryo davlat qöğirçoq teatri taşkil etildi.
6 dekabr. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasida «Özbekiston Respublikasi referendumi ötkaziş töğrisida» qaror qabul qilindi. Qarorda 2002 yil 27 yanvarda Özbekiston Respublikasining referendumi ötkaziş, unda kelgusi çaqiriq Özbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylaşga, ikkinçi masala Özbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini beş yildan yetti yilga özgartirişga rozilik masalasi qöyildi.
7 dekabr. Matbuotda Oliy Majlisning Özbekiston xalqiga murojaati e'lon qilindi. Unda xalqaro terrorizm xavfiga qarşi mamlakatimiz aholisi ogohlikka çaqirildi.
8 dekabr. Toşkentda «Kitob dunyosi» axborot-ma'lumot gazetasining 1-soni naşrdan çiqdi.
21 dekabr. Şörtan gaz-kimyo majmui işga tuşdi.
28 dekabr. Akademik Habib Abdullayev nomidagi xalqaro jamğarma rasmiy röyxatdan ötdi.
Dekabr. Jizzax şahrida «Özeksayd» Özbekiston—AQŞ qöşma korxonasi işga tuşirildi.
2001 - Toşkentda Xalqaro kuraş instituti faoliyat boşladi.
2001 - YUNESKOning Finlyandiyada ötkazilgan 25-sessiyasida Samarqandning tarixiy markazi me'moriy-tarixiy yodgorliklari YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritildi.
2002 yil - «Qariyalarni qadrlaş yili»
16 yanvar. Toşkent şahrida Xalqaro Vestminster universitetini taşkil etiş töğrisida farmon çiqdi.
24 yanvar. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Qariyalarni qadrlaş yili» davlat dasturi töğrisida» qaror qabul qildi.
27 yanvar. Özbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tuziş masalasida referendum ötkazildi. Referendumda iştirok etgan fuqarolarning 93,65% ikki palatali parlament tuzişni yoqlab ovoz berdi.
28 yanvar. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi taşkil etilganining 10 yilligi nişonlandi.
13 mart. Adabiyot jamğarmasi röyxatdan ötdi.
19 mart. Toşkentning «Turkiston» saroyida «Taşabbus—2002» körik tanlovining yakunlovçi bosqiçi bölib ötdi.
22 mart. Toşkent davlat konservatoriyasining yangi binosi foydalanişga topşirildi.
Mart. AQŞda ötkazilgan «Atlanta qubogi» xalkaro turniri bahslarida özbekistonlik karateçilar 14 ta medal (6 ta oltin, 4 ta kumuş, 4 ta bronza)ni qölga kiritdilar.
Mart. YUNESKO Boş direktorining qaroriga köra «Şaharlar — tinçlik uçun» tanlovida jahonning önta şahri ğolib deb topildi. Ular orasida Buxoro şahri ham bor.
Mart. Namangan şahrida «Nestle» Özbekiston—Şveysariya qöşma korxonasi iş boşladi.
2 aprel. Termiz şahrining 2500 yilligiga bağişlangan bayram tantanalari bölib ötdi.
4 aprel. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 8-sessiyasida Özbekiston Respublikasining «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati taşkil etilişining asosiy prinsiplari töğrisida» Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.
10 aprel. Şahrisabzda «Oqsaroy töqimaçi LTD» Turkiya va Yaponiya bilan hamkorlikdagi qöşma korxonaning oçiliş marosimi böldi.
16 aprel. «Semurğ» xayriya jamğarmasi tuzildi.
16 aprel. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Toşkent davlat konservatoriyasini Özbekiston davlat konservatoriyasiga aylantiriş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
24 aprel. Farğonada «Umid nihollari» Respublika maktab öquvçilarining sport musobaqalari tantanali ravişda oçildi.
7 may. Özbekiston Respublikasining Şaharsozlik kodeksi e'lon qilindi.
24 may. «Boysun bahori» 1-xalqaro oçiq folklor festivalining oçiliş marosimi böldi.
25 may. Buxoro şahrida «Universiada — 2002» sport öyinlari boşlandi.
4 iyun. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi va Italiyaning «Al-Italia» aviakompaniyasi örtasida «Kodşer» bitimi imzolandi. Unga muvofiq Toşkent—Rim—Toşkent yönalişi böylab parvozlar amalga oşiriladi.
5 iyun. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuida «Islom va dunyoviy-ma'rifiy davlat» mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman oçildi.
24 iyun. Toşkentda maktab, akademik litsey va kollejlar bitiruvçilarining «Istiqlol umidlari — 2002» festivali bölib ötdi.
24 iyun. Toşkent va Örta Osiyo Yeparxiyasining Rus pravoslav çerkovi «Blagovest» xalqaro xayriya jamğarmasi tuzildi.
3 iyul. «Matbuot va axborot sohasida boşqaruvni takomillaştiriş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Özbekiston Respublikasi Davlat matbuot qömitasi Özbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta taşkil qilindi.
20 iyul. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Zamonaviy informatsion texnologiyalar» ilmiy-texnik markazida «Közsiz köriş» xalqaro loyihasi doirasida yangi qurilma yaratildi. U közi ojiz kişilarga atrof-muhitni aniq tasavvur etişga yordam beradi.
Iyul. Taylandda ötkazilgan oğir atletika böyiça yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida mamlakatimiz vakillari 4 ta oltin, 5 ta kumuş, 3 ta bronza medal sohibi böldilar.
12-13 avgust. Temuriylar tarixi davlat muzeyida «Markaziy Osiyo tarix közgusida: eng qadimdan hozirgaça» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bölib ötdi. Anjumanda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan taniqli olimlar iştirok etişdi.
15 avgust. Şörtan gaz-kimyo majmuasida birinçi polietilen olindi.
17—18 avgust. Farğonada belboğli kuraş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun 1-xalqaro turnir ötkazildi.
31 avgust. Toşkentning «Şahidlar xotirasi» yodgorlik majmuida «Qatağon qurbonlari xotirasi» muzeyi oçildi.
Avgust. «Navoiy—Uçquduq—Miskin—Sulton Uvays—Nukus» temir yöli qurilişi bitkazilib işga tuşirildi.
Avgust. «ÖzDEUavto» qöşma korxonasida «Neksiya» yengil avtomobilining yangi, takomillaşgan modelini işlab çiqariş yölga qöyildi. Bu model 16 klapanli «Doyç» dvigateli bilan jihozlangan.
10 sentyabr. «Özbekiston» sport majmuida tennis böyiça Prezident kubogi xalqaro turnirining oçiliş marosimi böldi.
15 sentyabr. Toşkentning «Turkiston» saroyida birinçi marta estrada san'atining barça yönalişlari böyiça qöşiq va kuylar taqdimot festivali — «Oltin humo» ötkazildi.
19 sentyabr. Toşkent traktor zavodining 60 yilligi nişonlandi.
Sentyabr. Toşkent metrosining «Yunusobod» liniyasidagi 6 bekat foydalanişga topşirildi.
14 oktyabr. Toşkentda tennis böyiça Osiyo çempionati boşlandi.
1 noyabr. Şahrisabz şahrining 2700 yilligiga bağişlangan tantanali marosim böldi.
4 dekabr. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniy tavalludining 900 yilligini nişonlaş töğrisida»ga qarori e'lon qilindi.
12-13 dekabr. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 10-sessiyasida «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida» va «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi töğrisida» Konstitutsiyaviy qonunlar, «Yer osti boyliklari töğrisida»gi (yangi tahrirda), «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunlar qabul qilindi.
29 dekabr. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi «Özbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasini tuziş töğrisida»gi farmoniga muvofiq Toşkentda Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi ta'sis etildi.
Dekabr. Toşkentda Özbekiston Badiiy akademiyasi «Madaniyat karvon saroyi»ning tantanali oçiliş marosimi böldi.
Dekabr. Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida «Çorvoq oromgohi» soğlomlaştiriş markazining tantanali oçiliş marosimi böldi.
24 dekabr. Özbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vazirligi taşkil etildi.
25 dekabr. Özbekiston Respublikasi oliy va örta maxsus öquv yurtlari öquvçilari hamda talabalarining «Talaba» sport uyuşmasi tuzildi.
2002 - I.A.Karimovning 10 jildli asarlari naşr etildi (1992-2002 yillar).
2002 - Özbekiston Badiiy Akademiyasi tarkibida «Toşkent foto uyi» taşkil etildi.
2002 - Özbek davlat ommaviy kutubxonasi Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi deb nomlandi.
2002 - «Xiva—Karpet» Özbekiston— Germaniya qöşma korxonasi taşkil etildi.
2003 yil - «Obod mahalla yili»
Yanvar. Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida «Metallurg» dam oliş maskanining oçiliş marosimi böldi.
7 fevral. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Obod mahalla yili» dasturini qabul qildi.
14 mart. Toşkent şahrida dehqon va fermerlarning 2-Respublika qurultoyi bölib ötdi.
Mart. Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasida «Özbekiston Qizil kitobi» 2-jildining va Özbekistonda atrof muhitni muhofaza qiliş milliy dasturining taqdimoti ötkazildi.
Mart. Samarqand viloyatining Urgut şahrida gilam va gilam mahsulotlari işlab çiqaradigan Özbekiston — Turkiya qöşma korxonasi faoliyat boşladi.
24-25 aprel. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi, unda ikki palatali parlament tuzişning huquqiy asoslari belgilab berildi.
Aprel. Toşkent şahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boğida «Tinçlik qönğiroği» majmuining oçiliş marosimi bölib ötdi.
4—5 may. Toşkentdagi «Turkiston» saroyida Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining 12-yillik majlisi ötkazildi. Anjumanga 59 davlatdan 61 delegatsiya a'zolari taşrif buyurdi.
10 may. Taniqli özbek şoiri Ğafur Ğulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi madaniyat va istirohat boğiga Ğafur Ğulom nomi berildi va boğda şoir haykali oçildi.
14-20 may. Xorazmda «Umid nihollari» sport musobaqalari bölib ötdi.
5-11 iyun. Andijon viloyatida «Barkamol avlod — 2003» sport öyinlari bölib ötdi.
Iyul. Namangan viloyatining Çust tumanida Özbekiston—Şveysariya «Golden Frut» qöşma korxonasi, Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida AQŞ—Özbekiston «Kattaqörğonmeva» qöşma korxonasi işga tuşdi.
Iyul. Surxondaryo viloyati Şerobod tumanidagi Kampirtepa qişloğida noyob xazina — qadimiy kitoblar topildi.
Iyul. Toşkent fotosuratlar uyi Xalqaro badiiy foto federatsiyasi (FJAP) ga a'zo böldi.
Avgust. Namangan şahrida «Yoşlar» sport majmuasi foydalanişga topşirildi.
Avgust. Sirdaryo viloyatining Mirzaçöl tumanida yer qa'ridan tibbiyotda noyob, öta şifobaxş hisoblangan radonli suv çiqdi.
Avgust. Nukus şahrida xalq iste'moli mollari mintaqaviy markazining oçiliş marosimi bölib ötdi.
25-30 avgust. Samarqand şahrida «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivali bölib ötdi. Unda 40 ga yaqin mamlakat vakillari qatnaşdi.
29-30 avgust. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida», «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti töğrisida» qonunlar qabul qilindi.
29 avgust. «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni ta'sis etildi.
Avgust. Farğona viloyatining Beşariq tumanida «Beşteks» Özbekiston — Germaniya qöşma korxonasi işga tuşirildi.
12 sentyabr. Nukusda ş.ning 70 yilligi nişonlandi va şahar «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Oktyabr. Toşkentdagi «Osiyo Granit» korxonasi hududida quriliş materiallari işlab çiqaruvçi Avstriya — Özbekiston qöşma korxonasi işga tuşdi.
15 noyabr. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston liberaldemokratik partiyasining ta'sis syezdi bölib ötdi. Unda partiya ustavi va dasturi tasdiqlandi. Partiyaning «XXI asr» haftalik gazetasi ta'sis etildi.
Noyabr. Termiz şahrida «Termiz— Xayraton» köprigi oldida «Ayritom» bojxona majmui işga tuşirildi.
27 noyabr. Buxoro şahrida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq Ğijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nişonlandi.
3 dekabr. Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topşirildi.
3 dekabr. Andijon viloyatiga Amir Temur ordenini topşiriş marosimi bölib ötdi.
2004 yil - «Mehr va muruvvat yili»
1 yanvar. Toşkentda Şanxay Hamkorlik Taşkiloti (ŞHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qömitasi faoliyat körsata boşladi.
27 yanvar. «Mehr va muruvvat yili» davlat dasturi töğrisida» Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
12 mart. Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan köprik foydalanişga topşirildi.
18 mart. Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida Özbekiston —Turkiya «YADEM tekstil» qöşma korxonasining tantanali oçiliş marosimi böldi.
23 mart. Toşkentda buyuk ozarbayjon şoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining oçiliş marosimi böldi.
25 mart. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini nişonlaş haqida» qaror qabul qildi.
26 mart. Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi taşkil topdi.
27 mart. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti taşkil etildi.
30 mart. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti asosida Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti taşkil etildi.
Z aprel. Orolböyi genofondini muhofaza qiliş xayriya jamğarmasini taşkil etişga qaror qilindi.
5 aprel. Toşkentda «Ta'lim — kelajakka yönaltirilgan sarmoya» mavzuida mintaqaviy konferensiya bölib ötdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik taşkiloti hamkorligida taşkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari ta'lim vazirliklari rahbarlari iştirok etdilar.
29-30 aprel. 2-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida «Özbekiston Respublikasining «Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida», «Siyosiy partiyalarni moliyalaştiriş töğrisida»gi qonunlar qabul qilindi.
21 may. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2004—2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantiriş davlat umummilliy dasturi töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
17 iyun. Toşkentda Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti bölib ötdi.
7 iyul. Özbekiston savdo-sanoat palatasi taşkil etildi.
13 iyul. Liviya poytaxti Tripoli şahrida yakunlangan şaxmat böyiça jahon çempionatida özbek şaxmatçisi, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon çempioni unvoniga sazovor böldi.
Avgust. Xorazm viloyatida «Boğottekstil» va «Şovotteks» qöşma korxonasi işga tuşirildi.
26 avgust. Afinadagi Olimpiada musobaqalarida özbekistonlik kuraşçi Aleksandr Dokturişvili yunon-rum kuraşi böyiça, Artur Taymazov esa (28 avgustda) erkin kuraş böyiça 28-Olimpiada öyinlari çempioni böldi, Magomed Ibragimov (29 avgustda) kumuş medal bilan taqdirlandi.
31 avgust. Özbekiston tasviriy san'at galereyasi foydalanişga topşirildi.
27 sentyabr. Madaniyat işlari vazirligi va Davlat sport qömitasi negizida Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi taşkil etildi.
11 oktyabr. Özbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyuşmasi taşkil etildi.
15 oktyabr. Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri davlat qömitasi taşkil qilindi.
25 oktyabr. Samarqand şahrida Jahon sayyohlik taşkilotining «Buyuk ipak yöli» deb nomlanuvçi vakolatxonasi oçildi.
28 oktyabr. Toşkentda Şanxay Hamkorlik Taşkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
26 dekabr (va 2005 yil 9 yanvar). Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovlar bölib ötdi.
2004 - «Sen yolğiz emassan» jamğarmasi taşkil etildi.
2005 yil. «Sihat-salomatlik yili»
17—20 yanvar. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar bölib ötdi.
25 yanvar. «Sihat-salomatlik yili» davlat dasturi töğrisida» Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Mart. Toşkent viloyatida «Bursel— Toşkent tekstil» qöşma korxonasi işga tuşirildi.
12—13 may. Andijon şahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
May. «Toşguzar—Boysun— Qumqörgon» temir yöl magistralining ikkinçi bosqiçi — «Qumqörğon—Boysun» yönalişi işga tuşirildi.
May. Çirçiq şahrida «Barkamol avlod» sport öyinlari bölib ötdi.
May. Özbekiston Poçta va telekommunikatsiyalar agentligi Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligiga aylantirildi.
29 iyul. 1- va 2-ToşTI negizida Toşkent tibbiyot akademiyasi taşkil etildi.
1 avgust. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasida ölim jazosini bekor qiliş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
30 avgust. Toşkent şahrining Eski şahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boği qayta oçildi. Özbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanişga topşirildi.
Avgust. Toşkentdagi Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasida «Il»ning yangi avlodi — «Il—76 TD90 VD» samolyoti çiqarila boşlandi.
1 sentyabr. Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
5 sentyabr. Toşkent — Buxoro yönalişida tezyurar yölovçi taşuvçi elektr-poyezdi qatnay boşladi.
9 sentyabr. Özbekiston Respublikasi bilan XXR örtasida «Döstlik va hamkorlikning şerikçilik munosabatlari töğrisida»gi Şartnoma (Pekin, 2005 yil 25 may) ratifikatsiya qilindi.
11 — 12 sentyabr. Özbekiston Tuproqşunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi bölib ötdi.
5—6 noyabr. Toşkentning «Özbekiston» sport majmuasida badiiy gimnastika böyiça jahon kubogi bosqiçi — «Şarq gözali—2005» xalqaro turniri bölib ötdi.
