Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yusuf Ifraimoviç Yelizarov

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 21-b. — ziyouz.com

    Yelizarov Yusuf Ifraimoviç (1920.3.10, Samarqand — 1974.6.3, Toşkent) — rassom, Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1965). Surikov nomidagi Moskva rassomlik intida ta'lim olgan (1944—49). Ye. çuqur psixologik portretlar va köp şaklli kompozitsiya ustasi. Portretlar («Paxtakor qiz», 1949; S. Ayniy, 1951; M. Aşrafiy, «Kabutar uşlab turgan», 1953; Ö. Tansiqboyev, 1958; Özbekiston adabiyoti va san'ati arboblarining guruhportreti, 1958 va b.), natyurmortlar («Sözanali natyurmort», 1957), maişiy lavhalar («Paxtakorlar», «Onalik», 1957; «Mexanizator qizlar», 1962) va b. asarlar yaratgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЕЛИЗАРОВ Юсуф Ифраимович (1920.3.10, Самарқанд — 1974.6.3, Тошкент) — рассом, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби (1965). Суриков номидаги Москва рассомлик интида таълим олган (1944—49). Е. чуқур психологик портретлар ва кўп шаклли композиция устаси. Портретлар («Пахтакор қиз», 1949; С. Айний, 1951; М. Ашрафий, «Кабутар ушлаб турган», 1953; Ў. Тансиқбоев, 1958; Ўзбекистон адабиёти ва санъати арбобларининг гуруҳпортрети, 1958 ва б.), натюрмортлар («Сўзанали натюрморт», 1957), маиший лавҳалар («Пахтакорлар», «Оналик», 1957; «Механизатор қизлар», 1962) ва б. асарлар яратган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.