Zahona
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 79–80-b. — ziyouz.com
Zahona — Köhitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining jan,ğarbida, Şerobod tumani hududida, Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston çegarasida joylaşgan. Eng baland joyi 3016 m. Z.ga may—noyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi böylab ötgan söqmoq yöl orqali piyoda yoki otda boriş mumkin. Z.ga boradigan söqmoq yöl atroflari arçazor örmonlar b-n qoplangan. Qişda dovon qalin qor b-n qoplanib yotadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЗАҲОНА — Кўҳитанг тизмасидаги довон, Сурхондарё вилоятининг жан,ғарбида, Шеробод тумани ҳудудида, Ўзбекистон Республикаси ва Туркманистон чегарасида жойлашган. Энг баланд жойи 3016 м. З.га май—ноябрь ойларида Кампиртепасой водийси бўйлаб ўтган сўқмоқ йўл орқали пиёда ёки отда бориш мумкин. З.га борадиган сўқмоқ йўл атрофлари арчазор ўрмонлар б-н қопланган. Қишда довон қалин қор б-н қопланиб ётади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.