Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yilqi

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 6-b. — ziyouz.com

    Yilqi — otlar podasi, ot tödasi, uyur. Yaylov yilqiçiligi rivoj topgan Özbekistonning toğli va çöl-daşt hududlarida Y. uyuri yil davomida (qişning qalin qorli sovuq kunlaridan taşqari) yaylovda asraladi va boqiladi. Biyalar uyuri 25—30 va undan köproq Y. va 6—8 oygaça bölgan qulunlardan taşkil etiladi. Qoçiriş mavsumi boşlanişida har bir uyurga bittadan naslli ayğir qöyiladi. Y. uyuri uçun ayğir yetakçilik vazifasini bajaradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЙИЛҚИ — отлар подаси, от тўдаси, уюр. Яйлов йилқичилиги ривож топган Ўзбекистоннинг тоғли ва чўл-дашт ҳудудларида Й. уюри йил давомида (қишнинг қалин қорли совуқ кунларидан ташқари) яйловда асралади ва боқилади. Биялар уюри 25—30 ва ундан кўпроқ Й. ва 6—8 ойгача бўлган қулунлардан ташкил этилади. Қочириш мавсуми бошланишида ҳар бир уюрга биттадан наслли айғир қўйилади. Й. уюри учун айғир етакчилик вазифасини бажаради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.