Yovğon
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 6-b. — ziyouz.com
Yovğon — göştsiz, yoğsiz tayyorlanadigan suyuqovqat. Yo. xörda — guruçning quruq özi qaynatilgan suyuq oş; piyova — piyozdan qaynatilgan şörva; Yo. şörva — sabzavot qaynatmalari. Yo. ovqatlar parhez taom hisoblanadi. Yo. tayyorlaş uçun oqşoq yoki guruç qozonda qaynab turgan suvga solib, yumşagunça qaynatiladi. Guruç ezilib pişgaç, tuzi rostlanadi, söng kosalarga suzib, 1 oş qoşiğida qatiq solinadi va yuziga kaşniç sepib dasturxonga tortiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЁВҒОН — гўштсиз, ёғсиз тайёрланадиган суюқовқат. Ё. хўрда — гуручнинг қуруқ ўзи қайнатилган суюқ ош; пиёва — пиёздан қайнатилган шўрва; Ё. шўрва — сабзавот қайнатмалари. Ё. овқатлар парҳез таом ҳисобланади. Ё. тайёрлаш учун оқшоқ ёки гуруч қозонда қайнаб турган сувга солиб, юмшагунча қайнатилади. Гуруч эзилиб пишгач, тузи ростланади, сўнг косаларга сузиб, 1 ош қошиғида қатиқ солинади ва юзига кашнич сепиб дастурхонга тортилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.