Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Zohidon

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 143-b. — ziyouz.com

    Zohidon — Eronning jan.- şarqidagi şahar. Seyiston va Balujiston ostonining ma'muriy markazi. Aholi-si qariyb 420 ming kişi (1997). T. y. orqali Pokistonning t. y. tarmoklariga tutaşgan. Z.dan Maşhad va Ker-mon ş.lari orqali Tehronga va Hör-muz qöltiğidagi Bandar-Abbos portiga avtomobil yöli ötgan. Aeroport bor. Töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati kor-xonalari mavjud. Bodom va quritilgan mevalar b-n savdo qilinadi. Ösimlik moyi işlab çiqariladi. Gilam töqiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЗОҲИДОН — Эроннинг жан.- шарқидаги шаҳар. Сейистон ва Балужистон остонининг маъмурий маркази. Аҳоли-си қарийб 420 минг киши (1997). Т. й. орқали Покистоннинг т. й. тармокларига туташган. З.дан Машҳад ва Кер-мон ш.лари орқали Теҳронга ва Ҳўр-муз қўлтиғидаги Бандар-Аббос портига автомобиль йўли ўтган. Аэропорт бор. Тўқимачилик, озиқ-овқат саноати кор-хоналари мавжуд. Бодом ва қуритилган мевалар б-н савдо қилинади. Ўсимлик мойи ишлаб чиқарилади. Гилам тўқилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.