9 noyabr. «Marğilon şahrining 2000 yilligini nişonlaş töğrisida» Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
14 noyabr. Moskva şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov va Rossiya Prezidenti V.Putin Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasida Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzoladilar.
26-27 noyabr. Toşkent şahridagi «Özbekiston» sport majmuasida kuraş böyiça 5-jahon çempionati bölib ötdi.
29 noyabr. Toşkent şahrida Kuraş xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi bölib ötdi.
Noyabr. Möynoq tumanida yangi «Şarqiy Berdaq» gaz koni oçildi.
Noyabr. Farğona şahri aeroportidan «Farğona — Moskva — Farğona» yönalişi böyiça samolyotlar qatnovi yölga qöyildi.
Noyabr. Toşkent şahrida «Yugnakiy» yoşlar sport majmuasi oçildi.
28 dekabr. Toşkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali oçildi (Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).
2006 yil - «Homiylar va şifokorlar yili»
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЙИЛНОМАСИ
1991 йил
31 август. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг навбатдан ташқари 6-сессиясида Ўзбекистоннинг давлат мустакиллиги эълон қилиниб, Республиканинг давлат мустақиллиги тўғрисида Олий Кенгашнинг Баёноти қабул қилинди. Тегишли қарор билан Ўзбекистон ССР Ўзбекистон Республикаси деб аталди. 1 сентябрь Мустакиллик куни деб белгиланди. Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллиги асослари тўғрисида қонун қабул қилинди.
1 сентябрь. Ўзбекистон Республикасининг Мустақиллик куни — умумхалқ байрами.
1 сентябрь. Тошкентдаги Марказий майдонни Мустақиллик майдони деб аташ ҳақида Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони эълон қилинди.
1 сентябрь. «Совет Ўзбекистони» газетаси «Ўзбекистон овози» номи билан чоп этила бошлади.
1 сентябрь. «Оила ва жамият» газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
6 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Мудофаа ишлари вазирлиги ташкил этилди.
7 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий фаолият миллий банки ташкил этилди.
14 сентябрь. Тошкентда Ўзбекистон коммунистик партиясининг охирги фавқулодда 23-съезди бўлиб, унда КПСС таркибидан чиқиш ва сифат жиҳатидан янги сиёсий ташкилот — Ўзбекистон Халқ демократик партияси (Ўзбекистон ХДП) ни тузиш ҳақидаги Баёнот қабул қилинди.
26 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Миллий хавфсизлик хизмати тузилди.
26 сентябрь. Тошкентда Жаҳон ўзбеклари (туркистонликлар)нинг халқаро анжумани ўтказилди.
28 сентябрь. Тошкентдаги Ўзбекистон Миллий боғида Алишер Навоий ҳайкали ва унинг номи билан аталадиган катта боғнинг очилиш маросими бўлиб ўтди.
30 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг навбатдан ташқари 7-сессиясида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллиги асослари тўғрисидаги қонунга конституциявийлик мақомини бериш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси қонуни қабул қилинди. Инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари тўғрисида Декларация ратификация этилди.
Сентябрь. Тошкент шаҳрида «Ўзбек савдо уйи» ташкил топди.
24 октябрь. Ўзбекистон Республикаси Божхона қўмитаси тузилди.
Октябрь. Португалиянинг Порту шаҳрида ўтказилган пианиночиларнинг халқаро танловида Ўзбекистон Республикаси биринчи марта мустақил давлат сифатида иштирок этди. Ўзбекистонлик ёш мусиқачи Улуғбек Полвонов ушбу кўрик совриндори бўлди.
1 ноябрь. Тошкентда Ўзбекистон Халқ демократик партиясининг 1-таъсис қурултойи бўлиб ўтди (15 ноябрда рўйхатга олинган).
18 ноябрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 8-сессиясида «Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида»ги қонун қабул қилинди.
29 ноябрь. Тошкентда Ўзбекистон халқ артисти Сулаймон Юдаков мемориал музейи очилди.
25 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Жаҳон интеллектуал мулк ташкилотига аъзо бўлди.
29 декабрь. Республиканинг давлат мустақиллиги тўғрисида умумхалқ референдуми ва Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови бўлиб ўтди. Ўзбекистон халқи республика Олий Кенгаши эълон қилган Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллигини маъқуллади. Биринчи марта яширин овоз бериш йўли билан ўтказилган тўғридантўғри умумий ва альтернатив асосдаги сайловда И.А.Каримов Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб сайланди.
1991 - Тошкент кимё-технология институти ташкил этилди.
1991 - Тошкент юридик институти ташкил этилди.
1991 - Судочье давлат орнитология буюртма қўриқхонаси ташкил этилди.
1991 - Имом Бухорийнинг 4 жилдли ҳадислари тўплами — «Саҳиҳи Бухорий» («Ишончли тўплам») ўзбек тилига таржима қилиниб, ҳозирги «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти томонидан 1-жилди илк бор нашр этилди (2-жилди - 1996, 3-жилди - 1994, 4-жилди — 1992 йилда чиқди; 2-нашри 1997 йилда чоп этилди).
1991 - «Сўғдиёна» ўзбек халқ чолғулари камер оркестри ташкил этилди.
1991 - Қуръони карим илк бор ўзбек тилида (Алоуддин Мансур таржимаси) нашр этилди (Абдулазиз Мансур таржимаси — 2001 йил, илмий-тарихий изоҳлари билан Муталлиб Усмон ва бошқалар таржимаси — 2004 йил).
1991 - Сайғоқларни ва улар кўпаядиган ҳудудларни муҳофаза қилиш мақсадида «Сайғоқли» давлат буюртма қўриқхонаси ташкил этилди.
1991 - «Ёш гвардия» театри Аброр Ҳидоятов номидаги ўзбек давлат драма театри номи билан аталди.
1991 - Навоий вилояти Навбаҳор туманидаги Қоратов тоғида Сармич давлат буюртма қўриқхонаси ташкил этилди.
1992 йил
1 январь. «Туркистон» ижтимоий-сиёсий газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
2 январь. Ўзбекистон Республикаси ХХР билан дипломатик алоқа ўрнатди.
8 январь. Ўзбекистон Республикаси телевидение ва радиоэшиттиришлар давлат комитети Ўзбекистон давлат телерадиоэшиттиришлар компаниясига айлантирилди.
8 январь. Ўзбекистон Республикаси Прокуратураси тузилди. «Прокуратура тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси қонунининг янги таҳрири асосида (2001 йил 29 август) Ўзбекистон Республикаси Прокуратураси Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасига айлантирилди.
13 январь. Тошкентда Республика байналмилал маданият маркази ташкил қилинди.
14 январь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг «Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлашган ҳарбий қисмлар ва ҳарбий ўқув муассасалари тўғрисида»ги қарори асосида Ўзбекистоннинг ўз Қуролли Кучлари ташкил этилди. Ҳарбий қўшилмалар, бирлашмалар, ҳарбий ўқув юртлари, муассасалар, ташкилотлар, республика ҳудудида жойлашган бошқа ҳарбий қисмлар Ўзбекистон Республикаси назоратига олинди. 1994 йилдан шу сана Ватан ҳимоячилари куни сифатида байрам қилинади (Вазирлар Маҳкамасининг 1993 йил 29 декабрь қарорига кўра).
16 январь. «Нархларни либераллаштириш чоралари тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори эълон қилинди.
21 январь. Тошкентда Ўзбекистон Миллий олимпиада қўмитаси ташкил топди.
26 январь. Қорақалпоқ университетига Бердақ номи берилди.
26 январь. Ўзбекистон Япония билан дипломатик алоқа ўрнатди.
27 январь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши «Ўзбекистон Республикаси таркибида Навоий вилоятини тиклаш тўғрисида» қарор қабул қилди.
28 январь. Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонига кўра «Ўзбекистон ҳаво йўллари миллий авиакомпанияси» ташкил этилди.
30 январь. Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси ташкил қилинди.
30 январь. Ўзбекистон Европа Хавфсизлик ва Ҳамкорлик Ташкилоти (ЕХҲТ) га қабул қилинди.
6 февраль. Ўзбекистон Республикаси дон маҳсулотлари давлат концерни («Ўздонмаҳсулот») ташкил этилди.
6 февраль. Ўзбекистонда етакчи информацион агентлик Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги (ЎзА) га айлантирилди.
10 февраль. Ўзбекистон Республикаси давлат мулкини бошқариш ва хусусийлаштириш қўмитаси (Давлат мулки қўмитаси) ташкил этилди (2005 йил 4 майдан Ўзбекистон Республикаси Давлат мулкини бошқариш давлат қўмитаси деб аталди).
12 февраль. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси Инсон ҳуқуқлари миллий қўмитасининг таъсис конференцияси бўлиб ўтди.
14 февраль. Ўзбекистон Қуролли кучлари таркибида Мамлакатни ҳаво ҳужумидан мудофаа қилиш қўшинлари тузилди.
19 февраль. Ўзбекистон АҚШ билан дипломатик алоқа ўрнатди.
21 февраль. Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқалар вазирлиги ташкил этилди.
28 февраль. Андижон вилоятининг Куйганёр шаҳарчасида Андижон пахтачилик институти негизида Андижон қишлоқ хўжалиги институти ташкил этилди.
Февраль. «Зарафшон-Ньюмонт» Ўзбекистон — АҚШ қўшма корхонасини ташкил қилиш тўғрисида шартнома имзоланди.
2 март. Ўзбекистон Республикаси Бирлашган Миллатлар Ташкилоти (БМТ) аъзолигига қабул қилинди.
6 март. Ўзбекистон ГФР билан дипломатик алоқа ўрнатди.
15 март. Хоразм педагогика институти негизида Ал-Хоразмий номидаги Урганч давлат университети ташкил этилди.
15 март. Андижон педагогика институти негизида Заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги Андижон давлат университети ташкил этилди.
15 март. Бухоро педагогика институти негизида Файзулла Хўжаев номидаги Бухоро давлат университети ташкил этилди.
15 март. Тошкент педагогика институтининг Навоий филиали негизида Навоий педагогика институти ташкил этилди.
15 март. Термиз педагогика институти негизида Термиз давлат университети ташкил этилди.
15 март. Наманган муҳандисликиқтисодиёт институти ташкил этилди.
15 март. Қарши педагогика институти негизида Қарши давлат университети ташкил этилди.
15 март. Жиззах политехника институти ташкил этилди.
16 март. Тошкентда АҚШнинг Ўзбекистондаги элчихонаси очилди.
18 март. Ўзбекистон Ҳиндистон билан дипломатик алоқа ўрнатди.
20 март. Ўзбекистон Россия Федерацияси билан дипломатик алоқа ўрнатди.
22 март. Ўзбекистон Халқаро Олимпиада қўмитасига аъзо бўлди.
24 март. Ўзбекистон Республикаси Чегара қўшинлари тузилди.
27 март. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Рўза ҳайити ва Қурбон ҳайити 1-кунларини дам олиш куни деб эълон қилиш тўғрисидаги фармони эълон қилинди.
31 март. Ўзбекистон Республикаси Олий аттестация комиссияси тузилди.
Март. «Осиё континентал» халқаро савдо уйи ташкил топди; Ўзбекистон Халқаро стандартлаштириш ташкилотига аъзо бўлди.
27 апрель. Ўзбекистон Халқаро валюта фондига аъзо бўлди.
28 апрель. Тошкентда Туркия Республикаси элчихонаси очилди.
30 апрель. Ўзбекистон Республикаси Европа Тикланиш ва тараққиёт бан-кига аъзо бўлди.
Апрель. Самарқандда «Интеросиё—92» Халқаро кўргазмаси бўлиб ўтди. Унда қарийб 30 давлат вакилларининг қўшма ҳамда хусусий корхона ва фирмалари ўз маҳсулотларини намойиш этдилар.
5 май. Республика савдо вазирлиги «Ўзбексавдо» Ўзбекистон давлат акциядорлик ассоциациясига айлантирилди.
7 май. Тошкентда Ўзбекистон биринчи почта маркасининг такдимот маросими бўлиб ўтди.
11-14 май. Тошкентда «Ўрта Осиё ва жаҳон цивилизацияси» мавзуида халқаро конференция бўлиб ўтди.
15 май. Тошкент чет тиллар педагогика институти ва Республика рус тили ва адабиёти институти негизида Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети ташкил этилди.
23 май. Шоир ва мутафаккир Машраб таваллудининг 350 йиллиги муносабати билан Наманганда Бобораҳим Машраб музейи ва ҳайкалининг тантанали очилиш маросими бўлди.
23 май. «Наврўз» хайрия жамғармасини тузиш тўғрисида» Президент фармони чиқди.
Май. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг «Адолат» нашриёти ташкил этилди.
9-10 июнь. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси минерал ресурсларини ўзлаштириш масалалари бўйича Халқаро симпозиум бўлиб ўтди.
22 июнь. «Биржалар ва биржа фаолияти тўғрисида»ги қонун қабул қи-линди.
28 июнь. Тошкентда Покистон Ислом Республикаси элчихонаси очилди.
2—3 июль. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 10-сессиясида «Ўзбекистон Республикасининг давлат герби тўғрисида», «Байрам кунлари тўғрисида»ги қонунлар қабул қилинди.
3 июль. Ўзбекистон Республикаси Мудофаа ишлари вазирлиги Мудофаа вазирлигига айлантирилди.
13 июль. Ўзбекистон Республикаси Халқаро меҳнат ташкилоти (ХМТ)га қабул қилинди.
5 август. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Истиқболни белгилаш ва статистика давлат қўмитаси (Ўзистиқболстат) ташкил этилди.
7 август. Тошкент авиация ишлаб чиқариш бирлашмасида ИЛ-114 самолётининг биринчи синов парвози бўлди.
10 август. Ўзбекистон Республикаси давлат божхона қўмитаси ташкил этилди.
Август. Шаҳрисабзда Амир Темур хотирасига бағишланган ўзбек миллий кураши бўйича биринчи халқаро мусобақалар бўлиб ўтди.
4 сентябрь. Ўзбекистон Халқаро геология иттифоқига қабул қилинди.
23 сентябрь. Тошкентда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети ташкил этилди.
8—15 октябрь. Тошкентда Осиё, Африка ва Лотин Америкаси мамлакатларининг 11 -Халқаро кинофестивали бўлиб ўтди.
15 октябрь. Тошкентда Хитой элчихонаси очилди.
Октябрь. Ўзбекистон Республикаси Парламентлараро иттифоқнинг аъзоси бўлди.
Октябрь. Тошкентда космик алоқа халқаро телефон станцияси ишга тушди, у «Интелсат» алоқа йўлдоши орқали Ер юзининг исталган нуқтаси билан боғланиш имконини беради.
5 ноябрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Сельхозмаш» концерни ва «ДЭУкорпорейшн» корпорацияси билан ҳамкорликда автомобиллар ишлаб чиқарувчи «ЎзДЭУавто» қўшма корхонасини ташкил этиш тўғрисида қарор қабул қилди.
16 ноябрь. Тошкентда Бирлашган Миллатлар Ташкилоти билан Ўзбекистон Республикаси ҳукумати ўртасида Ўзбекистонда БМТ ваколатхонасини очиш тўғрисида Битим имзоланди (1993 йил 24 августда расман очилди).
23—26 ноябрь. Тошкентда эркин кураш бўйича Ўзбекистон Республикаси биринчи чемпионати бўлиб ўтди.
Ноябрь. Ўзбекистон журналистлар уюшмаси Халқаро журналистлар ташкилотига қабул қилинди.
Ноябрь. Бухорода темирчилик маҳорати музейи очилди.
8 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 11-сессиясида Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси қабул қилинди (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида қабул қилинган 2003 йил 24 апрелдаги Ўзбекистон Республикасининг қонунига мувофиқ Конституциянинг XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига тузатиш ва қўшимчалар киритилди). 8 декабрь — Ўзбекистон Конституцияси қабул қилинган кун умумхалқ байрами сифатида нишонланадиган бўлди.
10 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳиясини тасдиқлади.
12декабрь. Нукус шаҳрининг 60 йиллиги нишонланди.
14 декабрь. Қорақалпоғистон Республикаси Давлат байроғи тасдиқланди.
23 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Жаҳон метеорология ташкилотига аъзо бўлди.
23 декабрь. «Ўзбекнефтгаз» миллий корпорацияси ташкил этилди.
28 декабрь. Имом ал-Бухорий халқаро жамғармаси тузилди.
1992 - «Ўзбекистон маркаси» нашриёт маркази ташкил этилди.
1992 - Андижон шаҳрида Бобур миллий боғи — «Боғи Бобур» ёдгорлик мажмуи барпо қилинди.
1992 - Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузурида Гидрометеорология Бош бошқармаси — «Бошгидромет» ташкил этилди.
1992 - «Коинот» ишлаб чиқариш бирлашмаси ташкил этилди.
1992 - Ўзбекистон кураш федерацияси ташкил этилди.
1992 - Навоий вилоят ўлкашунослик музейи ташкил этилди.
1992 - «Ўздунробита» Ўзбекистон — Америка қўшма корхонаси ишга тушди.
1992 - Ўзбекистон теннис федерацияси тузилди ва ITFга аъзо бўлди.
1992 - Халқ банки ташкил этилди (1995 йил 28.04.да ҳукуматнинг махсус қарори билан Ўзбекистон Республикаси давлат тижорат халқ банки деб номланди).
