Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yuridik javobgarlik

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 57-b. — ziyouz.com

    Yuridik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan davlat qöllaydigan çoralar. Yu.j.ning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaş, tartibga soliş va muhofaza etişdir. Yu.j. qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uçun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uçun ikki tomonlama javobgarlikka yöl qöyilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yu.j.faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegişli qarori asosidagina vujudga keladi. Yu.j.ning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, ma'muriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Şuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham körsatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЮРИДИК ЖАВОБГАРЛИК — ҳуқуқбузарга нисбатан давлат қўллайдиган чоралар. Ю.ж.нинг мақсади ижтимоий муносабатларни мустаҳкамлаш, тартибга солиш ва муҳофаза этишдир. Ю.ж. қонунийлик, адолатпарварлик, жазонинг муқаррарлиги, мақсадга мувофиқлик, айб учун жавобгарлик, бир ҳуқуқбузарлик учун икки томонлама жавобгарликка йўл қўйилмаслиги каби тамойилларга асосланади. Ю.ж.фақат қонунда белгиланган тартибда ва ваколатли органнинг тегишли қарори асосидагина вужудга келади. Ю.ж.нинг қуйидаги турлари мавжуд: жиноий жавобгарлик, маъмурий жавобгарлик, фуқаролик ҳуқуқий жавобгарлик, интизомий жавобгарлик, моддий жавобгарлик. Шунингдек, илмий адабиётларда конституциявий, экологик жавобгарлик турлари ҳам кўрсатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.