ARÇAZOR, arçazor örmonlar — asosan, arça daraxtidan taşkil topgan örmonlar. A.lar 600 — 700 yil (ayrimlari 2000 y.gaça) yaşaydi, toğlarda suv töplaş, tuproq eroziyasi oldini oliş, sel toşqinlarini bartaraf etiş kabi muhim vazifalarni bajaradi. Asosan Yer yuzining Şim. yarim şaridagi toğli hududlarda — Örta Amerika, Osiyo va Afrikada ösadi. Örta Osiyo, Qrim, Oltoy-Sayan, Uzoq Şarqdagi toğlarda 700 ming ga maydonni egallaydi, uning 665 ming ga dan köproği (93,5%) Markaziy Osiyo davlatlarida joylaşgan. Özbekiston davlat örmon fondi hisobida 190 ming ga A. bor (1999). Özbekistonda asosan, Tyanşan, Turkiston, Çatqol, Hisor toğlarida katta-katta A.lar mavjud. Ular si Irak va mahsuldorligi kam A.ga kiradi (qalinligi 0,3 — 0,5), ammo şunga qaramay juda katta tabiiy va iqgisodiy axamiyatga ega. A. 800 — 3100 m balandlikda toğ yon bağirlarida joylaşgan va uç mintaqaga bölinadi: toğlarning pastki qismida (800—2000 m balandlikda) qora arça yoki Zarafşon arçasi, örta qismida (1400—2500 m) sovur arça, yuqori qismida (2500— 3100 m) örik arça yoki Turkiston arçasi ösadi. Toğlarning eng yuqori qismidagi arçalar siyrak, böyi past, tanasi qiyşiq, serşox bölib, köpinça yer bağirlab ösadi. Eng yaxşi A. unumdor, sernam, tuproqli, yassi toğ yon bağirlarida uçraydi va ularning yillik fitomahsuldorligi 220 t/ ga ni taşkil etadi. Ilgari A. muhofaza qilinmaganligi va ulardan quriliş materiali hamda ötin sifatida ayovsiz foydalaniş natijasida A. maydonlari kamayib, arçalari siyraklaşib ketgan. 20-a.ning 50-y.laridan boşlab Özbekistonda Alarni tabiiy ravişda qayta tiklaş va ekma A.ni barpo qiliş işlari boşlandi va Örta Osiyo (hoz. Özbekiston) Örmonçilik i.t. in-tida uning ilmiy asoslari işlab çiqildi (U. N. Niğmatov, Ye. V. Mixaylova, V. M. Saxatskiy, Yo. Yu. Musayev). Örmonçilik xöjaliklari A.ni qöriqlaş, parvarişlaş, tabiiy va sun'iy yöllar orqali köpaytiriş işlari b-n şuğullanadi (q. Örmon xöjaligi).
Abduxalil Qayimov, Anvar Tagirov.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 670–671-b. — ziyouz.com