1993 йил
8 январь. Ўзбекистон автомобиль транспорти («Ўзавтотранс») Давлат акциядорлик корпорацияси ташкил этилди.
5 февраль. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Ўзбекистон Республикаси Олий ўқув юртлари учун абитуриентларни тест усулида танлаб олиш тўғрисида» қарор қабул қилди.
10 февраль. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси Халқаро почтамти тузилди.
11 февраль. Китоб баланд тоғ расадхонаси мажмуаси ташкил этилди.
2 март. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Наврўз — умумхалқ байрами» қарори қабул қилинди.
4 апрель. Жиззах вилоятида Ўзбекистонда биринчи йирик темир рудаси кони очилди.
9 апрель. Нукусда Қорақалпоғистон Олий Кенгашининг 12-сессиясида Қорақалпоғистон Республикаси Конституцияси, Давлат герби қабул қилинди.
20 апрель. Тошкентда 30 мамлакатнинг миллий фирма, банк ва компаниялари раҳбарлари иштирокида Бутунжаҳон Иқтисодий анжумани бўлиб ўтди.
23 апрель. «Соғлом авлод учун» хайрия жамғармаси тузилди.
23 апрель. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йилда буюк олим Муҳаммад Тарағай Улуғбекнинг 600 йиллик юбилейини ўтказиш тўғрисида қарори қабул қилинди.
28 апрель. «Ўздеҳқонсаноатбанк» негизида «Тадбиркорбанк» йирик акциядорлик банки ташкил этилди.
30 апрель. Тошкентда Германия элчихонаси очилди.
Апрель. Фарғона шаҳрида Ўзбекистон талабаларининг биринчи фестивали бўлиб ўтди. Унда 54 олий ўқув юрти вакиллари иштирок этди.
Апрель. «ЕвроЎз» Ўзбекистон — Германия қўшма мебель корхонаси ташкил этилди.
6 май. «Суғурта тўғрисида», «Сув ва сувдан фойдаланиш тўғрисида», «Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси қонунлари қабул қилинди.
7 май. I ва II даражали «Соғлом авлод учун» ордени таъсис этилди.
13—14 май. Тошкентда «Бозор иқтисодиётининг ривожланиш тамойиллари» мавзуида биринчи Халқаро симпозиум бўлиб ўтди.
27 май. Тошкентда Б.Зокиров номидаги жаз-оркестрининг тақдимот маросими бўлиб ўтди.
Май. Тошкентда Ўзбекистонда биринчи марта шоли мойи чиқиндисидан кир совун ишлаб чиқарувчи «Тэдоган» ўзбеккорейс қўшма корхонаси ишга тушди.
Май. Нукусда Туркиянинг «Язекс» корпорацияси ёрдамида бунёд этилган «Катэкс» тўқимачилик мажмуи ишга тушди.
Май. Тошкентда Орол ва Оролбўйи муаммолари бўйича дастлабки Халқаро тадқиқотлар лойиҳаси имзоланди.
11 июнь. Чатқол давлат табиий биосфера қўриқхонаси ЮНЕСКО муҳофазасига олинди.
27 июнь. «Тараққий» газетаси 1 -сони чиққан 27 июнь (1906) санаси Ўзбекистонда Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни сифатида нишонланадиган бўлди.
Июнь. Самарқандда Ўзбекистон Фанлар академиясининг бўлими очилди.
30 июль. Ўзбекистон Республикаси Президенти «Тўрткўл шаҳрининг 120 йиллигини нишонлаш тўғрисида» фармон чиқарди.
Июль. Тошкентда Ўзбекистон Геология миллий қўмитаси ташкил этилди.
13 август. Абдулла Қодирий жамғармаси рўйхатдан ўтди.
17 август. Республика «Маҳалла» хайрия жамғармаси рўйхатдан ўтди.
31 август. Тошкентда Амир Темур ҳайкали очилди.
Август. Уч юз километрли Дамхўжа— Навоий—Бухоро сув йўли қуриб битказилди.
Август. Тошкентда «Таълим, бандлик ва инсон ресурсларини ривожлантириш» шиори остида ЮНЕСКОнинг Халқаро семинари бўлиб ўтди.
1 сентябрь. Тошкентда Улуғбек ҳайкали очилди.
2—3 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 13-сессиясида «Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жорий этиш тўтрисида» қонун қабул қилинди (1995 йил май ойидаги Олий Мажлиснинг 2-сессиясида мазкур қонунга ўзгартиришлар киритилди).
4 сентябрь. Тошкентда «Туркистон» саройининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.
3—5 сентябрь. Тошкентда Осиё ва Тинч океан региони мамлакатларининг таэквондо бўйича биринчи чемпионати бўлиб ўтди. Ўзбекистон жамоаси базавий техникани намойиш қилиш бўйича мусобақаларда биринчи ўринни эгаллади.
9 сентябрь. Алишер Навоий жамғармаси рўйхатдан ўтди.
10 сентябрь. Тошкентдаги «Баҳор» конперт залида Мукаррама Турғунбоева музейи очилди.
16 сентябрь. Бухорода буюк мутафаккир баҳоуддин Нақшбанд таваллудининг 675 йиллиги кенг нишонланди.
20 сентябрь. «Экосан» халқаро Ўзбекистон экология ва саломатлик жамғармаси рўйхатдан ўтди.
26—28 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов БМТ Бош Ассамблеясининг 48-сессиясида иштирок этиб, нутқ сўзлади.
Сентябрь. Тошкентда Халқаро валюта фондининг доимий ваколатхонаси очилди.
Сентябрь. Ўзбекистон Халқаро молия корпорацияси (ХМК) аъзолигига қабул қилинди.
Сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Миллий олимпиада қўмитаси Халқаро олимпиада қўмитаси томонидан тан олинди (1995 йил апрелдан тенг ҳуқуқли аъзоси).
26 октябрь. ЮНЕСКО нинг Париждаги кароргоҳида Ўзбекистонни ЮНЕСКОга аъзоликка қабул қилиш маросими бўлиб ўтди.
30 октябрь. Тошкентда тасаввуфнинг машҳур намояндаларидан бири, шоир Хожа Аҳмад Яссавий меросига бағишланган халқаро илмий-маърифий конференция очилди.
Октябрь. Ўзбекистон Илмий уюшмалар халқаро кенгашининг тўла ҳуқуқли аъзоси бўлди.
4 ноябрь. Тошкентда Ўзбекистон Фанлар академияси ташкил этилганлигининг 50 йиллигига бағишланган Халқаро илмий конференция бўлиб ўтди.
22 ноябрь. «Ўзбекистон Республикаси қуролли Кучлари ҳарбий қисмининг Жанговар байроғи тўғрисида»ги фармон имзоланиб, қуролли Кучлар Жанговар байроғининг ягона намунаси тасдиқланди.
23 ноябрь. Тошкентдаги республика Ўқитувчилар уйи қошида Ўзбекистон Халқ таълими тарихи музейи очилди;
23 ноябрь. Қорақалпоғистоннинг биринчи пойтахти — Тўрткўлда шаҳарнинг 120 йиллигига бағишланган тантаналар бўлиб ўтди.
4 декабрь. Қорақалпоғистон Республикаси Давлат мадҳияси тасдиқланди.
18 декабрь. Андижонда буюк саркарда ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 510 йиллиги нишонланди ва унга ҳайкал ўрнатилди.
18 декабрь. Халқаро ФИФА ташкилотининг Лас-Вегас шаҳрида бўлиб ўтган конференциясида Ўзбекистон Миллий футбол федерацияси ушбу футбол ассоциацияси аъзолигига қабул қилинди.
23 декабрь. Бобур номидаги халқаро жамғарма рўйхатдан ўтди.
1993 - Ўзбекистон Республикаси мудофаа Вазирлигининг Марказий ҳарбий спорт клуби ташкил этилди.
1993 - Фарғона вилоят давлат қўғирчоқ театри ташкил этилди.
1993 - Хоразм вилоят давлат қўғирчоқ театри ташкил этилди.
1993 - «Фарминдустрия» концерни (ҳозирги «Ўзфармсаноат» давлат концерни) ташкил этилди.
1993 - Ўзбекистон Жаҳон туристик ташкилоти (WTO) га аъзо бўлди.
1994 йил
6 январь. Муборак газни қайта ишлаш заводида янги 14-блок ишга туширилди.
6 январь. «Тошкент—Жиззах» электр поезди қатнови йўлга қўйилди.
25 январь. Тошкентда Европа ва Осиё мамлакатлари саноатчилар ва ишбилармонлар халқаро конгресси кенгашининг йиғилиши иш бошлади.
4 февраль. Ўзбекистон Автомобиль транспорти халқаро уюшмасига аъзо бўлди.
11 февраль. Нукусда Орол муаммосига багашланган халқаро анжуман бўлиб ўтди.
24 февраль. Норвегиянинг Лиллихаммер стадионида 17-қишки Олимпиадада ҳамюртимиз Лина Черязова фристайл бўйича олимпиада чемпиони бўлди.
15 март. Қашқадарё вилоят давлат қўғирчоқ театри ташкил этилди.
19 март. Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонига биноан 1994 йил «Мирзо Улуғбек йили» деб эълон қилинди.
Март. Бухоро вилоятининг Когон шаҳрида графит-гипс комбинатининг биринчи навбати ишга туширилди.
8 апрель. «Тошкент» Республика фонд биржаси ташкил этилди (биржа 1995 йилдан «Евросиё» фонд биржалари федерациясига, 2001 йилдан МДҲ биржалари ассоциациясига аъзо).
8 апрель. Ўзбекистон Республикаси товар-хом ашё биржаси ташкил этилди.
13 апрель. «Ўзбекинвест» экспортимпорт миллий суғурта компанияси ташкил этилди.
23 апрель. Ўзбекистон Республикаси Президенти «Республика Маънавият ва маърифат» жамоатчилик маркази ташкил қилиш тўғрисида» фармон чиқарди.
Апрель. Ўзбекистон Республикаси жаҳон почта иттифоқига аъзо бўлди.
Апрель. Узунлиги 94 км бўлган Газли — Нукус газ қувурининг биринчи навбати ишга туширилди.
5 май. Ўзбекистоннинг олий даражадаги унвони — «Ўзбекистон Қаҳрамони» таъсис этилди.
5 май. «Мустақиллик», «Дўстлик» орденлари, «Жасорат», «Шуҳрат» медаллари таъсис этилди.
12 май. «Савдогарбанк» акциядорлик тижорат банки ташкил этилди.
24 май. Тошкентда Қозоғистон Республикаси элчихонаси очилди.
30 май. Тошкентда биринчи марта «Президент кубоги» учун халқаро теннис мусобақаси бўлиб ўтди.
Май. «Андижонирмаш» заводи негизида ташкил этилган «ЎзЭКС» Ўзбекистон—Россия қўшма корхонаси дастлабки беш экскаваторни тайёрлади.
Май. Нукусда Ўзбекистон Фанлар Академиясининг Қорақалпоғистон бўлими таркибида Биоэкология илмийтадқиқот институти очилди.
8 июнь. Ўзбекистонда биринчи «Вақт» миллий депозитарийси — очиқ турдаги акциядорлик жамияти шаклида ташкил этилди.
21 июнь. «Трастбанк» акциядорлик биржа банки ташкил этилди.
1 июль. Ўзбекистон Республикасининг миллий валютаси — сўм муомалага киритилди.
18 июль. Тошкентда Конрад Аденауэр фонди тақдимоти бўлиб ўтди.
2 август. Тошкентда «Юнусобод» спорт маж-муи очилди (1-навбати —1994 йил, 2-навбати 1997 йил, сув ҳавзаси 2001 йилда қуриб битказилган). Ҳозир «Ўзбекистон» спорт мажмуи номи билан аталади.
Август. Қўнғирот туманида карбид ишлаб чиқарувчи завод, Наманган вилоятининг Уйчи туманида асфальт заводи ишга туширилди.
Август. Тошкентда «Тафаккур» журналининг 1-сони нашрдан чиқди.
Август. «Ғаллабанк» акциядорлик тижорат банки ташкил этилди.
2 сентябрь. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги академияси ташкил этилди.
8 сентябрь. Қатар давлатининг пойтахти Дўҳада бўлиб ўтган ўсмирлар Осиё чемпионатида тошкентлик шахматчи Рустам Қосимжонов олтин медални қўлга киритди.
22—23 сентябрь. Тошкентда 12-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 16-сессиясида «Ер ости бойликлари тўгрисида» қонун қабул қилинди.
22 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси ва Жиноят процессуал кодекси қабул қилинди.
22 сентябрь. Ўзбекистон Республикасининг Олий Мажлиси тўғрисида Конституциявий Қонун қабул қилинди.
24—25 сентябрь. Хоразмда давлат арбоби ва шоир Феруз таваллудининг 150 йиллиги нишонланди.
Сентябрь. Тошкентда Европа ҳамжамиятининг ТАСИС дастури доирасида ишбилармонлик алоқалари Маркази очилди.
Сентябрь. Жиззах шаҳрида «Ўзбекмебель» давлат-акциядорлик бирлашмаси тизимида Жиззах мебель фабрикаси ташкил этилди.
3 октябрь. Тошкентда Жаҳон сайёҳлик ташкилотининг «Ипак йўли» халқаро конференцияси очилди. «Ипак йўли бўйлаб сайёҳлик бўйича Самарқанд декларацияси» қабул қилинди.
6 октябрь. Нукусда буюк олим, машҳур астроном Мирзо Улуғбек ҳайкали очилди.
12 октябрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Ташқи иқтисодий фаолият миллий банкининг галереясини ташкил қилиш тўғрисида»ги қарорига биноан Ўзбекистон Тасвирий санъат галереясига асос солинди (2004 йилда махсус қурилган бинога жойлаштирилди).
13—15 октябрь. Тошкент ва Самарқандда Мирзо Улуғбек таваллудининг 600 йиллик юбилейи тантаналари бўлиб ўтди. Тошкентда «Мирзо Улуғбек ва унинг жаҳон тараққиётига қўшган ҳиссаси» мавзуида халқаро илмий конференция ўтказилди.
14 октябрь. Жиноят-қидирув полицияси (Интерпол) Бош ассамблеясининг 63-сессиясида Ўзбекистон Интерполнинг Халқаро ташкилотига қабул қилинди.
16 октябрь. Япониянинг Хиросима шаҳрида футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси 12-Осиё ўйинлари чемпиони бўлди.
7 ноябрь. «Ўзбекистон темир йўллари» давлат-акциядорлик компанияси ташкил этилди.
8 ноябрь. Самарқанд давлат чет тиллар институти ташкил этилди.
Ноябрь. Элликқалъада «Элтекс» тўқимачилик комбинати ишга туширилди.
6 декабрь. Тошкентда буюк адиб Абдулла Қодирий таваллудининг 100 йиллигига бағишланган тантанали кеча бўлиб ўтди.
19 декабрь. Тошкентда Ўзбекистоннинг Халқаро болалар жамғармаси (ЮНИСЕФ)га аъзо бўлиб кириши тўғрисидаги битим имзоланди.
20 декабрь. Бухорода бинокорлик учун мармар плиталар ишлаб чиқарадиган завод ишга туширилди.
23 декабрь. Тошкент молия-қурилиш корпорацияси ташкил этилди.
25 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳамда халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар кенгашларига сайловларнинг 1-тури бўлиб ўтди.
29 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Амир Темур таваллудининг 660 йиллигини нишонлаш тўғрисида» қарор қабул қилди.
29 декабрь. Ўзбекистон Республикасининг ЮНЕСКО ишлари бўйича Миллий комиссияси ташкил этилди.
Декабрь. «Нукус—Москва» йўналиши бўйича тезюрар поездларнинг мунтазам қатнови бошланди.
1994 - Тошкентда Ўзбекистон — Буюк Британия «ЎзБАТ» қўшма корхонаси ташкил этилди.
1994 - Самарқанд шаҳрида 4 юлдузли «Афросиёб» меҳмонхонаси қуриб битказилди;
1994 - «Ёғду» киностудияси ташкил этилди.
1995 йил
Январь. Тошкентда Халқаро Қизил хоч қўмитасининг Марказий Осиё мамлакатлари учун доимий ваколатхонаси очилди.
8 ва 22 январь. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳамда халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар кенгашларига сайловларнинг 2-, 3-тури бўлиб ўтди.
18 февраль. Тошкентда Ўзбекистон «Адолат» социал-демократик партиясининг биринчи таъсис съезди бўлиб ўтди. Партиянинг Низом ва дастури тасдиқланди.
22 февраль. Ўзбекистон «Адолат» социал-демократик партиясининг «Адолат» газетаси чиқа бошлади.
28 февраль. Ўзбекистон халқаро хусусийлаштириш ва инвестиция банки — «Ўзприватбанк» ўз фаолиятини бошлади.
26 март. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ваколатлари муддатини 1997 йилдан 2000 йилгача узайтиришга бағишланган референдум бўлиб ўтди.
Март. «Тошқишлоқмаш» заводида пичан йиғувчи комбайнлар серияли равишда ишлаб чиқарила бошланди.
Март. Тошкентда «Атроф-муҳитни сақлаб қолиш — Ўрта Осиё давлатлари учун келажак вазифаси» мавзуида халқаро конференция бўлиб ўтди.
