Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Zarkokil

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 60-b. — ziyouz.com

    Zarkokil ZARKOKIL, tangaçölpi — ziynat buyumi, Şarq ayollarining soçlariga taqadigan bezagi. Ayollarning ikki çakkalari yoki soç örimlariga taqilgan. Dastlab Qöqon xonligi davrida oltindan yasalib. 3. deb atalgan. Keyinçalik tanga va sölkavoylardan («tangaçölpi» nomi şundan) ikki qator qilib işlangan. Tanga va sölkavoylar özaro kumuş zanjir yoki halqaçalar b-n ulangan. Yuqori qismidagi ilgagi b-n çakkadagi soçga, soç örimlariga taqib qöyilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЗАРКОКИЛ, тангачўлпи — зийнат буюми, Шарқ аёлларининг сочларига тақадиган безаги. Аёлларнинг икки чаккалари ёки соч ўримларига тақилган. Дастлаб Қўқон хонлиги даврида олтиндан ясалиб. 3. деб аталган. Кейинчалик танга ва сўлкавойлардан («тангачўлпи» номи шундан) икки қатор қилиб ишланган. Танга ва сўлкавойлар ўзаро кумуш занжир ёки ҳалқачалар б-н уланган. Юқори қисмидаги илгаги б-н чаккадаги сочга, соч ўримларига тақиб қўйилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.