Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Yusufxon eşon maqbarasi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 76-b. — ziyouz.com

    Yusufxon eşon maqbarasi — Farğona viloyatidagi me'moriy yodgorlik (18-asr). Maqbara peştoqgumbazli ziyoratxona va panjara bilan öralgan qabrdan iborat. Peştoği haşamatli, gançkori öyma naqşlar bilan bezatilgan. Uning 2 yoniga guldasta işlangan. Ziyoratxona gumbazi yulduzsimon 20 qirrali poygumbazga örnatilgan. Xona burçaklariga muqarnaslar işlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЮСУФХОН ЭШОН МАҚБАРАСИ — Фарғона вилоятидаги меъморий ёдгорлик (18-аср). Мақбара пештоқгумбазли зиёратхона ва панжара билан ўралган қабрдан иборат. Пештоғи ҳашаматли, ганчкори ўйма нақшлар билан безатилган. Унинг 2 ёнига гулдаста ишланган. Зиёратхона гумбази юлдузсимон 20 қиррали пойгумбазга ўрнатилган. Хона бурчакларига муқарнаслар ишланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.