19 апрель. Ўзбекистон Республикаси Президенти «Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат ва жамият қурилиш академиясини ташкил қилиш тўғрисида» фармон чиқарди.
Апрель. Тошкентда Республикада биринчи хусусийлаштириш ва инвестициялар бўйича Ўзбекистон халқаро банки («Ўзхусусийбанк») очилди.
19 май. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Исломни тадқиқ қилиш бўйича Халқаро марказ ташкил этиш тўғрисида» қарор қабул қилди.
31 май. Тошкент авиация институти ташкил этилди.
25 май. Мурунтовда «Зарафшон-Ньюмонт» қўшма корхонаси фойдаланишга топширилди.
3 июнь. Ўзбекистон «Миллий тикланиш» демократик партиясининг таъсис қурултойи бўлиб ўтди.
5 июнь. Андижон муҳандислик иқтисодиёт университети ташкил этилди.
10 июнь. «Миллий тикланиш» газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
14—20 июнь. Тошкентда биринчи савдо-саноат ярмаркаси бўлиб ўтди. Унда 85 дан зиёд давлат, акциядорлик, хусусий ва қўшма корхоналар иштирок этди.
Июнь. «Халқ бирлиги» ҳаракати фаолият бошлади.
7 июль. «Қизилқумнодирметаллолтин» давлат концерни (2004 йил 19 майдан Навоий кон-металлургия комбинати) қошида Навоий давлат кончилик институти ташкил этилди.
7 июль. Ўзбекистон Республикасида хусусий тадбиркорлик ва кичик бизнесни қўллаб-қувватлаш фонди - «Бизнесфонд» нодавлат тузилмаси, очиқ турдаги акциядорлик жамияти тузилди.
27 июль. Ихтисослаштирилган акциядорлик тижорат банки — «Пахтабанк» ташкил этилди.
28 июль. Ўзбекистон банклари ассоциацияси ташкил этилди.
Июль. Боғот туманида Буюк Британия билан ҳамкорлиқда тиббиёт момиғи ишлаб чиқарадиган корхона ишга тушди.
Июль. Марғилондаги «Ипакчилик» акциядорлик жамиятида пилла чиқиндиларидан қимматбаҳо ип ишлаб чиқарадиган «Спиннинг-Силк» Ўзбекистон—Италия қўшма корхонаси иш бошлади.
17 август. Қўқонда спирт заводи ишга тушди.
24 август. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Ўзбек тилининг асосий имло қоидалари тўғрисида»ги қарори чиқди.
26 август. Тошкентда Ўзбекистон ҳукумати билан ЮНЕСКО ўртасидаги ҳамкорлик тўғрисида Меморандум имзоланди.
30 август. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 3-сессиясида «Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий суди тўғрисида»ги қонун қабул қилинди.
30 август. «Меҳнат шуҳрати», I ва II даражали «Шон-шараф» орденлари таъсис этилди.
31 август. Ўзбекистон Республикаси Осиё тараққиёт банкига аъзо бўлди.
Август. Ўзбекистон Республикасининг Ҳарбий доктринаси қабул қилинди.
2 сентябрь. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари академиясининг очилиш маросими бўлиб ўтди (Академияни ташкил этиш ҳақидаги қарор 1994 йил 15 августда қабул қилинган).
2 сентябрь. Тошкентда 1-Марказий Осиё ўйинларининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.
7 сентябрь. Ўзбекистон альпинизми тарихида биринчи марта Республика Давлат спорт қўмитаси альпинистлари гуруҳи иккита баланд чўққи — Хонтангри (6995 м) ва Ғалаба (7439 м) чўққиларини забт этишди.
7 сентябрь. Тошкент шаҳрида «Замин» ихтисослаштирилган давлат-акциядорлик ипотека банки ташкил этилди.
14 сентябрь. Тошкент давлат университетига Мирзо Улуғбек номи берилди (2000 йил 28 январдан Ўзбекистон миллий университети).
15—16 сентябрь. Тошкентда Марказий Осиёда хавфсизлик ва ҳамкорлик масалалари бўйича Халқаро семинаркенгаш бўлиб ўтди. Унда БМТ, Европа Хавфсизлик ва Ҳамкорлик кенгаши, Ислом конференцияси ташкилоти, БМТ Хавфсизлик Кенгашида иштирок этувчи мамлакатлар, МДҲга аъзо бўлган мамлакатлар делегациялари, Ўрта Осиё давлатлари ва уларга қўшни бўлган давлатлар вакиллари иштирок этди.
18 сентябрь. Нукусда БМТ раҳнамолигида Орол денгизи ҳавзасидаги давлатларнинг барқарор ривожланиши масалаларига бағишланган халқаро конференция иш бошлади.
21 сентябрь. Қорақалпоғистондаги Урғин газ кони фойдаланишга топширилди.
23 сентябрь. Тошкент вилоятининг Зангиота туманида вино ишлаб чиқарадиган Ўзбекистон—Италия «Фаритал» қўшма корхонасининг очилиш маросими бўлди.
10 октябрь. Тошкентда Европа Хавфсизлик ва Ҳамкорлик ташкилотининг Марказий Осиё давлатлари билан алоқалар бўйича регионал бюроси очилди.
20 октябрь. «Ўзбекистонда театр ва мусиқа санъатини янада ривожлантириш ва рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони чиқди.
24—25 октябрь. Тошкентда БМТнинг Ўзбекистондаги доимий ваколатхонаси билан амалий ҳамкорликда Ўзбекистон халқ усталари ва ҳунармандлари 1-Республика ярмаркаси ўтказилди.
7 ноябрь. Ихтисослаштирилган «Асака» давлат-акциядорлик тижорат банки ташкил этилди.
8 ноябрь. Ўзбекистон Республикаси ташқи ишлар вазирлигининг «Жаҳон» ахборот агентлиги тузилди.
Ноябрь. Тошкентда Ўзбекистон Фанлар Академиясида Хоразмда туғилиб ўсган тилшунос, адиб ва ҳадисшунос олим Абулқосим Замахшарийнинг 920 йиллигига бағишланган илмий конференция бўлиб ўтди.
1 декабрь. Тошкентдаги Санъатшунослик илмий тадқиқот институтида буюк мусаввир Камолиддин Беҳзод таваллудининг 540 йиллигига бағишланган илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.
5 декабрь. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигига бағишланган «Ўзбекистон — Ватаним маним» кўшиқлар кўрик танловини ўтказиш тўғрисида» қарор қабул қилинди.
12 декабрь. Ўзбекистон Республикасининг «Кичик ва хусусий тадбиркорликни ривожлантиришни рағбатлантириш тўғрисида» қонуни эълон қилинди.
21—22 декабрь. Тошкентда 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 4-сессиясида Ўзбекистон Республикасининг «Меҳнат кодекси», «Давлат мукофотлари тўғрисида»ги қонунлари қабул қилинди.
1995 - Улуғ шайх, тасаввуфнинг таниқли вакилларидан бири Нажмиддин Кубро таваллудининг 850 йиллиги кенг нишонланди.
1995 - Амир Темур халқаро хайрия жамғармаси ташкил этилди.
1995 - Ўзбекистон Республикаси Президентининг «1941—45 йиллардаги урушда фашизм устидан қозонилган ғалабанинг 50 йиллигига тайёргарлик кўриш ва уни нишонлаш тўғрисида»ги фармони асосида (1994 йил 16 мартдаги) Ўзбекистон нашриётлари 33 жилдли «Хотира» китоби (кейинчалик унга қўшимча тарзда 2 жилд чиқди) ва Ўзбекистон халқининг уруш милларидаги, уруш ортидаги жасоратлари баён қилинган умумлашма махсус жилд (русча, ўзбекча) нашр этилди.
1996 йил
3 январь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Бухоро шаҳрининг 2500 йиллик юбилейига тайёргарлик кўриш ва уни нишонлаш тўғрисида» ва «Хива шаҳрининг 2500 йиллик юбилейига тайёргарлик кўриш ва уни нишонлаш тўғрисида» қарорлар қабул қилди.
9 январь. Ўзбекистонда маълумотларни узатиш Республика компьютер тармоғи «Ўзпак» фойдаланишга топширилди.
Январь. Тошкентда Алишер Навоий таваллудининг 555 йиллигига бағишланган «Ўзбекистон мустақиллиги ва навоийшунослик истиқболлари» мавзуида илмий-амалий конференция бўлди.
Январь. Тошкентда Ўзбекистон боксчиларининг биринчи республика спартакиадаси бўлиб ўтди.
Январь. «Инсон ва қонун» — Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқий, ижтимоий-оммабоп газетасининг 1-сони нашрдан чиқди (1998 йил январдан мустақил ҳафталик нашрга айлантирилди).
Январь. Ўзбекистон Оқсоқоллар кенгаши ва «Маҳалла» жамғармасининг «Маҳалла» ижтимоий-сиёсий ва маънавий-маърифий газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
6 февраль. Лозанна шаҳрида Халқаро Олимпиада қўмитаси қароргоҳида Олимпиада ҳаракатини ривожлантиришдаги алоҳида хизматлари учун Ўзбекистон Республикаси Президенти И.Каримовга Олимпиада олтин ордени топширилди.
9 февраль. Бухоро вилоятининг Зафаробод шаҳарчасида Навоий конметаллургия комбинати билан россиялик шериклар ҳамкорлигида бензин тозаловчи смола ишлаб чиқарадиган янги кимё-технология корхонаси фойдаланишга топширилди.
Февраль. Осиё—Европа кабелли алоқа магистралининг Ўзбекистон ҳудудидан ўтадиган қисмининг қурилиши бошланди. Умумий узунлиги 19 минг км ли ушбу магистралнинг 885 км Ўзбекистон бўйлаб ўтган (қурилиш 1997 йилда якунланди).
4 март. Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ташкил этилди.
15 март. Парижда «Амир Темур ва темурийлар тўғрисида илмий асарлар библиографияси» китоби чоп этилди.
25 март. Андижон вилоятининг Асака шаҳрида «Дамас» микроавтобусларини ишлаб чиқариш линияси ишга туширилди.
Март. «Андижонирмаш» ирригация машинасозлиги заводи негизида енгил автомобиллар учун ўриндиқлар ишлаб чиқарадиган «Ўзтонг хонг компани» Ўзбекистон—Корея қўшма корхонаси ташкил этилди.
3 апрель. Ўзбекистон Республикаси Марказий банкида Давлат акциядорлик уй-жой жамғарма банки — «Ўзуйжойжамғармабанк» рўйхатга олинди (2005 йил февраль ойидан Ипотека банк).
5 апрель. Тошкентда республикада биринчи «Ўзинвестлойиҳа» инжиниринг компанияси фаолият кўрсата бошлади.
5 апрель. «Ўзбекнаво» гастрольконцерт бирлашмаси (2001 йилдан «Ўзбекнаво» эстрада бирлашмаси) ташкил этилди.
9 апрель. Тошкент, Самарқанд ва хорижий мамлакатларда ЮНЕСКО раҳбарлигида соҳибқирон Амир Темур таваллудининг 660 йиллиги кенг нишонланди.
16 апрель. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси Товар ишлаб чиқарувчилар ва тадбиркорлар палатасининг биринчи таъсис қурултойи бўлиб ўтди.
16 апрель. Германиянинг Гамбург шаҳрида профессионал бокс тарихида биринчи бор Ўзбекистон вакили — тошкентлик спортчи Артур Григорян жаҳон чемпиони бўлди.
17 апрель. «Камолот» жамғармаси таъсис этилди.
20—26 апрель. ЮНЕСКОнинг Париждаги бош қароргоҳида «Темурийлар даврида фан, маданият ва маорифнинг гуллаб-яшнаши» мавзуида илмий конференция ва кўргазма бўлиб ўтди.
23 апрель. Тошкентда ЕХҲТнинг «Марказий Осиё: ЕХҲТ доирасида кенг қамровли хавфсизлик ва минтақавий можаролар» мавзуидаги симпозиуми бўлиб ўтди.
25—26 апрель. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 5-сессиясида Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида», «Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида», «Эркин иқгисодий зоналар тўғрисида», «Ўзбекистон Республикаси давлат хавфсизлиги тўғрисида»ги қонунлари қабул қилинди.
26 апрель. Амир Темур ордени таъсис этилди.
26 апрель. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг қарори билан Ўзбекистон Республикаси Фахрий унвонлари таъсис этилди.
26 апрель. Ўзбекистон Республикаси Давлат табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси ташкил этилди.
29 апрель. «Ўзбеккино» Давлат-акциядорлик компанияси (ҳозирги «Ўзбеккино» миллий агентлиги) тузилди.
Апрель. Бухорода сув сифатини бошқариш бўйича халқаро кенгаш бўлиб ўтди.
Апрель. Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасининг «Қонун ҳимоясида» журналининг 1-сони нашрдан чиқди.
2 май. Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ташкил этилди.
13 май. «Тажан—Сарахс» трансосиё темир йўл магистрали очилди.
15 май. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузурида Монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш қўмитаси ташкил қилинди (2005 йил 2 майдан Ўзбекистон Республикаси Монополиядан чиқариш, рақобат ва тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш давлат қўмитаси).
22 май. Тошкентда жаҳондаги компьютер техникасининг етакчиси - IBM компанияси ваколатхонаси очилди.
Май. Самарқандда «Сунам» Ўзбекистон — Туркия қўшма корхонасининг очилиш маросими бўлиб ўтди.
Май. «Шаҳрихон—Хонобод» йўналиши бўйича поездлар қатнай бошлади.
Май. Тошкентда Ўзбекистон Гидрометеорология хизмати музейи очилди.
25 июнь. «ЎзДЭУавто» Ўзбекистон - Жанубий Корея қўшма корхонасида «Тико» ва «Нексия» автомобиллари ишлаб чиқарадиган линиялар ишга туширилди.
Июнь. Ангрен «Саноаткартонсавдо» акциядорлик жамиятида дастлабки целлюлоза ишлаб чиқарилди.
15—21 июль. Ўзбекистонда биринчи марта оммавий спорт ҳафталиги ўтказилди.
15 июль. Фан ва маданият халқаро жамғармаси тузилди.
19 июль. Андижон вилоятининг Асака шаҳрида енгил автомобиллар ишлаб чиқариш бўйича «ЎзДЭУавто» Ўзбекистон — Жанубий Корея қўшма корхонасининг халқаро тақдимот маросими бўлиб ўтди.
19 июль — 4 август. АҚШнинг Атланта шаҳрида бўлиб ўтган 24-ёзги Олимпиада ўйинларида ҳамюртларимиз биттадан кумуш ва бронза медалларига сазовор бўлишди.
14 август. Нукусда мармар ишлаб чиқариш бўйича қўшма корхона ишга туширилди.
27 август. Янгийўл шаҳрида биокимё заводининг янги корхонасини ишга тушириш муносабати билан тантанали йиғилиш бўлиб ўтди.
28 август. Самарқанд ва Шаҳрисабз шаҳарларини Амир Темур ордени билан мукофотлаш тўғрисида фармон чиқди;
28 август. «Мискин—Тўрткўл» темир йўли қурилиши тугалланди.
29 август. «Буюк хизматлари учун» ордени таъсис этилди.
29 август. Ўзбекистон Республикаси Консуллик устави қабул қилинди.
29—30 август. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 6-сессиясида «Ноширлик фаолияти тўғрисида», «Муаллифлик ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқлар тўғрисида»ги қонунлар қабул қилинди.
30 август. Ўзбекистон Республикаси оммавий ахборот воситаларини демократлаштириш ва қўллаб-қувватлаш ижтимоий-сиёсий жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
1 сентябрь. Тошкент шаҳрида Халқаро Олимпия шон-шуҳрати музейи очилди. Унда Халқаро Олимпиада қўмитаси президенти Хуан Антонио Самаранч иштирок этди.
9 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси «Маънавият ва маърифат» кенгашининг «Маънавият» нашриёти ташкил этилди.
20 сентябрь. Самарқандда қадимий Афросиёб шаҳар харобасида қазиш ишлари олиб борган француз археологлари топилмалари кўргазмаси очилди.
27 сентябрь. Ўзбекистон Болалар жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
Сентябрь. Фарғона нефтни қайта ишлаш заводида замонавий ферсол ва ферлит пластик мойи ишлаб чиқарадиган қурилма ишга туширилди.
Сентябрь. Бухорода Ҳиндистоннинг «Ларсен ТурбоЛТД» фирмаси қурган 430 ўринга мўлжалланган тўрт юлдузли меҳмонхона очилди.
Сентябрь. Андижонда полиэтилен плёнка ишлаб чиқарадиган Ўзбекистон — Туркия қўшма корхонаси тақдимоти бўлди.
Сентябрь. «Тошкент трактор заводи» ишлаб чиқариш бирлашмаси конвейеридан ТТЗ-130 русумли дастлабки тракторлар чиқди.
Сентябрь. Асака шаҳрида «Федеречи-Асака-Макарони» Ўзбекистон—Италия қўшма корхонаси ишга тушди.
Сентябрь. Бухоро вилояти Жондор туманида 13-асрда яшаб ўтган халқ қаҳрамони, саркарда Маҳмуд Торобийга ҳайкал ўрнатилди.
2 октябрь. Ўзбекистон Республикаси Ислом конференцияси ташкилотига аъзо бўлди.
