ARIFMETIKA (lot. arithmos — son) — sonlar va sonli töplamlarda berilgan amallar (qöşiş, ayiriş, köpaytiriş va böliş)ni örganuvçi fan. Sonlar yordamida beriladigan misol va masalalar öziga xos sodda usullarda yeçiladi va kelgusida mat.ni çuqur örganişga zamin böladi. A. deganda son tuşunçasining paydo bölişi va rivojlanişi, hisoblaş usullari va hisoblaş qurollari takomillaşuvi va turli tarzdagi sonlar b-n amallar bajariş tuşuniladi. Sonlar b-n mantiqiy mulohazalar yuritişga urğu berilganda nazariy A. tuşunçasi işlatiladi. Butun sonlarning xususiyatlari sonlar nazariyasida örganiladi. A. tuşunçasi har xil buyumlar, narsalar ustida amallar bajariş zaruriyati tuğilganda ham işlatiladi. A. algebra b-n uzviy boğliq.
A. qadimda odamlar barmoklari yordamida sanaş va hisoblaşni boşlagan paytlarda paydo bölgan. Keyinçalik hisoblaş va sodda ölçov işlarini amalga oşiriş natijasida A. tez rivojlandi. Ayniqsa, pul paydo bölgandan söng pul hisobi, i.ç. vositalarining köpayişi, boşqa fanlarga tatbiq qilinişi tufayli A. fan sifatida şakllandi. A. rivojlaniş jarayonining eng muhim bosqiçlari Hindiston madaniyati taraqqiyoti b-n boğliq. Örta dengiz atrofidagi davlatlarning juda köp qismida, Ğarbiy Osiyodan tortib to Hindistongaça, A. va umuman mat.ning rivojlanişiga katta ta'sir körsatgan örta asr şarqi olimlari uz tarjimalari va asarlarida yunon matematiklari merosini saqlabgina qolmay, hindlarning yutuqlarini tarğib etiş b-n çeklanmay, ularni yana ham boyitdilar. Muhammad al-Xorazmiy A.ga doir asar yezdi. Bu asarda A. izçil bayon qilingani uçun u madrasalarda mat.dan asosiy qullanma bölib kelgan. Arifmetik amallarni bajarişda hind hisob tizimi (unli sanoq tizi-mi)ga asoslangan yangi usullar 10-a. da Yevropaga tarqala boşlaydi. Yevropaliklarga arifmetik amallarni işlatiş usullari, malakasi hindlardan utgan bölsa ham bu jarayon al-Xorazmiyning lotin tiliga tarjima qilingan A. qöllanmasi yordamida amalga oşirilgan. Bu asarning uşa davrdagi tarjimasi hozirgaça saqlanib qolgan.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 623–624-b. — ziyouz.com