Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Zindon

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 108-b. — ziyouz.com

    Zindon (fors.) — mahbuslar saqlanadigan yer ostidagi zax va qoronği joy, atrofi qal'aband qamoqxona. Qulçilik davrida paydo bölgan. Köproq hukmdorlar qasri, qal'asi ostida konussimon quduq şaklida qazilgan, 5—7 m, yer osti suvi yuzada bölgan joylarda pişiq ğiştdan, gumbaz şaklida yer ustida qurilgan. Z.ning obxona degan turi ham bölgan (yana q. Buxoro zindoni).

    Q.: Buxoro zindoni

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЗИНДОН (форс.) — маҳбуслар сақланадиган ер остидаги зах ва қоронғи жой, атрофи қалъабанд қамоқхона. Қулчилик даврида пайдо бўлган. Кўпроқ ҳукмдорлар қасри, қалъаси остида конуссимон қудуқ шаклида қазилган, 5—7 м, ер ости суви юзада бўлган жойларда пишиқ ғиштдан, гумбаз шаклида ер устида қурилган. З.нинг обхона деган тури ҳам бўлган (яна қ. Бухоро зиндони).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.