Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yunusxon maqbarasi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 44-b. — ziyouz.com

    Yunusxon maqbarasi — Xivadagi me'moriy yodgorlik (1559); Içan qala tarkibida, Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida. Maqbara törtburçak tarhli (7x13,5 m), peştoqgumbazli, görxona va ziyoratxona (4,5x4,5 m)dan iborat. Xonalar bir-biridan ravoqlar yordamida ajratilgan. Içki devorlariga yassi va keng hajmli ravoqlar işlangan. Ziyoratxona orqali daxmali görxonaga kiriladi. Xonalar çarxi gumbazlar bilan yopilgan. Içki devorlarining gumbaz osti bağali, ravoqlarining ğiştlari mavj usulida terilgan. Maqbara bezaksiz.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЮНУСХОН МАҚБАРАСИ — Хивадаги меъморий ёдгорлик (1559); Ичан қальа таркибида, Паҳлавон Маҳмуд мақбараси ёнида. Мақбара тўртбурчак тарҳли (7x13,5 м), пештоқгумбазли, гўрхона ва зиёратхона (4,5x4,5 м)дан иборат. Хоналар бир-биридан равоқлар ёрдамида ажратилган. Ички деворларига ясси ва кенг ҳажмли равоқлар ишланган. Зиёратхона орқали дахмали гўрхонага кирилади. Хоналар чархи гумбазлар билан ёпилган. Ички деворларининг гумбаз ости бағали, равоқларининг ғиштлари мавж усулида терилган. Мақбара безаксиз.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.