BYUROKRATIYA (frans. bureau byuro, idora; yun. kratos — kuç, hokimiyat, xukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinçalik jamiyatning turli sohalarida paydo bölgan yirik taşkilotlardagi xizmatçilar qatlamini ifodalagan. Boşqaruv va ma'muriyatning zarur qismi sifatida B. alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. B.ga xos xususiyatlar: kuyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqiçmabosqiç böysunişi, qattiq iş tartiboti, maxsus ma'lumotni taqozo etuvçi rasmiylaşgan vazifalarni amalga oşirişda mehnat va mas'uliyat taqsimoti. Taşkilot köpçilik a'zolarining mustaqil ravişda imtiyozli qatlamga aylanişga intilişi oqibatida rasmiyatçilik, özboşimçalik, avtoritarizm va şaroitga moslaşiş kuçaya boradi, taşkilotning tartibqoida hamda maqsadvazifalariga böysundirilişi asosan B.ni mustahkamlaş va saqlab qoliş uçun xizmat qiladi. Bu hol ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon böladi. Mansabdor şaxs tomonidan öz vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik b-n karat, fuqarolarning taklif, ariza va şikoyatlarini körib çiqiş tartibini buziş, ularga töralarça munosabatda böliş hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun b-n qöriqlanadigan huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat B.ning mazkur salbiy xususiyatlarini bartaraf etiş va çeklaşga qaratilgan nazorat hamda boşqaruv şakllarini işlab çiqişga harakat qiladi.
Şu munosabat b-n ÖzR JKda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarşi mansabdor şaxslarning jinoyatlari tegişliça jarima soliş, muayyan xuqukdan maxrum qiliş, axloqtuzatiş işlari yoki ozodliKdan mahrum etiş kabilar 6n jazolanadi (VII bob). ÖzRning «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga şikoyat qiliş tögrisida»gi Qonuni (1995 y. 30 avg.) ham har bir fuqaro öz huquqlari yoki erkinliklari buzilgan, deb hisoblasa, şikoyat b-n sudga murojaat qiliş xuquqini ta'minlaydi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 841–842-b. — ziyouz.com