Yomon Qaşqirtov Markaziy Qizilqumdagi toğ. Bökantov toğlarining jan.şarqiy qismida joylaşgan. Eng baland joyi 578 m
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 17-b. — ziyouz.com
Yomon Qaşqirtov Markaziy Qizilqumdagi toğ. Bökantov toğlarining jan.şarqiy qismida joylaşgan. Eng baland joyi 578 m YOMON QAŞQIRTOV Markaziy Qizilqumdagi toğ. Bökantov toğlarining jan.şarqiy qismida joylaşgan. Eng baland joyi 578 m, uz. 14—15 km, jan. ğarbdan şim.şarqqa tomon yönalgan. Toğ jan.ğarbga, Mingbuloq botiği tomon pasayib boradi. Markaziy qismi baland, bu joyda yon bağirlari ança tik va öydimçuqur, tub jinslar yer yuzasiga çiqib qolgan, qirrali, turli eroziya va nuraş jarayonlari vujudga kelgan. Boşqa joylarida tub jinslar usti nuragan jinslar b-n qoplangan. J. q. paleozoyning kristalli jinslari (slanets, ohaktoş, konglomerat, qumtoş va b.)dan taşkil topgan. Böz qönğir tuproqlarda siyrak holda biyurğun, boyaliç, şuvoq ösadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЁМОН ҚАШҚИРТОВ Марказий Қизилқумдаги тоғ. Бўкантов тоғларининг жан.шарқий қисмида жойлашган. Энг баланд жойи 578 м, уз. 14—15 км, жан. ғарбдан шим.шарққа томон йўналган. Тоғ жан.ғарбга, Мингбулоқ ботиғи томон пасайиб боради. Марказий қисми баланд, бу жойда ён бағирлари анча тик ва ўйдимчуқур, туб жинслар ер юзасига чиқиб қолган, қиррали, турли эрозия ва нураш жараёнлари вужудга келган. Бошқа жойларида туб жинслар усти нураган жинслар б-н қопланган. Ж. қ. палеозойнинг кристалли жинслари (сланец, оҳактош, конгломерат, қумтош ва б.)дан ташкил топган. Бўз қўнғир тупроқларда сийрак ҳолда биюрғун, боялич, шувоқ ўсади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.