8 октябрь. Ўзбекистон Банклар ассоциацияси республикада биринчи «Банкинформрейтинг» мустақил рейтинг компаниясини таъсис этди.
18 октябрь. Тошкентда Темурийлар тарихи давлат музейи тантанали равишда очилди.
18 октябрь. Самарқанд ва Шаҳрисабз шаҳарларида Соҳибқирон Амир Темур ҳайкали очилди. Ҳар икки шаҳарга «Амир Темур» ордени топширилди;
18 октябрь. Тошкентда «Биржа ва улгуржи савдо» янги ҳафталик газетаси тақдимоти бўлиб ўтди.
21 октябрь. Тошкент шаҳрида Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Туркманистон, Туркия ҳамда Ўзбекистон раҳбарларининг учрашуви бўлиб ўтди ва унда Тошкент Декларацияси имзоланди.
24 октябрь. Ширин ичимликлар ва маъданли сув ишлаб чиқарувчи «Самарқанд-Прага», қўшма корхонаси дастлабки маҳсулотларини чиқарди.
24 октябрь. Тошкент шаҳрида «Амир Темур ва унинг жаҳон тарихида тутган ўрни» мавзуида халқаро конференция бўлиб ўтди.
31 октябрь. Тошкентда «Ёзувчи» газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
31 октябрь. Ўзбекистон Республикаси Инсон ҳуқуқлари бўйича миллий маркази тузилди.
Октябрь. Тошкентда беш юлдузли «Интерконтинентал» меҳмонхонасининг 1-навбати фойдаланишга топширилди.
Октябрь. Ўзбекистон—Италия «Совпластитал» қўшма корхонаси Парижда «Сифат учун Европа Олтин мукофоти»га сазовор бўлди. Бу қўшма корхона сазовор бўлган саккизинчи халқаро мукофотдир.
Октябрь. Тошкентда «Бозор, пул ва кредит» илмий-амалий журналининг 1-сони, шунингдек, Орол денгизи ҳавзаси муаммоларини ёритиш бўйича «Вестник Арала» («Орол ахборотномаси») илмий журналининг илк сони босмадан чиқди.
28 ноябрь. Хивада туркман шоири ва мутафаккири Маҳтумқули ҳайкали очилди.
30 ноябрь. Тошкент вилоятининг Тўйтепа шаҳрида «Кабул-Тўйтепа текстил» Ўзбекистон — Корея қўшма корхонасининг очилиш маросими бўлди.
Ноябрь. Тошкентда «Техноинвест» Ўзбекистон—Швейцария қўшма корхонаси ташкил этилди.
3 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти ташкил этилди.
8 декабрь. Гулистонда «ЎзДЭУавто» қўшма корхонасида ишлаб чиқарилган «Нексия» автомобилларини сотиш бўйича Ўзбекистонда биринчи кимошди савдоси бўлиб ўтди.
13 декабрь. «Ўзбекистоннинг янги тарихи»ни нашрга тайёрлаш ва нашр этиш тўғрисида» қарор қабул қилинди.
20 декабрь. Ўзбекистон Фанлар академиясида Абдурауф Фитрат таваллудининг 110 йиллигига бағишланган тантанали йиғилиш ва илмий конференция бўлиб ўтди.
26—27 декабрь. Тошкентда 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 7-сессиясида Ўзбекистон Республикасининг «Нотариат тўғрисида», «Давлат уй-жой сиёсатининг асослари тўғрисида», «Ўзбекистон Республикаси ташқи сиёсий фаолиятининг асосий принциплари тўғрисида», «Сиёсий партиялар тўғрисида» қонунлари қабул қилинди.
29 декабрь. Тошкент шаҳрининг янги герби тасдиқланди.
30 декабрь. Қашқадарё вилоятидаги Алан конида йилига 5 млрд. куб метр газ ва 200 минг тонна конденсат чиқарадиган қувватлар фойдаланишга топширилди.
Декабрь. Ўзбекистон Фахрийлар кенгаши Ўзбекистон фахрийларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш «Нуроний» жамғармасига айлантирилди.
Декабрь. Нукусда Қорақалпоғистонда биринчи бизнес маркази очилди.
Декабрь. Бухоро вилоятида мармарга ишлов берадиган янги завод ишга туширилди.
Декабрь. Ижтимоий-сиёсий ва ҳуқуқий йўналишдаги «Ҳуррият» мустақил газетаси чиқа бошлади.
Декабрь. Тошкент давлат юридик институти қошида Инсон ҳуқуқлари ва гуманитар ҳуқуқни ўрганиш маркази очилди.
1996 - «Ўзбекистоннинг янги тарихи» маркази ташкил этилди.
1996 - «BUZTEL GSM» («Бакри Ўзбекистон телеком») компанияси таъсис этилди.
1997 йил - «Инсон манфаатлари йили»
3 январь. 1 октябрь «Ўқитувчи ва мураббийлар куни» деб белгиланди.
4 январь. «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган фукаро авиацияси ходими» фахрий унвони таъсис этилди.
7 январь. Иқтидорли ёшларнинг чет элда таълим олишини қўллаб-қувватлаш мақсадида «Умид» жамғармаси ташкил этилди.
17 январь. «Марказий Осиё халқлари маданияти Ассамблеяси» халқаро жамоат ҳаракатини ривожлантириш жамғармаси тузилди.
23 январь. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Бадиий академиясини ташкил этиш тўғрисида»ги фармони эълон қилинди. Ушбу фармонга кўра халқ ҳунармандчилиги, тасвирий ва амалий санъат соҳасидаги энг яхши асарлар учун Камолиддин Беҳзод номидаги Ўзбекистон Республикаси Давлат мукофоти таъсис этилди.
10 февраль. Ҳамширалар ва тиббиёт ходимлари учун мўлжалланган «Ҳамшира» журналининг 1-сони нашрдан чиқди.
21 февраль. «Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпоннинг 100 йиллигини нишонлаш тўғрисида» қарор қабул қилинди.
21 февраль. Мукаррама Турғунбоева номидаги «Ўзбекрақс» миллий рақс бирлашмаси ташкил этилди.
25 февраль. «Ўзагросуғурта» Давлат суғурта компанияси ташкил этилди.
27 февраль. «Жаҳон адабиёти» журнали ташкил этилди.
12 март. Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги илмий-ишлаб чиқариш маркази ташкил этилди.
14 март. «Кафолат» давлат-акциядорлик суғурта компанияси ташкил топди.
20 март. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Ўзбекистон Миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриётини ташкил этиш тўғрисида» қарор чиқарди.
20 март. Тошкент зарбхонаси ишга туширилди.
Март. Фарғона вилоятининг Тошлоқ туманида ташкил этилган «ЎзДЭУ тўқимачилик» қўшма корхонаси дастлабки маҳсулотини берди.
Март.Тошкентда ёш олимлар ва талабаларнинг 3-Республика илмий-амалий конференцияси бўлиб ўтди.
3 апрель. Тошкентда «Пахтакор» футбол жамоаси ташкил этилгани ва шу ном билан аталган стадион ишга тушганлигининг 40 йиллигига бағишланган спорт байрами бўлиб ўтди.
24-25 апрель. Тошкентда 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 8-сессиясида «Олий Мажлиснинг инсон ҳуқуқлари вакили (Омбудсман) тўғрисида», «Журналистлик фаолиятини ҳимоя қилиш тўғрисида», «Оммавий ахборот воситалари тўғрисида», «Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги тўғрисида»ги қонунлар; Солиқ кодекси, жиноят-ижроия кодекси қабул қилинди.
8 май. Тошкентда «Давлат, оила ва тарбия муаммолари» мавзуида республика конференцияси бўлиб ўтди.
15 май. Тошкентда халқаро акциядорлик-тижорат «ЎзДЭУбанк» очилди.
15 май. Ўзбекистон хорижий мамлакатлар билан дўстлик ва маданий-маърифий алоқалар жамияти кенгаши таъсис этилди.
21—23 май. Тошкентда «Нефть ва газ—97» биринчи Ўзбекистон халқаро кўргазмаси бўлиб ўтди. Унда 30 дан зиёд мамлакат вакиллари қатнашди.
10 июнь. Тошкентда Ўзбекистон Миллий реабилитация маркази очилди.
13 июнь. Чирчиқца «Кибо - болалар пойабзали» Ўзбекистон — Германия корхонасининг очилиш маросими бўлди.
18 июнь. Оролни қутқариш халқаро жамғармаси тузилди.
19 июнь. Тошкентда Озарбайжон элчихонаси очилди.
26 июнь. Тошкент вилоятининг Қибрай туманида «Ташфарм Американ Интернейшнл» Ўзбекистон — АҚШ қўшма корхонаси ишга тушди.
27 июнь. «Ижтимоий фикр» жамоатчилик фикрини ўрганиш маркази тузилди.
Июнь. Тошкентда «Ҳунарманд» халқ ҳунармандлари уюшмаси ташкил этилди.
Июнь. Қарши шаҳрида «Қашқадарётелеком» Ўзбекистон — Индонезия қўшма корхонаси фаолият бошлади.
14 июль. Қашқадарё «Кўкдумалоқ» компрессор станцияси фойдаланишга топширилди.
22 июль. «Ўзбекистон белгиси» кўкрак нишони таъсис этилди (2003 йил 4 августда унинг Низомига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди).
23 июль. Ўзбекистонда футболни ривожлантириш жамғармаси тузилди.
Июль. Жиззахда акрил толаси ишлаб чиқарадиган фабрика ишга туширилди.
26 август — 1 сентябрь. Самаркандда 1-халқаро «Шарқ тароналари» фестивали бўлиб ўтди. Унда 30 дан ортиқ давлат вакиллари қатнашди.
22 август. Қоровулбозорда Бухоро нефтни қайта ишлаш заводининг 1-навбати ишга туширилди.
27 август. «Ҳуқуқ» газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
29 август. Тошкентда 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 9-сессиясида «Таълим тўғрисида»ги қонун ва Кадрлар тайёрлаш миллий дастури қабул қилинди.
8 сентябрь. Самарқандда музқаймоқ, пишлоқ, сариёғ, қаймоқ ишлаб чиқарадиган «Браво-сут» янги қўшма корхона ишга тушди.
10 сентябрь. Тошкентда Ўзбекистон Республикаси «Тасвирий ойина» ижодий уюшмасининг таъсис йиғилиши бўлиб ўтди.
12 сентябрь. Ўзбекистон Судьялари ассоциацияси ташкил этилди.
15-16 сентябрь. Тошкентда «Марказий Осиё — ядро қуролларидан холи зона» мавзусида халкаро конференция ўтказилди.
17 сентябрь. Тошкентда «Амир Темур ва темурийлар даврида Марказий Осиё ва Европа» мавзуидаги халқаро илмий конференция очилди. Ушбу конференция Шахрисабзда ўз ишини давом эттирди.
Сентябрь. Тошкентдаги «Фотон» акциядорлик бирлашмасида «SONY» рангли телевизорлари ишлаб чиқарила бошланди.
15 октябрь. Ўзбекистон Бадиий Академияси махсус жамғармаси тузилди.
19-20 октябрь. Бухоро ва Хиванинг 2500 йиллиги кенг нишонланди.
Октябрь. Андижонда «Тожметалл» акциядорлик жамияти ташкил этилди.
Октябрь. Тошкентда Марказий Осиё ҳамкорлик ва тараққиёт банкининг шўъба банки очилди.
4 ноябрь. «Жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш миллий дастури» эълон қилинди.
4 ноябрь. Ўзбекистон ЮНЕСКО Ижроия кенгаши аъзоси этиб сайланди.
11 ноябрь. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Хоразм Маъмун академиясини қайтадан ташкил этиш тўғрисида»ги фармони эълон қилинди.
27 ноябрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Аҳмад ал-Фарғоний таваллудининг 1200 йиллигини нишонлаш тўғрисида» қарор қабул қилди.
28 ноябрь. Атоқли шоир, озодлик куйчиси Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон таваллудининг 100 йиллиги нишонланди.
23 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Буюк мусаввир Камолиддин Беҳзод таваллудининг 545 йиллигини нишонлаш тўғрисида» қарор қабул қилди.
25—26 декабрь. 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 10-сессиясида Ўзбекистон Республикасининг Божхона кодекси қабул қилинди.
Декабрь. Ангрендаги «Ўзбекрезинатехника» ишлаб чиқариш бирлашмаси Сифат ва мукаммаллик бўйича халқаро жамғарманинг «Олтин юлдузи» мукофотига сазовор бўлди.
Декабрь. Тошкентда Ўзбекистон Фанлар академиясининг биринчи президенти Т.Н.Қори-Ниёзий туғилган кунининг 100 йиллигига бағишланган илмий сессия бўлди.
Декабрь. Тошкентда академик Юнус Ражабий таваллудининг 100 йиллигига бағишланган тадбирлар бўлиб ўтди.
1997 - Юқори сифатли сурков мойлари ишлаб чиқарадиган Ўзбекистон — АҚШ «Ўз-Тексако» қўшма корхонаси ташкил этилди.
1997 - Ўзбекистон адвокатлар уюшмаси (ассоциацияси) таъсис этилди.
1997 - Ўзбекистон Фанлар академияси Генетика ва ўсимликлар экспериментал биологияси илмий тадқиқот институти ташкил этилди.
1997 - «COSCOM» Ўзбекистон — Америка қўшма корхонаси, Кореянинг «Daewoo Unitel» қўшма корхонаси ишга тушди.
1997 - Хоразм вилоятидаги Гурлан шаҳрида енгил саноат корхонаси — «Гурлантекс» акциядорлик жамияти ишга тушди.
1997 - Миллий рассомлик вадизайн институти ташкил этилди.
1997 - Ўзбекистон амалий санъат асарлари доимий кўргазмаси (1960—97) Ўзбекистон Республикаси амалий санъат музейи деб аталди (музей сифатида дастлаб 1937 йил ташкил этилган).
1997 - «Файз» холдинг компанияси ташкил этилди.
1998 - «Оила йили»
13 январь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Алпомиш» достони яратилганлигининг 1000 йиллигини нишонлаш тўғрисида» қарор қабул қилди.
26 январь. Толибжон Содиқов номидаги халқаро мусиқий хайрия жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
27 январь. Оила манфаатларини таъминлаш борасида 1998 йилда амалга ошириладиган тадбирлар давлат дастури эълон қилинди.
Январь. Гулистонда «Лечива фармсаноат» Ўзбекистон — Чехия қўшма корхонаси ишга тушди.
2 февраль. Республика «Оила» илмий-амалий маркази ташкил этилди.
4 февраль. Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 30 декабрдаги қарорига мувофиқ «Устоз» Республика жамғармаси тузилди.
19 февраль. Ўзбекистон, Қирғизистон, Хитой ҳукуматлари ўртасида Тошкент— Андижон—Ўш—Қашқар автомобиль йўлида халқаро автомобиль транспорти қатнови тўғрисида битим имзоланиб, йўл қурилиши бошланди.
24 февраль. «Академик лицейлар ва касб-ҳунар коллежларини ташкил этиш ва уларнинг фаолиятини бошқариш тўғрисида» қарор чиқди.
24 февраль. Тошкент педагогика институтига университет мақоми берилди.
Февраль. «Тошкент трактор заводи» давлат акциядорлик жамиятида 22 ва 32 от кучига эга бўлган икки турдаги мини тракторлар ва уларга ускуналар комплектларини ишлаб чиқарадиган Хитой билан қўшма корхона ташкил этилди.
4 март. Тошкентда Республика шошилинч тиббий ёрдам ўқув маркази ташкил этилди.
26 март. «Ўзбекистон театр санъатини ривожлантириш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонига мувофиқ «Ўзбектеатр» ижодий-ишлаб чиқариш бирлашмаси ва унинг қошида театр ижодкорлари уюшмаси ташкил этилди.
Март. Қўқон электр машинасозлик заводида Асакадаги «ЎзДЭУавто» корхонасида тайёрланадиган автомобиллар учун эҳтиёт қисмлар ишлаб чиқариш йўлга қўйилди.
Март. Тошкентда ўзбек ва рус тилларида «Ҳуқуқ» — «Право» илмий-назарий юридик журналининг 1-сони чиқди.
Март. Тошкент ва Фарғона шаҳарларида Аҳмад ал-Фарғонийнинг 1200 йиллигига бағишланган илмий конференция бўлиб ўтди.
Март. Ўзбекистон «Олимпия шон-шуҳрати» музейига Халқаро Олимпиада қўмитасининг «Олимпия шон-шуҳрати» музейи филиали мақоми берилди.
3 апрель. Урганчда Хоразмий ва Беруний номларидаги боғларга асос солишга бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
9 апрель «Хусусий тадбиркорлик, кичик ва ўрта бизнесни ривожлантиришни янада рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони чиқди.
21 апрель. Ўзбекистон Республикасидаги умумтаълим мактаби ва бошқа ўқув муассасаларининг «Ёшлик» кўнгилли спорт жамияти тузилди.
23 апрель. «Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларини қўллаб-қувватлаш ҳақида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони чиқди.
30 апрель. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 11-сессиясида «Ер кодекси», «Қишлоқ хўжалиги кооперативи (ширкат хўжалиги) тўғрисида», «Фермер хўжалиги тўғрисида», «Деҳқон хўжалиги тўғрисида», «Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида» (янги таҳрирда) қонунлар қабул қилинди; Ўзбекистон Республикаси Оила кодекси тасдиқланди.
