BISSINOZ (yun. byssos — tuk, tola) — texnika ösimliklarining tolali mahsuloti (paxta, jut, kanop) çangining organizmga nafas yöllari orqali uzoq vaqg kirib turişi natijasida kelib çikddigan kasallik; pnevmokoniozlarning bir turi. Paxta tozalaş z-dlarida past navli paxtani tozalaşda, paxta titiş va saralaş sexlarida uzoq işlayotgan işçilarda uçraşi mumkin. B.da öpkada biriktiruvçi tökima juda kam rivojlanib, asosan surunkali bronxit, keyinçalik öpka emfizemasi, ba'zan bronxial astma paydo böladi. Kasallikda 3 bosqiç farq qilinadi: 1bosqiçda faqat nafas yöllari zararlanadi, bronxlar torayadi va bronxit belgilari namoyon böladi, bemor quruq yötaladi, kukrak qafasi bir oz qisiladi, lekin iş qobiliyatini yöqotmaydi, 1—2 kunda tuzalib ketadi; 2bosqiç paxta tozalaş z-dlarida uzoq yil işlayotganlarda uçraydi: nafas yöllari uzluksiz ta'sirlanişi natijasida surunkali bronxit va emfizema ança rivojlanib, öpkaning hayotiy siğimi kamayadi: xarsillaş kuçayib, bemor tinmay yötaladi, balğam taşlaydi, nafasi qisilib, nafas va yurak faoliyati buziladi, vaktvaqgi b-n iş qobiliyatini yöqotadi va bronxial astmaga çalinib qoladi; 3bosqiç oğir surunkali bronxitga ötiş jarayoni bölib, köpinça surunkali pnevmoniya ham qöşiladi; öpkaning xayotiy siğimi kamayişi natijasida nafas va yurak faoliyati susayadi, bemorning nafasi qisadi, havo yetişmaydi, burni, labi va barmoklarining uçi kökimtir tusga kiradi. Tinmay yötaladi, balğam taşlaydi, iş qobiliyatini butunlay yöqotadi. Davo kasallik bosqiçi va oğirengilligiga karab tayinlanadi. Bemorni asosan yötalga qarşi, balğam köçiruvçi va yurak faoliyatini yaxşilovçi dorilar b-n davolanadi.
B.ning oldini oliş uçun iş joyini şamollatib turiş, sanitariya holatini yaxşilaş, mehnatni muhofaza kiliş va ijtimoiymaişiy şartşaroitlarni töğri yölga qöyiş lozim. Işçilarni işga qabul qilişdan oldin va ikki yilda bir marta tibbiy körikdan ötkaziş zarur.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 386-b. — ziyouz.com