Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Zakarpatye Ukrainasi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 9-b. — ziyouz.com

    Zakarpatye Ukrainasi - Ukrainadagi xoz. Zakarpatye viloyatining hududi. 10—11a.larda Kiyev Rusi tarkibida. Qad. aholisi — slavyanlar. 11a. da Vengriya tomonidan bosib olingan, söngra Avstriya va Avstriya-Vengriya, 1919 y.dan esa Çexoslovakiya tarkibida; 1938 y. Vengriya tomonidan işğol qilingan. 1944 y. qizil qöşinlar tomonidan ozod qilingan, 1945 y.dan Ukraina tarkibida.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЗАКАРПАТЬЕ УКРАИНАСИ - Украинадаги хоз. Закарпатье вилоятининг ҳудуди. 10—11а.ларда Киев Руси таркибида. Қад. аҳолиси — славянлар. 11а. да Венгрия томонидан босиб олинган, сўнгра Австрия ва Австрия-Венгрия, 1919 й.дан эса Чехословакия таркибида; 1938 й. Венгрия томонидан ишғол қилинган. 1944 й. қизил қўшинлар томонидан озод қилинган, 1945 й.дан Украина таркибида.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.