Апрель. Ўзбекистон Республикаси деҳқон ва фермер хўжаликлари уюшмаси ташкил этилди.
4 май. Музейларни қўллаб-қувватлаш республика «Ўзбек музей» жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
12 май. «Ўзбекистон Республикаси халқ устаси» фахрий унвони таъсис этилди.
22 май. Ўзбек альпинистларидан биринчи бўлиб Рустам Ражабов Жомолунгма (Эверест) чўққисини забт этиб, Ўзбекистон байроғини ўрнатди.
Май. Навоий вилоятида Қизилқум фосфорит комбинатининг биринчи навбати ишга тушди.
Май. Тошкентда Халқаро хусусий суғурта компанияси очилди.
Май. Тошкент рус ёш томошабинлар театри Ўзбекистон ёшлар театрига айлантирилди.
24 июль. Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари давлат қўмитаси ташкил этилди.
Июль. Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ туманида велосипед ишлаб чиқарадиган «Санлайт» Ўзбекистон— Хитой қўшма корхонасининг очилиш маросими бўлди.
25 август. «Ўзбекистон ифтихори» фахрий унвони таъсис этилди.
28-29 август. 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 12-сессиясида «Давлат ер кадастри тўғрисида», «Маданий бойликларни четга олиб чиқиш ва олиб келиш тўғрисида» қонунлар қабул қилинди.
28 август. «Эл-юрт ҳурмати» ордени таъсис этилди.
29 август. Тошкентда «Куч — адолатда» Ўзбекистон Республикаси Олий суди газетасининг 1-сони чиқди.
Август. Ўзбек учувчи-астронавти С.Шарипов америкалик ва россиялик 7 кишилик экипаж таркибида «Эндевер» космик кемасида космосга парвоз қилди.
6 сентябрь. Халқаро кураш ассоциацияси тузилди.
16 сентябрь. Тошкентда Ўзбекистон Фанлар академиясининг Улуғбек номидаги Астрономия институтига асос солинганлигининг 125 йиллигига бағишланган тантанали йиғилиш бўлиб ўтди.
24 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Жалолиддин Мангубердининг 800 йиллик юбилейини нишонлаш тўғрисида» қарор қабул қилди.
25 сентябрь. «Туркистон-Пресс» нодавлат ахборот агентлиги ташкил этилди.
28 сентябрь. Тошкентда Осиё Тараққиёт банкининг доимий ваколатхонаси очилди.
30 сентябрь. Ҳазораспдаги Ўзбекистон—Туркия Хоразм қанд заводи қўшма корхонасида дастлабки қанд маҳсулоти ишлаб чиқарилди.
23 октябрь. Самарқандда ҳадис илмининг султони Имом ал-Бухорий таваллудининг 1225 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди. Унда дунёнинг 40 мамлакатидан меҳмонлар иштирок этди. Шу куни Хартанг қишлоғида Имом ал-Бухорий ёдгорлик мажмуининг очилиш маросими бўлди.
24 октябрь. Фарғона вилоятида Аҳмад ал-Фарғоний таваллудининг 1200 йиллигига бағишланган тантанали маросимлар бўлиб ўтди. Фарғона шаҳрида Аҳмад ал-Фарғоний номи билан аталадиган истироҳат боғи очилди. Қува шаҳрида Аҳмад ал-Фарғонийга ҳайкал ўрнатилди.
6 ноябрь. Тошкентда ЮНЕСКО Ижроия Кенгаши 155-сессиясининг якунловчи мажлиси бўлиб ўтди. ЮНЕСКО Бош директори Федерико Майор бошчилигидаги гуруҳ Тошкент давлат университетида Мирзо Улуғбек номидаги ЮНЕСКО кафедраси очилиши маросимида иштирок этди.
13-14 ноябрь. Термизда биринчи «Алпомиш ўйинлари» фестивали ўтказилди.
17 ноябрь. Тошкентда «Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ноҳукумат ташкилотларининг роли» мавзуида халқаро конференция бўлиб ўтди.
Ноябрь. Ўзбекистоннинг «Фармед» хусусий фирмасига халқаро мукофот — «Сифат олтин юлдузи» топширилди.
Ноябрь. Тошкентда синхрон сузиш бўйича «Сув париси» 1-халқаро турнир бўлиб ўтди.
Декабрь. «Ўзбекнефтгаз» нефть ва газ саноати миллий корпорацияси «Ўзбекнефтгаз» миллий холдинг компаниясига айлантирилди.
22 декабрь. Бангкокда ўтказилган 13-Осиё ўйинларида иштирок этган ўзбекистонлик спортчилар спортнинг 23 тури бўйича 42 мамлакат спортчилари билан беллашиб, ўнта энг кучли жамоа сафига кирди ва 40 та медаль — 6 та олтин, 22 та кумуш ва 12 та бронза медални қўлга киритди.
24-25 декабрь. 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 13-сессиясида «Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятини давлат томонидан назорат қилиш тўғрисида» қонун қабул қилинди.
1998 - Наманган саноат-технология институти Наманган муҳандисликпедагогика институти деб қайта номланди.
1998 - «Пахтасаноатилм» илмий-ишлаб чиқариш маркази ташкил этилди.
1998 - Сурхондарё вилояти археология музейи ташкил этилди.
1998 - Тошкентда «Хусусий сайёҳлик ташкилотлари уюшмаси» ташкил этилди.
1999 йил - «Аёллар йили»
13 январь. Ўзбекистон Республикаси Давлат чегараларини ҳимоя қилувчи қўмита ташкил этилди.
Январь. «Ўзбекистон тарихи» журналининг 1-сони чиқди.
Январь. Наманган вилоятининг Косонсой шаҳрида «Косонсой-Текмен» Ўзбекистон — Туркия тўқимачилик қўшма корхонаси фойдаланишга топширилди.
Январь. Хоразм вилоятида шоир ва мутафаккир Паҳлавон Маҳмуднинг 750 йиллиги кенг нишонланди.
4 февраль. «Фидокор» газетаси чоп этила бошлади.
6 февраль. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Журналист кадрларни тайёрлаш ва қайта тайёрлаш тизимини такомиллаштириш тўғрисида» қарор қабул қилди.
16 февраль. Тошкент шаҳрида террорчи кучлар сиёсий ва диний экстремистлар томонидан уюштирилган террорчилик ҳаракати оқибатида 16 нафар бегуноҳ инсон ўлдирилди, 120 киши тан жароҳати олди.
18 февраль. «Оилада, давлат ва жамият қурилишида аёлларнинг ролини кучайтириш, уларни хуқуқий, ижтимоий, иқтисодий ва маънавий манфаатларини ҳимоя қилиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари» давлат дастури ишлаб чиқилди.
26 февраль. Президент фармони билан «Ўзбекистон Республикасида паспорт тизими тўғрисида»ги Низом тасдиқланди.
Февраль. Тошкентда Ўзбекистон тарихчилари жамияти ташкил этилди.
2 март. 9 май Хотира ва қадрлаш куни деб эълон қилинди.
15 март. Ибн Сино халқаро жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
21 март. Самарқанд шаҳрида рус ва ўзбек тилларидаги ҳафталик «Даракчи» газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
30 март. «Интерконтинентал» меҳмонхонаси ҳар йили ўтказиладиган Европа «Интерконтинентал» отеллари кўрик танловида биринчиликни олди.
Март. «СамКочАвто» қўшма корхонасида шаҳарлараро ва шаҳар ичида қатнашга мўлжалланган дастлабки автобуслар ишлаб чиқарилди.
Март. «Театр» ойлик адабий-бадиий, ахборот-реклама журналининг 1-сони нашрдан чиқди.
7 апрель. Тошкент Ислом университети ташкил этилди.
14—15 апрель. 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 15-сессиясида «Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида» (янги таҳрирда), «Ўрмон тўғрисида», «Тадбиркорлик ва тадбиркорлар фаолиятининг кафолатлари тўғрисида», «Хотинқизларга қўшимча имтиёзлар бериш тўғрисида» қонунлар қабул қилинди.
23 апрель. Тошкентда Маърифатчилар жамиятининг таъсис мажлиси бўлиб ўтди. Мажлисда жамият Низоми тасдиқланди.
Апрель. Брисбен (Австралия)да ўтказилган Халқаро «Гран при» турнирида ўзбек каратэчилари 25 та медални қўлга киритдилар, улардан 14 таси олтин медаллардир.
1—2 май. Тошкентда кураш бўйича биринчи жаҳон чемпионати бўлиб ўтди. Унда жаҳоннинг 48 та мамлакатидан спортчилар қатнашди.
9 май. Ўзбекистон Республикасида биринчи бор 9 май Хотира ва қадрлаш куни сифатида нишонланди. Тошкентда Ватан озодлиги учун жон фидо этган халқимизнинг фарзандлари хотирасини абадийлаштириш мақсадида «Хотира ва қадрлаш майдони» барпо этилди.
17 май. Тошкент — Самарқанд йўналишида электрпоезд қатнови йўлга қўйилди.
17 май. Шўртан газ-кимё мажмуи қурилишида уни умумий темир йўл тармоғи билан улайдиган узунлиги 20 км бўлган Жийрон—Шўртан темир йўл тармоғи фойдаланишга топширилди.
27 май. Навоий вилояти Навоий шаҳри таркибида Кармана тумани ташкил этилди.
Май. Навоий вилоятида Навбаҳор гидроузели фойдаланишга топширилди.
10 июнь. Зулфия номидаги Давлат мукофоти таъсис этилди.
Июнь. Навоий шаҳрида ўт ўчирувчи машиналарни йиғиш бўйича Ўзбекистон—Украина қўшма корхонаси ишга тушди.
1 июль. Ўзбекистон билан Европа Иттифоқи ўртасида шериклик ва ҳамкорлик тўғрисидаги Битим ратификация қилинди.
19-20 июль. Тошкентда Афғонистон муаммосини ҳал этиш бўйича «6+2» гуруҳининг БМТ ҳомийлигидаги учрашуви бўлиб ўтди. Унда тарихий Тошкент декларацияси кабул қилинди.
Июль. Андижон вилоятининг Марҳамат туманида Ўзбекистон—Россия «Экомевалар» қўшма корхонаси фаолият кўрсата бошлади.
Июль. Республикамизда ишлаб чиқарилаётган «ИЛ— 114» самолёти Тошкент—Нукус, Тошкент—Фарғона йўналишлари бўйича доимий парвозларни амалга ошира бошлади.
7 август. Тошкентда Маънавият ва маърифат республика кенгашининг таъсис конференцияси бўлиб ўтди.
18 август. Вазирлар Маҳкамасининг Европа — Осиё трансконтинентал автомагистралини лойиҳалаш ишлари бўйича қарори чиқди.
19-20 август. 1-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 15-сессиясида «Ўзбекистон Республикасининг Давлат чегараси тўғрисида», «Туризм тўғрисида», «Йўл ҳаракати хавфсизлиги тўғрисида» қонунлар қабул қилинди.
26 август. Самарқандда «Шарқ тароналари» иккинчи халқаро мусиқа фестивали очилди.
Август. Фарғона туманида пиллани қайта ишлайдиган Водил пиллакашлик фабрикасининг биринчи навбати ишга тушди.
20—21 сентябрь. Тошкентда «Буюк ипак йўли»ни тиклаш бўйича халқаро конференция бўлиб ўтди. Унда Ўрта Осиё мамлакатларидан ташқари Хитой, Туркия, Грузия, Озарбайжон, Сурия ва бошқа давлатлар ҳамда халқаро ташкилот вакиллари қатнашдилар.
21 сентябрь. Шаҳидлар хотираси хайрия жамғармаси тузилди.
27 сентябрь. Тошкентда Американинг «Моторола» компанияси ваколатхонаси ва радиостанциялар ишлаб чиқарадиган «Ўзбекистон—Моторола—Телеком—Радио» қўшма корхонасининг расмий очилиш маросими бўлиб ўтди.
12 октябрь. «Олтин мерос» халқаро хайрия жамғармаси тузилди.
23—30 октябрь. Тошкентда бокс бўйича 20-Осиё чемпионати ўтказилди. Унда 20 мамлакатдан 210 спортчи қатнашди.
26 октябрь. «Шарқ аёли» халқаро аёллар жамғармаси тузилди.
Октябрь. Самарқанддаги «СамКочАвто» Ўзбекистон — Туркия қўшма корхонаси ишлаб чиқараётган автобусларнинг дастлабки туркуми экспортга жўнатилди.
Октябрь. Тошкентда Республика «Тошкент» фонд биржаси билан Франкфурт фонд биржаси ўртасида ўзаро ҳамкорлик ва ҳамжиҳатлик меморандумини имзолаш маросими бўлиб ўтди.
Октябрь. Нукусда Онкология илмий маркази очилди.
Октябрь. Андижон вилоятининг Шаҳрихон туманида «Антекс» очиқ турдаги акциядорлик жамияти тўқимачилик корхонаси ишга туширилди.
Октябрь. «Кураш» журналининг 1-сони нашрдан чиқди.
5 ноябрь. Хоразмда Жалолиддин Мангуберди таваллудининг 800 йиллиги кенг нишонланди.
6 ноябрь. Термиз шаҳрида «Алпомиш» достонининг 1000 йиллигига бағишланган байрам тантаналари бўлиб ўтди.
1 декабрь. Тошкентда «Кабул—Ўзбек Ко» Ўзбекистон—Корея тўқимачилик қўшма корхонаси ишлаб чиқариш мажмуининг расмий очилиш маросими бўлиб ўтди.
5 ва 19 декабрь. Барча вилоят, туман ва шаҳарларда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлигига эркин демократик сайловлар бўлиб ўтди.
17 декабрь. Қорақалпоғистонда 115 км узунликдаги Мискин — Султон Увайс магистралида темир йўл изларини туташтириш ишлари ниҳоясига етказилди.
17 декабрь. Хоразмда ўзбек шоири, тарихчи Огаҳийнинг 190 йиллиги нишонланди.
18 декабрь. Нукусда Ажиниёз Кўсибой ўғли таваллудининг 175 йиллиги нишонланди.
29 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Термиз шаҳрининг 2500 йиллигини нишонлашга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида»ги қарори чиқди.
1999 - Тошкентда «Тошкент-плаза» халқаро савдо кўргазма мажмуаси бунёд этилди.
1999 - Ўзбекистон истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятлари федерацияси тузилди.
2000 йил - «Соғлом авлод йили»
9 январь. Ислом Абдуғаниевич Каримов Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб қайта сайланди.
13 январь. Тошкент шаҳрида «Ижод дунёси» нашриёт уйи ташкил этилди.
28 январь. Тошкент давлат университетига Ўзбекистон миллий университети мақоми берилди.
3 февраль. Ўзбекистон Республикаси Мудофаа доктринаси қабул қилинди.
9 февраль. Тошкентда Германия машинасозлик корхоналари иттифоқи / VDMA/ Ўрта Осиёдаги бюросининг расмий очилиш маросими бўлиб ўтди.
15 февраль. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Соғлом авлод» давлат дастури тўғрисида» қарор қабул қилди.
21 февраль. «Миннатдор хотира» халқаро хайрия жамғармаси тузилди.
24 февраль. Афғон уруши ногиронлари республика хайрия жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
20 март. Банклар ассоциациясининг янги Банклараро молиявий хизмат маркази биноси, «Хобас-ТАПО» Ўзбекистон—Швейцария—Германия қўшма корхонаси, Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқалар вазирлигининг янги биноси фойдаланишга топширилди.
24 март. Оролнинг жанубий соҳилида ишлаётган Қорақалпоғистон — Австралия археология экспедицияси қум остида қолиб кетган қадимий шаҳар (Оқшахан қалъа)ни аниқлаганлиги расмий маълум этилди.
31 март. Тошкентда Халқаро бизнесмарказ иш бошлади.
Март. «Совпластитал» Ўзбекистон— Италия қўшма корхонаси халқаро савдо «Лидерлар клуби» томонидан юксак мукофот — «Энг яхши савдо маркаси — янги минг йиллик соврини» олтин соврин билан тақдирланди.
6 апрель. Навоий вилояти ҳудудида бентонит гил кони топилди.
14 апрель. «Урганч» аэропортининг аэровокзал мажмуаси фойдаланишга топширилди.
20—21 апрель. Тошкентда Марказий Осиё иқтисодий ҳамжамияти давлатлараро кенгаши бўлиб ўтди. Тўрт давлат бошлиқлари «Террорчилик, сиёсий ва диний экстремизм, халқаро уюшган жиноятчиликка қарши кураш ва минтақа давлатларига таҳдид соладиган бошқа хавфхатарнинг олдини олишга қаратилган ҳамкорлик тўғрисида шартнома»ни имзоладилар.
Апрель. Андижон вилоятида «Асака—АСК» Ўзбекистон — Россия қўшма корхонаси ташкил этилди.
12 май. Тошкентда «Шаҳидлар хотираси» ёдгорлик мажмуининг очилиш маросими бўлди.
19 май. Ўзбекистон Фанлар академиясида Республика Фанлар академияси фаолиятини эркинлаштириш ва ислоҳ қилиш масалалари юзасидан умумий йиғилиш бўлиб ўтди. Йиғилишда Фанлар академиясининг янги таҳрирдаги Низоми қабул қилинди.
