Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yostiqtumor

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 51-b. — ziyouz.com

    Yostiqtumor — ziynat buyumi, ayollar böyniga ilib, qöltiği ostiga tuşirib qöyadigan taqinçoği. Metall (asosan kumuş va b.)dan yostiq şaklida yasaladi, tana qismining ustidagi zanjiri b-n böyinga osiladi; tana qismining ostida 6 qator panjara oyoq, ularning ostiga şokilalar örnatiladi. Tananing bir tomonida oçilibyopiladigan qopqoği bor. Yo. içiga xat, pul va h. k. solinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЁСТИҚТУМОР — зийнат буюми, аёллар бўйнига илиб, қўлтиғи остига тушириб қўядиган тақинчоғи. Металл (асосан кумуш ва б.)дан ёстиқ шаклида ясалади, тана қисмининг устидаги занжири б-н бўйинга осилади; тана қисмининг остида 6 қатор панжара оёқ, уларнинг остига шокилалар ўрнатилади. Тананинг бир томонида очилибёпиладиган қопқоғи бор. Ё. ичига хат, пул ва ҳ. к. солинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.