25—26 май. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2-сессиясида «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолати тўғрисида» қонун қабул қилинди.
Май. Тошкент тепловоз таъмирлаш заводининг 100 йиллигига бағишланган юбилей тантаналари бўлиб ўтди.
9 июнь. «Ўзбекистон ҳаво йўллари» миллий авиакомпанияси халқаро мукофот — «Евромаркет—2000» совринига сазовор бўлди.
23 июнь. Бутунжаҳон курашни ривожлантириш жамғармаси ташкил этилди.
27 июнь. «Соғлом авлод» газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
18 июль. Ўзбекистон кўзи ожиз ва заиф болаларни ҳамда ёшларни реабилитация қилиш бўйича «Паноҳ шуъласи» жамғармаси тузилди.
25 июль. Тошкентда «Фидокорлар» миллий-демократик партиясининг биринчи қурултойи бўлиб ўтди.
25 август. Иқтидорли ёшлар учун «Ниҳол» мукофоти таъсис этилди.
29 август. Пойтахтни Фарғона водийси билан туташтирувчи Камчиқ довонидан ўтказилган янги автомобиль йўлининг очилиш маросими бўлиб ўтди.
30 август. «Жалолиддин Мангуберди» ордени таъсис этилди.
30-31 август. Тошкентда 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 3-сессиясида «Почта алоқаси тўғрисида», «Психиатрия ёрдами тўғрисида», «Радиация хавфсизлиги тўғрисида» қонунлар қабул қилинди.
14 сентябрь. Тошкентда ЮНЕСКО ҳомийлигида динлараро мулоқот бўйича «Дунё динлари: жаҳон маданияти йўлида» мавзуида халқаро конгресс очилди. Унда жаҳоннинг 30 га яқин давлат вакиллари иштирок этдилар.
Сентябрь. Орол денгизининг қуриб қолган ўзанида ўрмон барпо этишга оид Ўзбекистон—Германия қўшма лойиҳасини амалга оширишга киришилди.
Сентябрь. Ўзбекистонда Аудиторлар палатаси иш бошлади.
Сентябрь. Фуқароларни қизиқтирган барча масалалар бўйича маслаҳат берадиган «Тошкент ахборот хизмати» очилди.
1 октябрь. Ўзбекистонлик боксчи Муҳаммадқодир Абдуллаев бокс бўйича 27-ёзги Олимпиада чемпиони бўлди.
4 октябрь. Оқсаройда Сиднейдаги Олимпиада ўйинларида олтин, кумуш ва бронза медалини қўлга киритган олимпиадачиларни табриклаш маросими бўлиб ўтди.
16 октябрь. «Шарқ» нашриёт-матбаа концерни «Шарқ» нашриёт-матбаа акциядорлик компаниясига айлантирилди.
19 октябрь. «Ўзбекистон ҳаво йўллари» миллий авиакомпаниясининг А-310 русумли замонавий ҳаво кемаси 9 соатда Япониянинг Миязаки префектурасидан йўлга чиққан 170 нафар сайёҳни Бухорога олиб келди.
21 октябрь. Фарғона вилоятида буюк олим ва мутафаккир Аҳмад ал-Фарғоний хотирасига бағишланган тантаналар бўлиб ўтди.
29 октябрь. Ўзбекистон Республикаси боксни ривожлантириш, қўллаб-қувватлаш жамғармаси тузилди.
31 октябрь. Тошкентда барпо этилган «Азимут» корхонасида ишлаб чиқарила бошлаган «ARABIK CLASSIC» янги маркадаги табиий кофе тақдимоти бўлиб ўтди.
Октябрь. Тошкентда Ўрта Осиё мамлакатлари сув хўжалиги ходимлари малакасини оширадиган минтақа тренинг маркази очилди.
Октябрь. Нукусда шаҳарлараро иккинчи «Жануб» автобекати ишга туширилди.
Октябрь. Тошкентда Ўзбекистон— Корея «Амако-боулинг» қўшма корхонасининг очилиш маросими бўлди.
16 ноябрь. Марғилонда буюк фиқҳ олими, имом Бурҳониддин Марғиноний таваллудининг 910 йиллиги нишонланди. Шу муносабат билан Марғилон шаҳри марказида Бурҳониддин Марғиноний ёдгорлик мажмуи бунёд этилиб, шу ерда унинг рамзий мақбараси ўрнатилди.
17 ноябрь. Самарқандда буюк фиқҳ олими, имом, калом илмининг мотуридийлик оқими асосчиси Имом Абу Мансур Мотуридийнинг 1130 йиллик юбилейи нишонланди. Самарқандда Мотуридий ёдгорлик мажмуи очилди. Тошкент ва Самарқандда Мотуридий таълимоти ва унинг ислом оламида тутган мавқеига бағишланган халқаро илмий анжуманлар ўтказилди.
24 ноябрь. Ўзбекистон «Офарин» жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
29 ноябрь. Самарқанд вилоятининг Пайариқ туманида қадимий Кўктепа шаҳри харобалари ўрнида бадавлат аёл («Саклар маликаси»)нинг даҳмаси топилди.
Ноябрь. ЮНЕСКО меъморий-тарихий ёдгорликлар Жаҳон мероси қўмитасининг Австралияда бўлиб ўтган мажлисида Ўзбекистоннинг Шаҳрисабз, Бухоро шаҳарлари тарихий марказлари Жаҳон мероси рўйхатига киритилди.
Декабрь. Тошкент ва Самарқанд шаҳарларида Камолиддин Беҳзод таваллудининг 545 йиллиги кенг нишонланди.
2000 - Ўзбекистон давлат филармонияси негизида Муҳиддин Қориёқубов номидаги Академик ва халқ бадиий жамоалар дирекцияси ташкил топди.
2001 йил - «Оналар ва болалар» йили
З январь. Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг «Фуқаро муҳофазаси» — «Гражданская защита» журналининг илк сони нашрдан чиқди.
4 январь. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикаси Конституциясини ўрганишни ташкил этиш тўғрисида»ги фармойиши эълон қилинди.
9 январь. Тошкентда Марказий Осиё давлатлари раҳбарлари саммити бўлиб ўтди.
19 январь. «Умид ниҳоллари» ўйинлари ўтказиш тўғрисида қарор қабул қилинди.
24 январь. Тошкентда Марказий Осиё давлатлари иштирок этган «Сув — келажак заҳираси» шиори остида семинар тренинг ўтказилди.
25 январь. «Тошкент—Москва—Тошкент» йўналиши бўйича йўловчи поезди қатнай бошлади.
2 февраль. Чирчиқ шаҳрида газ ҳайдаш компрессорларини қайта таъмирлашга ихтисослашган «US-DR сервис маркази» Ўзбекистон — Голландия қўшма корхонаси ишга тушди.
6 февраль. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Оналар ва болалар» давлат дастури тўғрисида»ги қарори эълон қилинди.
15 март. Тошкентда «Интернет. UZ» 1-миллий интернет-фестивали ўтказилди.
15 март. «Ўзбекистон темир йўллари» давлат акциядорлик компаниясининг Тошкент йўловчи вагонларни таъмирлаш заводи ишга тушди.
17 март. «Мискин—Учқудуқ» темир йўли (224 км) қурилиши якунланди.
20 март. Ўрта Осиёда ягона Қизилқум фосфорит комбинатининг 1-навбати тўла қувват билан ишлай бошлади.
21 март. Нукус туманида «Қорақалпоқтомат» корхонаси ишга тушди.
24 март. Фарғонада йирик фуран бирикмалари кимё корхонасида целлюлоза ишлаб чиқариш иншооти ишга тушди.
25 апрель. Ўзбекистон Республикаси «Камолот» ёшлар ижтимоий ҳаракатининг таъсис қурултойи бўлиб ўтди.
28—29 апрель. Тошкентнинг «Юнусобод» спорт мажмуида ўзбек кураши бўйича Осиё чемпионати бўлиб ўтди.
30 апрель. Жиззах шаҳрида илк бор ўтказилаётган «Баркамол авлод» спорт ўйинларининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.
30 апрель. Наманганда «Аснам текстил» қўшма корхонаси ишга тушди.
1 май. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Қатағон қурбонларини ёд этиш кунини белгилаш тўғрисида»ги фармони эълон қилинди.
1 май. Тошкентда Ўзбекистон шошилинч тиббий ёрдам маркази фаолият бошлади.
9 май. Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан Хоразм вилоятининг Боғот, Жиззах вилоятининг Зафаробод, Мирзачўл, Дўстлик туманларида, Навоий вилоятининг Хатирчи туманида, Гулистон шаҳрида Хотира хиёбонлари барпо этилди.
18 май. Шаҳрисабздаги Амир Темур номидаги маданият музейида рамзий Тинчлик устунининг ўрнатилишига бағишланган маросим бўлиб ўтди.
Май. Андижон шаҳридаги Бобосаддин маҳалласидан қадимий мис тангалар топилди. Бу тангалар 1428—29 йилларга оид бўлиб, Мирзо Улуғбек даврига тўғри келади.
Май. «Ватанпарвар» ташкилоти ҳузурида «Шонли Ватан тарихи» музейи очилди.
23 май. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «2001-2005 йилларда компьютер ва ахборот технологияларини ривожлантириш, «Интернет»нинг халқаро ахборот тизимларига кенг кириб боришни таъминлаш дастурини ишлаб чиқишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори қабул қилинди.
14—15 июнь. Хитойнинг Шанхай шаҳрида Ўзбекистоннинг «Шанхай форуми»га тўла ҳуқуқли аъзо бўлиши тўғрисидаги баёнот имзоланди. Ўзбекистон Президенти таклифи билан «Шанхай форуми» номи «Шанхай ҳамкорлик ташкилоти— ШҲТ» деб ўзгартирилди.
22 июнь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Валюта бозорини янада эркинлаштириш тўғрисида»ги, «Нақд пул муомаласини мустаҳкамлаш ва тижорат банкларининг масъулиятини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорлари қабул қилинди.
Июнь. Тошкентда мамлакатимизда ягона «SOS — Болалар маҳалласи» очилди.
6 июль. АҚШда фахрийлар ўртасида ўтказилган дзюдо бўйича жаҳон чемпионатида ўзбекистонлик Фарҳод Оғаев чемпион унвонига сазовор бўлди.
6 июль. Чирчиқда мамлакатимиз Қуролли Кучларининг барча қўшин турлари учун сержантлар тайёрлайдиган мактаб очилди.
9 июль. «Ўзкўргазмасавдо» марказида эркин ва юнон-рум кураши бўйича 9-жаҳон чемпионати бошланди.
Август. Тошкентнинг Юнусобод туманида сув спорти саройи қурилди.
17 август. «Матиз» русумли автомобилнинг халқаро тақдимот маросими бўлиб ўтди.
17 август - 1 сентябрь. Тошкентда теннис бўйича «Бирлашган Миллатлар Ташкилоти» (UN Cup) халқаро ўсмирлар турнири бўлиб ўтди.
Август. Фарғона шаҳрида Жанубий Корея ҳамда Япония билан ҳамкорликда «Кабул— Фарғона компани» тўқимачилик қўшма корхонаси ишга тушди.
18 июль. «Ўзбекистон мустақиллигининг 10 йиллиги» эсдалик нишони таъсис этилди.
26 август. «Шарқ тароналари» учинчи халқаро мусиқа фестивали очилди.
30 август. Тошкент шаҳрида академик драма театри янги биносининг очилиш маросими бўлди.
Август. Навоий шаҳрида «Алишер Навоий ёдгорлик мажмуи» очилди.
11 сентябрь. Тошкентда теннис бўйича «Ўзбекистон Республикаси Президенти кубоги» халқаро турнири бўлди.
Сентябрь. Тошкент вилоятининг Чиноз туманида «Чиноз тўқимачи ЛТД» Ўзбекистон—Туркия—Япония қўшма корхонаси ишга тушди.
Сентябрь. «Ўзбекистон Республикасининг ер ресурслари атласи» босмадан чиқди.
21 сентябрь. Ҳамза номидаги театр номи ўзгартирилиб «Ўзбек миллий академик драма театри» деб атала бошлади.
21 сентябрь. «Мерос» илмий-амалий экспедиция халқаро хайрия жамғармаси рўйхатдан ўтказилди.
22 октябрь. Эстрада санъатини ривожлантириш жамғармаси рўйхатдан ўтди.
23 октябрь. Ўзбекистон болалар кутубхоналарини ривожлантириш ва такомиллаштиришга кўмаклашувчи хайрия жамғармаси расмий рўйхатдан ўтди.
3 ноябрь. Урганчда «Авесто» китобининг 2700 йиллигига бағишлаб юбилей ўтказилди ва ёдгорлик мажмуи бунёд этилди.
21 ноябрь. Р.Р.Шредер номидаги Ўзбекистон боғдорчилик, узумчилик ва виночилик илмий тадқиқот институти ташкил этилганининг 100 йиллиги нишонланди.
26 ноябрь. Сурхондарё давлат қўғирчоқ театри ташкил этилди.
6 декабрь. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 7-сессиясида «Ўзбекистон Республикаси референдуми ўтказиш тўғрисида» қарор қабул қилинди. Қарорда 2002 йил 27 январда Ўзбекистон Республикасининг референдуми ўтказиш, унда келгуси чақириқ Ўзбекистон Республикаси парламентини икки палатали қилиб сайлашга, иккинчи масала Ўзбекистон Республикаси Президентининг конституциявий ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартиришга розилик масаласи қўйилди.
7 декабрь. Матбуотда Олий Мажлиснинг Ўзбекистон халқига мурожаати эълон қилинди. Унда халқаро терроризм хавфига қарши мамлакатимиз аҳолиси огоҳликка чақирилди.
8 декабрь. Тошкентда «Китоб дунёси» ахборот-маълумот газетасининг 1-сони нашрдан чиқди.
21 декабрь. Шўртан газ-кимё мажмуи ишга тушди.
28 декабрь. Академик Ҳабиб Абдуллаев номидаги халқаро жамғарма расмий рўйхатдан ўтди.
Декабрь. Жиззах шаҳрида «Ўзэксайд» Ўзбекистон—АҚШ қўшма корхонаси ишга туширилди.
2001 - Тошкентда Халқаро кураш институти фаолият бошлади.
2001 - ЮНЕСКОнинг Финляндияда ўтказилган 25-сессиясида Самарқанднинг тарихий маркази меъморий-тарихий ёдгорликлари ЮНЕСКОнинг Жаҳон мероси рўйхатига киритилди.
2002 йил - «Қарияларни қадрлаш йили»
16 январь. Тошкент шаҳрида Халқаро Вестминстер университетини ташкил этиш тўғрисида фармон чиқди.
24 январь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Қарияларни қадрлаш йили» давлат дастури тўғрисида» қарор қабул қилди.
27 январь. Ўзбекистон Республикасида икки палатали парламент тузиш масаласида референдум ўтказилди. Референдумда иштирок этган фуқароларнинг 93,65% икки палатали парламент тузишни ёқлаб овоз берди.
28 январь. «Ўзбекистон ҳаво йўллари» миллий авиакомпанияси ташкил этилганининг 10 йиллиги нишонланди.
13 март. Адабиёт жамғармаси рўйхатдан ўтди.
19 март. Тошкентнинг «Туркистон» саройида «Ташаббус—2002» кўрик танловининг якунловчи босқичи бўлиб ўтди.
22 март. Тошкент давлат консерваториясининг янги биноси фойдаланишга топширилди.
Март. АҚШда ўтказилган «Атланта қубоги» халкаро турнири баҳсларида ўзбекистонлик каратэчилар 14 та медаль (6 та олтин, 4 та кумуш, 4 та бронза)ни қўлга киритдилар.
Март. ЮНЕСКО Бош директорининг қарорига кўра «Шаҳарлар — тинчлик учун» танловида жаҳоннинг ўнта шаҳри ғолиб деб топилди. Улар орасида Бухоро шаҳри ҳам бор.
Март. Наманган шаҳрида «Нестле» Ўзбекистон—Швейцария қўшма корхонаси иш бошлади.
2 апрель. Термиз шаҳрининг 2500 йиллигига бағишланган байрам тантаналари бўлиб ўтди.
4 апрель. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 8-сессиясида Ўзбекистон Республикасининг «Референдум якунлари ҳамда давлат ҳокимияти ташкил этилишининг асосий принциплари тўғрисида» Конституциявий қонуни қабул қилинди.
10 апрель. Шаҳрисабзда «Оқсарой тўқимачи ЛТД» Туркия ва Япония билан ҳамкорликдаги қўшма корхонанинг очилиш маросими бўлди.
16 апрель. «Семурғ» хайрия жамғармаси тузилди.
16 апрель. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Тошкент давлат консерваториясини Ўзбекистон давлат консерваториясига айлантириш тўғрисида»ги фармони эълон қилинди.
24 апрель. Фарғонада «Умид ниҳоллари» Республика мактаб ўқувчиларининг спорт мусобақалари тантанали равишда очилди.
7 май. Ўзбекистон Республикасининг Шаҳарсозлик кодекси эълон қилинди.
24 май. «Бойсун баҳори» 1-халқаро очиқ фольклор фестивалининг очилиш маросими бўлди.
25 май. Бухоро шаҳрида «Универсиада — 2002» спорт ўйинлари бошланди.
4 июнь. «Ўзбекистон ҳаво йўллари» миллий авиакомпанияси ва Италиянинг «Al-Italia» авиакомпанияси ўртасида «Кодшер» битими имзоланди. Унга мувофиқ Тошкент—Рим—Тошкент йўналиши бўйлаб парвозлар амалга оширилади.
5 июнь. Имом ал-Бухорий ёдгорлик мажмуида «Ислом ва дунёвий-маърифий давлат» мавзуида халқаро илмий-назарий анжуман очилди.
24 июнь. Тошкентда мактаб, академик лицей ва коллежлар битирувчиларининг «Истиқлол умидлари — 2002» фестивали бўлиб ўтди.
24 июнь. Тошкент ва Ўрта Осиё Епархиясининг Рус православ черкови «Благовест» халқаро хайрия жамғармаси тузилди.
3 июль. «Матбуот ва ахборот соҳасида бошқарувни такомиллаштириш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонига биноан Ўзбекистон Республикаси Давлат матбуот қўмитаси Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлиги этиб қайта ташкил қилинди.
20 июль. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Замонавий информацион технологиялар» илмий-техник марказида «Кўзсиз кўриш» халқаро лойиҳаси доирасида янги қурилма яратилди. У кўзи ожиз кишиларга атроф-муҳитни аниқ тасаввур этишга ёрдам беради.
Июль. Тайландда ўтказилган оғир атлетика бўйича ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида мамлакатимиз вакиллари 4 та олтин, 5 та кумуш, 3 та бронза медаль соҳиби бўлдилар.
12-13 август. Темурийлар тарихи давлат музейида «Марказий Осиё тарих кўзгусида: энг қадимдан ҳозиргача» мавзусида халқаро илмий анжуман бўлиб ўтди. Анжуманда 10 дан ортиқ хорижий мамлакатлардан таниқли олимлар иштирок этишди.
15 август. Шўртан газ-кимё мажмуасида биринчи полиэтилен олинди.
17—18 август. Фарғонада белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун 1-халқаро турнир ўтказилди.
31 август. Тошкентнинг «Шаҳидлар хотираси» ёдгорлик мажмуида «Қатағон қурбонлари хотираси» музейи очилди.
Август. «Навоий—Учқудуқ—Мискин—Султон Увайс—Нукус» темир йўли қурилиши битказилиб ишга туширилди.
Август. «ЎзДЭУавто» қўшма корхонасида «Нексия» енгил автомобилининг янги, такомиллашган моделини ишлаб чиқариш йўлга қўйилди. Бу модел 16 клапанли «Дойч» двигатели билан жиҳозланган.
10 сентябрь. «Ўзбекистон» спорт мажмуида теннис бўйича Президент кубоги халқаро турнирининг очилиш маросими бўлди.
15 сентябрь. Тошкентнинг «Туркистон» саройида биринчи марта эстрада санъатининг барча йўналишлари бўйича қўшиқ ва куйлар тақдимот фестивали — «Олтин ҳумо» ўтказилди.
19 сентябрь. Тошкент трактор заводининг 60 йиллиги нишонланди.
Сентябрь. Тошкент метросининг «Юнусобод» линиясидаги 6 бекат фойдаланишга топширилди.
14 октябрь. Тошкентда теннис бўйича Осиё чемпионати бошланди.
1 ноябрь. Шаҳрисабз шаҳрининг 2700 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлди.
4 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний таваллудининг 900 йиллигини нишонлаш тўғрисида»га қарори эълон қилинди.
12-13 декабрь. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 10-сессиясида «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати тўғрисида» ва «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси тўғрисида» Конституциявий қонунлар, «Ер ости бойликлари тўғрисида»ги (янги таҳрирда), «Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида»ги қонунлар қабул қилинди.
29 декабрь. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2002 йил 24 октябрдаги «Ўзбекистон Республикаси Болалар спортини ривожлантириш жамғармасини тузиш тўғрисида»ги фармонига мувофиқ Тошкентда Болалар спортини ривожлантириш жамғармаси таъсис этилди.
Декабрь. Тошкентда Ўзбекистон Бадиий академияси «Маданият карвон саройи»нинг тантанали очилиш маросими бўлди.
Декабрь. Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманида «Чорвоқ оромгоҳи» соғломлаштириш марказининг тантанали очилиш маросими бўлди.
24 декабрь. Ўзбекистон Республикаси макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги ташкил этилди.
25 декабрь. Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус ўқув юртлари ўқувчилари ҳамда талабаларининг «Талаба» спорт уюшмаси тузилди.
2002 - И.А.Каримовнинг 10 жилдли асарлари нашр этилди (1992-2002 йиллар).
2002 - Ўзбекистон Бадиий Академияси таркибида «Тошкент фото уйи» ташкил этилди.
2002 - Ўзбек давлат оммавий кутубхонаси Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Республикаси давлат миллий кутубхонаси деб номланди.
2002 - «Хива—Карпет» Ўзбекистон— Германия қўшма корхонаси ташкил этилди.
2003 йил - «Обод маҳалла йили»
Январь. Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманида «Металлург» дам олиш масканининг очилиш маросими бўлди.
7 февраль. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Обод маҳалла йили» дастурини қабул қилди.
14 март. Тошкент шаҳрида деҳқон ва фермерларнинг 2-Республика қурултойи бўлиб ўтди.
Март. Ўзбекистон Республикаси Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитасида «Ўзбекистон Қизил китоби» 2-жилдининг ва Ўзбекистонда атроф муҳитни муҳофаза қилиш миллий дастурининг тақдимоти ўтказилди.
Март. Самарқанд вилоятининг Ургут шаҳрида гилам ва гилам маҳсулотлари ишлаб чиқарадиган Ўзбекистон — Туркия қўшма корхонаси фаолият бошлади.
24-25 апрель. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 11-сессиясида «Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартишлар ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги қонун қабул қилинди, унда икки палатали парламент тузишнинг ҳуқуқий асослари белгилаб берилди.
Апрель. Тошкент шаҳрининг Бобур номидаги маданият ва истироҳат боғида «Тинчлик қўнғироғи» мажмуининг очилиш маросими бўлиб ўтди.
4—5 май. Тошкентдаги «Туркистон» саройида Европа Тикланиш ва тараққиёт банки Бошқарувчилар кенгашининг 12-йиллик мажлиси ўтказилди. Анжуманга 59 давлатдан 61 делегация аъзолари ташриф буюрди.
10 май. Таниқли ўзбек шоири Ғафур Ғулом таваллудининг 100 йиллиги муносабати билан Тошкент шаҳри Чилонзор туманидаги маданият ва истироҳат боғига Ғафур Ғулом номи берилди ва боғда шоир ҳайкали очилди.
14-20 май. Хоразмда «Умид ниҳоллари» спорт мусобақалари бўлиб ўтди.
5-11 июнь. Андижон вилоятида «Баркамол авлод — 2003» спорт ўйинлари бўлиб ўтди.
Июль. Наманган вилоятининг Чуст туманида Ўзбекистон—Швейцария «Голден Фрут» қўшма корхонаси, Самарқанд вилоятининг Каттақўрғон туманида АҚШ—Ўзбекистон «Каттақўрғонмева» қўшма корхонаси ишга тушди.
Июль. Сурхондарё вилояти Шеробод туманидаги Кампиртепа қишлоғида ноёб хазина — қадимий китоблар топилди.
Июль. Тошкент фотосуратлар уйи Халқаро бадиий фото федерацияси (FJAP) га аъзо бўлди.
Август. Наманган шаҳрида «Ёшлар» спорт мажмуаси фойдаланишга топширилди.
Август. Сирдарё вилоятининг Мирзачўл туманида ер қаъридан тиббиётда ноёб, ўта шифобахш ҳисобланган радонли сув чиқди.
Август. Нукус шаҳрида халқ истеъмоли моллари минтақавий марказининг очилиш маросими бўлиб ўтди.
25-30 август. Самарқанд шаҳрида «Шарқ тароналари» халқаро мусиқа фестивали бўлиб ўтди. Унда 40 га яқин мамлакат вакиллари қатнашди.
29-30 август. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 12-сессиясида «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг Регламенти тўғрисида», «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг Регламенти тўғрисида» қонунлар қабул қилинди.
29 август. «Фидокорона хизматлари учун» ордени таъсис этилди.
Август. Фарғона вилоятининг Бешариқ туманида «Бештекс» Ўзбекистон — Германия қўшма корхонаси ишга туширилди.
12 сентябрь. Нукусда ш.нинг 70 йиллиги нишонланди ва шаҳар «Дўстлик» ордени билан мукофотланди.
Октябрь. Тошкентдаги «Osiyo Granit» корхонаси ҳудудида қурилиш материаллари ишлаб чиқарувчи Австрия — Ўзбекистон қўшма корхонаси ишга тушди.
15 ноябрь. Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати — Ўзбекистон либералдемократик партиясининг таъсис съезди бўлиб ўтди. Унда партия устави ва дастури тасдиқланди. Партиянинг «XXI аср» ҳафталик газетаси таъсис этилди.
Ноябрь. Термиз шаҳрида «Термиз— Хайратон» кўприги олдида «Айритом» божхона мажмуи ишга туширилди.
27 ноябрь. Бухоро шаҳрида тасаввуф илмининг йирик намояндаси Абдулхолиқ Ғиждувоний таваллудининг 900 йиллиги кенг нишонланди.
3 декабрь. Хоразм вилоятига Жалолиддин Мангуберди ордени топширилди.
3 декабрь. Андижон вилоятига Амир Темур орденини топшириш маросими бўлиб ўтди.
2004 йил - «Меҳр ва мурувват йили»
1 январь. Тошкентда Шанхай Ҳамкорлик Ташкилоти (ШҲТ)нинг Минтақавий аксилтеррор тузилмаси ижроия қўмитаси фаолият кўрсата бошлади.
27 январь. «Меҳр ва мурувват йили» давлат дастури тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори қабул қилинди.
12 март. Хоразм вилояти Ҳазорасп туманида Амударё устида бунёд этилган кўприк фойдаланишга топширилди.
18 март. Тошкент вилоятининг Янгийўл шаҳрида Ўзбекистон —Туркия «ЯДЕМ текстил» қўшма корхонасининг тантанали очилиш маросими бўлди.
23 март. Тошкентда буюк озарбайжон шоири Низомий Ганжавий ҳайкалининг очилиш маросими бўлди.
25 март. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси «Хожа Аҳрор таваллудининг 600 йиллигини нишонлаш ҳақида» қарор қабул қилди.
26 март. Ўзбекистон журналистлари ижодий уюшмаси ташкил топди.
27 март. Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти ташкил этилди.
30 март. Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти асосида Тошкент ирригация ва мелиорация институти ташкил этилди.
З апрель. Оролбўйи генофондини муҳофаза қилиш хайрия жамғармасини ташкил этишга қарор қилинди.
5 апрель. Тошкентда «Таълим — келажакка йўналтирилган сармоя» мавзуида минтақавий конференция бўлиб ўтди. Европа Хавфсизлик ва Ҳамкорлик ташкилоти ҳамкорлигида ташкил этилган мазкур анжуманда Марказий Осиё мамлакатлари таълим вазирликлари раҳбарлари иштирок этдилар.
29-30 апрель. 2-чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 14-сессиясида «Ўзбекистон Республикасининг «Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) ва унинг маслаҳатчилари сайлови тўғрисида», «Сиёсий партияларни молиялаштириш тўғрисида»ги қонунлар қабул қилинди.
21 май. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «2004—2009 йилларда мактаб таълимини ривожлантириш давлат умуммиллий дастури тўғрисида»ги фармони эълон қилинди.
17 июнь. Тошкентда Шанхай Ҳамкорлик Ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг саммити бўлиб ўтди.
7 июль. Ўзбекистон савдо-саноат палатаси ташкил этилди.
13 июль. Ливия пойтахти Триполи шаҳрида якунланган шахмат бўйича жаҳон чемпионатида ўзбек шахматчиси, халқаро гроссмейстер Рустам Қосимжонов жаҳон чемпиони унвонига сазовор бўлди.
Август. Хоразм вилоятида «Боғоттекстиль» ва «Шовоттекс» қўшма корхонаси ишга туширилди.
26 август. Афинадаги Олимпиада мусобақаларида ўзбекистонлик курашчи Александр Доктуришвили юнон-рум кураши бўйича, Артур Таймазов эса (28 августда) эркин кураш бўйича 28-Олимпиада ўйинлари чемпиони бўлди, Магомед Ибрагимов (29 августда) кумуш медаль билан тақдирланди.
31 август. Ўзбекистон тасвирий санъат галереяси фойдаланишга топширилди.
27 сентябрь. Маданият ишлари вазирлиги ва Давлат спорт қўмитаси негизида Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги ташкил этилди.
11 октябрь. Ўзбекистон транспорт ва транспорт коммуникациялари уюшмаси ташкил этилди.
15 октябрь. Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия, харитаграфия ва давлат кадастри давлат қўмитаси ташкил қилинди.
25 октябрь. Самарқанд шаҳрида Жаҳон сайёҳлик ташкилотининг «Буюк ипак йўли» деб номланувчи ваколатхонаси очилди.
28 октябрь. Тошкентда Шанхай Ҳамкорлик Ташкилотининг Минтақавий аксилтеррор тузилмаси кенгашининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.
26 декабрь (ва 2005 йил 9 январь). Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатасига сайловлар бўлиб ўтди.
2004 - «Сен ёлғиз эмассан» жамғармаси ташкил этилди.
2005 йил. «Сиҳат-саломатлик йили»
17—20 январь. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенатига сайловлар бўлиб ўтди.
25 январь. «Сиҳат-саломатлик йили» давлат дастури тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори қабул қилинди.
Март. Тошкент вилоятида «Бурсель— Тошкент текстиль» қўшма корхонаси ишга туширилди.
12—13 май. Андижон шаҳрида бир гуруҳ ақидапараст ва экстремистлар томонидан қуролли экстремистик хуружлар содир этилди.
Май. «Тошгузар—Бойсун— Қумқўргон» темир йўл магистралининг иккинчи босқичи — «Қумқўрғон—Бойсун» йўналиши ишга туширилди.
Май. Чирчиқ шаҳрида «Баркамол авлод» спорт ўйинлари бўлиб ўтди.
Май. Ўзбекистон Почта ва телекоммуникациялар агентлиги Ўзбекистон Алоқа ва ахборотлаштириш агентлигига айлантирилди.
29 июль. 1- ва 2-ТошТИ негизида Тошкент тиббиёт академияси ташкил этилди.
1 август. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасида ўлим жазосини бекор қилиш тўғрисида»ги фармони эълон қилинди.
30 август. Тошкент шаҳрининг Эски шаҳар ҳудудида Абдулла Қодирий номидаги маданият ва истироҳат боғи қайта очилди. Ўзбек либослари галереяси, Болалар ижодиёти уйи фойдаланишга топширилди.
Август. Тошкентдаги Чкалов номидаги Тошкент авиация ишлаб чиқариш бирлашмасида «Ил»нинг янги авлоди — «Ил—76 ТД90 ВД» самолёти чиқарила бошланди.
1 сентябрь. Мустақиллик майдонидаги Эзгулик аркаси қуриб битказилди.
5 сентябрь. Тошкент — Бухоро йўналишида тезюрар йўловчи ташувчи электр-поезди қатнай бошлади.
9 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси билан ХХР ўртасида «Дўстлик ва ҳамкорликнинг шерикчилик муносабатлари тўғрисида»ги Шартнома (Пекин, 2005 йил 25 май) ратификация қилинди.
11 — 12 сентябрь. Ўзбекистон Тупроқшунослар ва агрокимёгарлар жамиятининг 4-қурултойи бўлиб ўтди.
5—6 ноябрь. Тошкентнинг «Ўзбекистон» спорт мажмуасида бадиий гимнастика бўйича жаҳон кубоги босқичи — «Шарқ гўзали—2005» халқаро турнири бўлиб ўтди.
9 ноябрь. «Марғилон шаҳрининг 2000 йиллигини нишонлаш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори қабул қилинди.
14 ноябрь. Москва шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти И.Каримов ва Россия Президенти В.Путин Ўзбекистон Республикаси ва Россия Федерацияси ўртасида Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартномани имзоладилар.
26-27 ноябрь. Тошкент шаҳридаги «Ўзбекистон» спорт мажмуасида кураш бўйича 5-жаҳон чемпионати бўлиб ўтди.
29 ноябрь. Тошкент шаҳрида Кураш халқаро ассоциациясининг 6-конгресси бўлиб ўтди.
Ноябрь. Мўйноқ туманида янги «Шарқий Бердақ» газ кони очилди.
Ноябрь. Фарғона шаҳри аэропортидан «Фарғона — Москва — Фарғона» йўналиши бўйича самолётлар қатнови йўлга қўйилди.
Ноябрь. Тошкент шаҳрида «Югнакий» ёшлар спорт мажмуаси очилди.
28 декабрь. Тошкентнинг Мустақиллик майдонида Бахтиёр она ҳайкали очилди (Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2006 йил 3 февралдаги қарори билан Мустақиллик обидаси ва Бахтиёр она ҳайкали Мустақиллик ва эзгулик монументи деб номланди).
2006 йил - «Ҳомийлар ва шифокорлар йили»
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.